85
Ultratovush tekshiruv, odatda, buyraklar hajmi, kosacha va jomlarni
kengayishi hamda buyraklar parenximasi
farqlanishi
haqida to‘liq ma’lumot
beradi. Buyraklarni radioizotop skanerlash usuli (texnetsiy
pertexnetat
99-t,
dietilentriaminpentauksus kislotasi – DTRA bilan) buyraklarning funksiyasini
baholashda va obstruksiyasini aniqlashda katta yordam ko‘rsatadi.
Siydik naylari. PBSda siydik trakti anomaliyalaridan uzunlashgan,
kengaygan va ilon izi shaklli siydik naylari ko‘proq kuzatiladi. Boshqa a’zolar va
sistemalardagi o‘zgarishlariga o‘xshab, siydik naylaridagi o‘zgarishlar har xil
bo‘ladi. Gistologik tekshiruvlarda o‘zgargan siydik naylari devorida to‘g‘ri mushak
tolalari hujayralari notekis tarqalganligi, fibrosit va kollagen bilan aralashganligi
aniqlanadi. Ba’zi hollarda butun ureteral devor hujayrasiz gialin substanstiyadan
tashkil topgan bo‘lib, bunda
doirasimon
va ko‘ndalang qavatlar
farqlanishi
bo‘lmaydi. Bunday o‘zgarishlar segmentar tarqaligan bo‘lib, klassik variantlarda
siydik nayi pastki qismlari yuqori qismlariga nisbatan ko‘proq zararlanadi, yuqori
qismlarda ancha ko‘p miqdorda silliq mushaklar ko‘rinadi.
Qoviq-siydik nayi reflyuksi aksariyat (taxminan 75 %) bemorlarda kuzatiladi,
uning kelib chiqishini uretero-vezikal birlashma sohasidagi siydik naylari teshigini
lateral joylashishi bilan bog‘laydilar. Siydik nayi teshigi, ko‘pincha ochiq bo‘ladi,
ularning obstruksiyasi kam uchraydi.
Klinik manzara. PBSda uretral dilyatatsiya darajasi buyraklar holati va
kasallikning prognozi bilan
o‘zaro bog‘lan
maydi. Lekin noobstruktiv megaureter
siydik tizimini infeksiya rivojlanishi xavf holatiga qo‘yadi, bunga
natija
siz
peristaltika
va siydik
yurishmay qolishi
sabab bo‘ladi. Bunday bemorlarga, ayniqsa,
reflyuks bo‘lganda, ko‘tariluvchi infeksiya va pielonefrit xos bo‘ladi. Konservativ
davo foyda bermagan holatlarda, siydik naylarida o‘tkaziladigan rekonstruktiv
operatsiyalarning asosiy maqsadi – infeksiya profilaktikasi, reflyuksni bartaraf
qilish va siydik nayini harakat aktivligini oshirish.
Rentgenologik
manzara
(13.3-rasm).
PBS
(sindromning
hamma
komponentlari
kompleksi)
tashxisi,
ko‘pincha
rentgenologik,
ekskretor
urogrammalarda siydik nayining tipik ko‘rinishi, miksion sistoureterogrammada
reflyuks (agar bo‘lsa) aniqlanganda qo‘yiladi. Siydik nayining distal qismini
ko‘proq kengayishi, bu sindromga xos belgi hisoblanadi. Siydik nayining kalibri
86
proksimal qismlarida tipik hollarda sezilarli o‘zgargan bo‘lmaydi. Har xil
shakldagi juda va antiqa har xil darajada qiyshaygan qismlar ba’zan toraygan
qismlar bilan ketma-ket joylashadi, bu siydik nayining haddan tashqari buralishi
oqibati
da kelib chiqadi, natijada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda siydik nayi butun
uzunligida, ba’zan ilon izi shaklida va adashuvchi bo‘ladi. Elektron optik uskuna
(EOP) ostida ko‘rilganda, siydik nayining peristaltikasini samarasizligi, peristaltik
to‘lqin o‘tganda, uning devorlari yaqinlashmasligi aniqlanadi. O‘sish davri
davomida siydik naylari bir oz to‘g‘rilanadi va ularning harakat (peristaltik)
faolligi ancha samarali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: