Qovuq va uraxus. Qovuq tipik holatlarda kattalashgan va deformatsiyalangan.
Uning devorlari gialin qatlam hisobiga kengaygan, kollagen fibroz to‘qima ora-ora
joylashgan mushak qavatlari bilan almashuvchi joylashgan bo‘lib, siydik
naylaridagi o‘zgarishlarga o‘xshaydi. Ba’zan mushaklar zararlanishi shunchalik
og‘ir bo‘ladiki, qovuqning ba’zi sohalari bosim ostida keskin kengayib,
divertikulga o‘xshash bo‘ladi. Trabekulalik kam holatlarda kuzatiladi, mushak
gipertrofiyasi esa kam uchraydigan infravezikal obstruksiya holatida ham
kuzatilmaydi.
Qovuq
uchburchagi,
ko‘pincha
katta
va
asimmetrik,
ektopiyalangan siydik naylari teshiklari bir-biridan uzoqlashgan, gorizontal
yo‘nalishda cho‘zilgan va tor uchburchakning burchaklarida joylashgan
bo‘ladi. Siydik naylarining ektopiyasi reflyuksni ko‘p hollarda uchrashiga
sabab bo‘ladi va PBSda buyraklarni rivojlanishini buzilishini tushintiruvchi
uretral ortiqlar nazariyasini tasdiqlaydi.
Klinik manzara. Qovuq to‘liq yoki nisbatan to‘liq peshobni chiqaradi.
Faqat bemorlarning oz qismi urodinamik ko‘rsatkichlarni qovuq ichi miksion
bosimi va uretra qarshilik orasidagi disbalansini namoyish qiladi. Qoldiq
peshob miqdori ko‘pligi kuzatiladi. Ba’zi mualliflar, bolaning yoshi
kattalashishi bilan peshob ajratish jarayoni yaxshilanishi haqida ma’lum
qilganlar, boshqalar esa aksincha, qoldiq peshob miqdori oshishi yoki umuman
erkin peshob ajrata olmaslik bilan kechuvchi dekompensatsiya haqida ma’lum
qiladilar. PBSda peshov ajratishining buzilishi ahamiyati hozirgacha noma’lum
qolyapti, lekin ba’zi klinika vrachlari urodinamika o‘zgarganda, peshob ajratish
87
traktining yuqori qismlari shikastlanishi ko‘proq kuzatilishini ta’qidlaydilar.
Qoldiq peshob bo‘lganda infeksiya rivojlanish xavfi oshib boradi. Davolash
siydik
yo‘llaridan
peshobdan
chiqarish
mexanizmini
yaxshilashga
yo‘naltiriladi, qovuqning gumbazini xirurgik bartaraf etish va ichki
ureterotomiyadan iborat. Ichki ureterotomiya infravezikal obstruksiya
darajasini kamaytirishga yunaltirilgan.
Rentgenologik manzara. Miksion sistouretrogrammada, odatda, katta va
deformatsiyalangan qovuq ko‘rinadi. Uning gumbazi sohasida uraxus kistasi
kalsifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin) yoki bitmagan uraxus aniqlanadi. Uraxus
kistasi, odatda, uretra atreziyasi bo‘lganda aniqlanadi. Bunday holatlarda
(siydik trakti obstruksiyasida), u peshob uchun «chiqaruvchi» klapan effektini
ta’minlaydi. Uraxus qoldiqlari bilan qovuqni kindikka fiksatsiyasi, ko‘pincha
rentgenologik qovuqni shaklini qum soat ko‘rinishida hosil qiladi, detruzor
peshob ajratish paytida qisqarganda esa, bu sohada «
torayish
» hosil bo‘ladi.
Natijada, qovuqning gumbazini bir qismi psevdodivertikulga aylanadi va shu
sababli, peshob chiqarish jarayonida qatnashmaydi hamda uning ichida qoldiq
peshob qoladi. Qovuq bo‘yinchasi peshob ajratish vaqtida, odatda, keng
ochilgan va uni kengaygan uchburchak uretraning prostatik qismi bilan
qo‘shilgan qismi yaxshi aniqlanmaydi. Bunday manzara uretraning orqa qismi
klapanlarida va infravezikal obstruksiyada kuzatiladigan, rentgenologik
uretraning kengaygan prostatik qism ustida toraygan (gipertrofiya sababli)
qovuq bo‘yinchasi manzarasidan keskin farq qiladi (13.3-rasm).
Urologik bo‘lmagan yo‘ldosh anomaliyalar. 3/4 bemorlarda PBS bilan
birgalikda siydik yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lmagan nuqsonlar kuzutiladi. Qo‘l-
oyoqlar deformatsiyasi va o‘pka gipoplaziyasi kabi ba’zi yo‘ldosh
anomaliyalar, ko‘pincha kuzatiladi va to‘g‘ridan to‘g‘ri PBSda kuzatiladigan
peshob ajratish sistemasi zararlanganda kuzatiladigan homila davridagi kam
suvlik bilan bog‘liq.
88
Do'stlaringiz bilan baham: |