8
SO’Z BOSHI
Yo’l harakatini tashkil etishda bakalavr faoliyatining asosiy maqsadi yo’l harakatini
muntazzam ravishda xavfsiz, qulay va samarali bo’lishini ta’minlash hamda tashkiliy
tadbirlarni tuza bilish va ularni amalga oshirishdan iboratdir. «Yo’l harakati qoidalari va
xavfsiz harakatlanish asoslari» fanini o’qitish jarayonida talabalarga Harakat ishtirokchisi
(haydovchi, yo’lovchi, riyoda) sifatida avtomobil yo’llarida faoliyat ko’rsatishlari uchun
zarur nazariy bilimlar hamda amaliy ko’nikmalar o’rgatiladi. Ushbu fanni o’rganayotgan
talabalar quyidagi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishlari kerak: «Oliy matematika»,
«Fizika», «Informatika», «CHizma geometriya», «Nazariy mexanika», «Materiallar
qarshiligi», «Transport vositalarining tuzilishi», «Elektr texnikasi va elektronika», «Issiqlik
texnikasi», «Ichki yonuv dvigatellari» va h.k. «Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz
harakatlanish asoslari» fanini o’qitish jarayonida kom’yuter va zamonaviy elektron o’quv
texnologiyalarini qo’llash, amaliy mashg’ulotlarda talabalar ko’cha yo’l sharoitlarida yo’l
harakati qoidalarining bandlari bo’yicha berilgan masalalarni yecha olishga o’rganadilar.
«Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fani hisoblanib, 5-6-semestrlarda
o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy
matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari; mashina va
mexanizmlar nazariyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; gidravlika va
gidromashinalar; kon ishlari asoslari; elektr yuritma, elektr mashinalar; elektr aparatlar va
avtomatlashtirish vositalari va h.k.) va ixtisoslik (kon mashinalari; kon korxonalari yuklari
va yuk oqimlari va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Avtomobil yo’llarida va shahar ko’chalarida harakat xavfsizligini ta’minlashda, yo’l
harakati qoidalarini va xavfsiz harakatlanish asoslarini bilish katta ahamiyatga ega.
Zamonaviy avtomagistrallarda va tezyurar shahar ko’chalarida yo’l harakati qoidalariga
rioya qilishni ta’minlash bilan yo’l-tranport hodisalarini kamaytirishga erishish mumkin.
Yo’l harakatini tashkil etishda yo’l belgilarini, yo’l belgi chiziqlarini Davlat namunalari
talablariga asosan bajarish muhim ahamiyatga ega bo’lib, harakatni boshqarishni avtomatik
ravishda ijro etishning asosi hisoblanadi.
«Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fanini o’zlashtirish uchun
o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-dedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv
va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza
matnlari, tarqatma
materiallar, elektron materiallar hamda
real holatdagi trans’ort oqimlarining video yozuvlari va foliyalardan foydalaniladi. Davlat
ta’lim standartida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga quyidagi talablar qo’yilgan.
Bakalavr:
- dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo’lishi; gumanitar va ijtimoiy-
iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar
va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;
- Vatan tarixini bilishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo’yicha o’z nuqtai nazarini
bayon etishi va
ilmiy asoslay olishi, milliy g’oya asosida faol hayotiy o’rinni egallashi;
9
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga
ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va
kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda
foydalana olishi;
- insonlar orasidagi jamiyatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi
huquqiy va axloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda
hisobga ola bilishi;
- axborotni to’plash, tahlil qilish, saqlash, ularga ishlov berish va unumli foydalanish
metodlarini egallash; o’zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va
kerakli qarorlar
qabul qila olishi;
- bakalavriatning mos yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka
ega bo’lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, o’zini takomillashtirish va o’z mehnatini
ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
- sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan baquvvat va sport bilan shug’ullanib
borish zarurati haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo’lishi;
- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim
olishi kerak.
Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fani o’qituvchisi doimo o’z
‘edagogik mahoratini oshirib, uni san’at darajasiga yetkazib borishi kerak. O’z fikrini
tushunarli, ko’rgazmali ifodalay bilishi, jahon va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi voqealarga o’z munosabatini bildirishi, ta’lim berishga ijodiy yondoshuvni
rivojlantirib borishi kerak.O’qituvchining ijodiy yondoshuvi talaba tomonidan yo’l harakati
qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslarini o’rganishga ijodiy yondoshuvining bevosita
shartidir.Odatdagi ma’ruza darslarining an’anaviy tarzda, ilg’or pedagogik usullarsiz olib
borilishi talabadan faollik talab qilmaydi. Darsni o’zlashtirish ham osonday tuyuladi, fanga
nisbatan qiziqish uyg’onmaydi. Muammoli holatlarning yaratilishi, aniq misollar yordamida
masalalarning yechilishi, talabani fanga qiziqtirish, uning faolligini oshirib, kengroq
fikrlashga, maqsadga qarab intilishga, kerakli bilim va ko’nikmalar hosil qilishga yordam
beradi.
Res’ublikamizda yetakchi olimlar tomonidan bu sohada munosib ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, Toshkent avtomobil-yo’llar institutida choр etilayotgan yangi
darsliklar, o’quv qo’llanmalar talaba va o’qituvchilarning bu boradagi ehtiyojlariga
qaratilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma beshta qismdan iborat bo’lib, ular sillabus, ishchi
o’quv reja, namunaviy va ishchi o’quv dastur, modulni o’qitishda foydalaniladigan interfaol
ta`lim metodlari, mahruza materiallari (mahruza matni, adabiyotlar ro’yxati, mustaqil ta`lim
mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va laboratoriya
mashg’ulot materiallari (laboratoriya ishlari, namuna, adabiyotlar ro’yxati, keyslar banki,
test savollari)dan tashkil to’gan. Maruza va amaliy mashg’ulotlar materiallari semestrlarga
ajratilgan holda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: