II. ASOSIY QISM
Qon tarkibidagi gazlarning fizikaviy xususiyatlari
A) Kislorod va karbonat angidrid parsial bosimi va tarangligi Gazlar suyuqliqda: 1) oddiy fizikaviy erish (absorbsiya)va 2)
ximiyaviy bog‘lanish holatida bo‘ladi.Gazlarning suyuqliqda eriy oladigan miqdori: 1) suyuqliqning tarkibiga, 2) suyuqliq ustidagi gazning hajmi va bosimiga, 3) suyuqliqning temperaturasiga, 4) tekshirilayotgan gazning tabiatiga bog‘liq. Gazning suyuqliqdagi eruvchanligini ifodalash uchun maxsus ko‘rsatgich — absorbsion koeffitsient, yoki eruvchanlik koeffitsientijoriy qilingan. Uning miqdori 0° temperatura va 760 mm bosimda gazning 1 ml suyuqliqda eriy oladigan hajmini ko‘rsatadi. Gazning bosimi qancha yuqori va temperatura qancha past bo‘lsa, shuncha ko‘p gaz suyuqliqda eriydi. Suyuqliq temperaturasi ortishi bilan gazlarning eruvchanligi pasayadi va qaynash nuqtasida nolga teng bo‘ladi. Absorbsion koeffitsient suvda erigan moddalar konsentratsiyasiga ham bog‘liq (erigan moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, gazlarning absorbsion koeffitsienti shuncha past bo‘ladi). Gavda temperaturasida va simob ustuni hisobi bilan 760 mmbosimda qon plazmasidagi kislorodning eruvchanlik koeffitsienti 0,022 va karbonat angidridniki 0,510 ga teng.
Suyuqliq ma’lum tarkibli gazlar aralashmasiga duch kelganda suyuqliqqa kirgan yoki undan chiqqan gaz miqdori suyuqliqdagi va gazlar aralashmasidagi gaz bosimlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lish bilangina qolmay, balki ularning hajmlariga ham bog‘liq. Bosimi suyuqliqdagi gazlar bosimidan keskin farq qiluvchi gazlar aralashmasining katta hajmi suyuqliqning katta hajmiga duch kelsa, ko‘p mikdordagi gaz suyuqliqqa kirishi yoki undan chiqishi mumkin. Etarlicha katta hajmli suyuqliq kichik hajmdagi gaz pufakchasiga duch kelsa , aksincha, juda oz miqdordagi gaz suyuqliqqa kiradi yoki undan chiqadi va suyuqliqning gazlar tarkibi amalda o‘zgarmaydi.
Suyuqliqda erigan gazlar uchun erkin gazlardagi «parsial bosim» ga mos keladigan «taranglik»termini qo‘llaniladi. Bosim qaysi birliklar bilan ifodalansa, taranglik, ham o‘sha birliklar, ya’ni atmosferalar yoki simob ustuni yoki suv ustuni hisobidagi millimetrlar bilan ifodalanadi. Gaz tarangligi 100 mmsimob ustuniga teng bo‘lsa, suyuqliqda erigan gaz 100 mmbosim ostidagi erkin gaz bilan muvozanatda turganini ko‘rsatadi.
Erigan gaz tarangligi erkin gazning parsial bosimiga teng bo‘lmasa, muvozanat buziladi. SHu ikki miqdor yana bir-biriga tenglashganda muvozanat tiklanadi. Masalan, berk idishda turgan suyuqliqdagi kislorod tarangligi 100 mm ga teng, shu idish havosidagi kislorodning bosimi esa 150 mmga teng bo‘lsa kislorod suyuqliqqa kira boshlaydi. Ayni vaqtda suyuqliqdagi kislorod tarangligi orta boradi, suyuqliqdan tashqaridagi kislorod bosimi esa pasayaveradi, yangi dinamik muvozanat qaror topmaguncha va bu ikki miqdor 150 bilan 100 mmorasidagi yangi qiymat olib baravarlashmaguncha bosim va taranglik o‘zgaraveradi. Bu holda bosim va taranglikning qanday o‘zgarishi gaz bilan suyuqliqniig nisbiy hajmlariga bog‘liq.
B) Qondagi gazlar miqdori
Qonda fizikaviy erish holatida bo‘lgan gazlarning hajmini yuqorida keltirilgan formulaga muvofiq hisoblab chiqish mumkin.100 ml
arterial qonda erigan kislorod miqdori 0,3 hajm %, karbonat angidrid — 2,5 hajm % teng bo‘lishi kerakligi hisoblardan ma’lum. Biroq quyida tasvir etilgan usullardan foydalanib, qondan ko‘proq kislorod va karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Bu, qondagi kislorod va karbonat angidrid fizikaviy erish holatidagina emas, balki ximiyaviy bog‘lanish holatida ham ekanligidan guvohlik beradi. Qondagi kislorod gemoglobin bilan bog‘langan. Qarbonat angidrid esa gemoglobin bilan qisman boglangan, ko‘pchilik qismi esa qonda bikarbonat shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |