Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


To‘qimada gazlar almashinuvi



Download 0,7 Mb.
bet10/11
Sana25.02.2022
Hajmi0,7 Mb.
#462651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G`AFFOROVA DILDORAning odam va hayvon fiziologiyasi mustaqil ish.pdf

To‘qimada gazlar almashinuvi


To‘qimalarda qon kislorod beradi va karbonat angidrid yutadi. Katta doiradagi to‘qimalarning kapillyarlarida gaz almashinuviga, o‘pka kapillyarlaridagidek, qon va to‘qimalardagi gazlarning parsial tarangliklarida farq borligidan ro‘y beruvchi diffuziya sababdir.


Hujayralardagi karbonat angidrid tarangligi 60 mmgacha etishi mumkin, to‘qima suyuqlig‘ida SO2 tarangligi o‘zgaruvchan bo‘lib, o‘rta hisobda 46 mmni tashkil qiladi, to‘qimalarga keluvchi arterial qonda esa 40 mmsimob ust. ga teng. Karbonat angidrid taranglik kam bo‘lgan tomonga diffuzlanib, hujayralardan to‘qima suyuqlig‘iga va so‘ngra qonga o‘tadida, uni venoz qonga
aylantiradi. Qon kapillyarlardan o‘tayotganda undagi karbonat angidrid tarangligi to‘qima suyuqlig‘idagi SO2 tarangligaga tenglashadi.
Hujayralar kislorodni juda tez iste’mol qiladi, shuning uchun hujayra protoplazmasidagi SO2 tarangligi juda kam, hujayralar aktivligi ortganda karbonat angidrid tarangligi xatto nulga teng bo‘lib qolishi mumkin. To‘qima suyuqlig‘idagi kislorod tarangligi 20 va 40 mmorasida o‘ztarib turadi. SHunga ko‘ra qon aylanish katta doirasining kapillyarlariga kelayotgan arteial qondan (undagi kislorod tarangligi 100 mmsimob ust. ga teng) to‘qima suyuqlig‘iga kislorod beto‘xtov o‘tib turadi. Natijada to‘qimalardan ketayotgan venoz qonda-gi kislorod tarangligi arterial qondagidan ancha kam bo‘lib, 40 mmni tashkil etadi.
Qon aylanish katta doirasining kapillyarlaridan o‘tayotgan qon o‘zidagi kislorodning hammasini bermaydi. Arterial qonda qariyb 20 hajm% kislorod bor, venoz qonda esa taxminan 12 hajm% 02 bo‘ladi. SHunday qilib,
20 hajm% kisloroddan to‘qimalar 8 hajm% ni, ya’ni qondagi jami kislorodning 40 protsentini oladi.
Arterial qondagi kislorodning to‘qimalar oladigan va protsentlar bilan ifodalanadigan miqdori kislorodning utilizatsiya koeffitsientideb ataladi. Bu koeffitsient arterial va venoz qondagi kislorod miqdorining farqini aniqlash yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Bu farq arterial qondagi kislorod miqdoriga bo‘linadi va 100 ga ko‘paytiriladi.
Kislorodning utilizatsiya koeffitsienti bir qancha fiziologik sharoitlarga qarab o‘zgaradi. Organizm tinch turganda bu koeffitsient 30— 40% ga teng. Og‘ir jismoniy ish bajarilganda muskullardan ketayotgan venoz qondagi kislorod miqdori kamayib, 8—10 hajm% gacha tushadi va, demak, kislorodning utilizatsiya koeffitsienti oshib, 50—60% gacha etadi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish