Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,7 Mb.
bet1/11
Sana25.02.2022
Hajmi0,7 Mb.
#462651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G`AFFOROVA DILDORAning odam va hayvon fiziologiyasi mustaqil ish.pdf




TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO`NALISHI
3-KURS 319-GURUH TALABASI
G`AFFOROVA DILDORANING
ODAM VA HAYVON FIZIOLOGIYA
FANIDAN


Mavzu: Qonning kislorod va karbonat angidrid
tashishi mavzusida tayyorlagan



TERMIZ-2022

KIRISH

REJA:


  1. QONNING ORGANIZMDAGI ROLI

    1. Qonning asosiy funksiyalari

    2. Qonning shaklli elementlari

  1. ASOSIY QISM

    1. Qon tarkibidagi gazlarning fizikaviy xususiyatlari

a) kislorod va karbonat angidrid parsial bosimiva tarangligi b) qondagi gazlar miqdori

    1. Qonning kislorod tashishi

    2. Qonning karbonat angidrid tashishi

    3. O‘pkada gaz almashinuvi

    4. To‘qimada gazlar almashinuvi XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH


Qon organizmda kislorod va karbonat angidrid tashuvchi yagona omil sanaladi. Bu jarayon murakkab mexanizmlar asosida kechadi. Kislorod va karbonat angidridning tashilishi ularning parsial bosimiga bog‘liq, tashqaridan olinadigan kislorodni to‘qimalarga etqazib beradigan va to‘qimalarda hosil bo‘ladigan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuboradigan narsa bu qon ekan, bu gazlarning qon bilan birikishi katta ahamiyatga ega.
Agar qonda kislorod faqat fizik yo‘l bilan erisa, uning qondagi miqdori juda kam (100 ml qonda 0,3ml gina bo‘lar) va organizmdagi jarayonlarni ta’min qilish uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdoridan bir necha marta kam kislorod to‘qimalarga berilar edi. Kislorod qonda faqat fizik yo‘l bilan erimay ,balki kimyoviy yo‘l bilan ham birikadi. Kislorodni kimyoviy yo‘l bilan o‘ziga biriktirib oladiga qon juda osonlik bilan uni o‘zidan ajratib yuboradi. Demak kislorod gemoglabin bilan puxta birikmagan bo‘ladi. Odam o‘pkasida kislorodning parsial bosimi taxminan 100-110 mm. Bu bosim 95-96% gemoglabin oksigemoglabinga aylanishi uchun etarlidir. To‘qimalarda kislorodning parsial bosimi kam bo‘lsa, oksigemoglabinga aylanadi. Kislorodning parsial bosimi 30 mm bo‘lganda gemoglabin o‘zidagi kislorodning yarmini
, 20 mm bo‘lganda to‘rtdan uch qismini yo‘qotadi.
Kislorod eritrositlardagi gemoglabin bilan, asosan, kimyoviy birikkan bo‘lsa, qon plazmasida fizik aralashgan bo‘ladi. Qon plazmasida erigan kislorod va gemoglabin miqdori qancha ko‘p bo‘lsa , shuncha ko‘p kislorod gemoglabin bilan birikadi.
Karbonat angidrid gemoglabinning kislorod bilan birikish qobilyatini kamaytiradi. SHunin uchun qonning to‘qimalarda karbonat angidridga boyishi oksigemoglabindan kisloroni ko‘p chiqishiga sabab bo‘ladi. Buni birinchi marta rus olimi B.F. Verigo aniqlagan. Qon o‘pkagakelganda undagi karbonat angidridning bir qismi tashqariga chiqib
ketadi va gemoglabinning kislorod bilan birikish qobilyati yana oshadi. [ 1 ]
Gemoglabinning kislorod bilan birikishiga karbonat angidridning ta’sir etishi katta fizologik ahamiyatga ega. O‘pka kapillarlariga keladigan vena qonida karbonat angidridning ko‘pligi uchun , uning kislorod bilan birikish qobilyati kam bo‘ladi. Bu qon o‘zidan karbonat angidridni o‘pka orqali chiqarib yuborgach ,uning kislorod bilan birikish qobilyati oshadi va o‘ziga ko‘p miqdorda kislorodni biriktirib to‘qimalarga etqazadi. To‘qimalarda esa qon karbonat angidridga boyib, uning kislorodni biriktirish qobiliyati kamayadi va o‘zidagi kislorodni to‘qimalarga chiqarib beradi.
Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga qondagi vodorod ionlarini konsentratsiyasi ham ta’sir etadi. Qancha vodorod ionlarining konsentratsiyasi qonda ko‘p bo‘lsa, gemoglobin o‘ziga kislorodni shuncha kam biriktiradi.
Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga harorat ham ta’sir etadi. Haroratning ko‘tarilishi qonda kislorodning chiqishini kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida qonda karbonat angidrid ko‘payib, to‘qima harorati bir oz oshadi, bu esa kislorodning qondan to‘qimaga o‘tishini tezlashtiradi. Venoz qondan 55-58% hajm karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Qondan ajratiladigan C02 ning ko‘p qismi plazma va eritrotsitlardagi karbonat kislota tuzlaridan (karbonatlardan) vujudga keladi, faqat qariyb 2,5 hajm% qonda erigan, qariyb 4-5 hajm% gemoglobin bilan birikib, karbogemoglobin shaklida bo‘ladi.
Karbonat kislota eritrotsitlarda, ulardagi karboangidraza fermenti ishtirokida karbonat angidriddan hosil bo‘ladi. Bu ferment C02 ning gidratatsiya reaksiyasini tezlashtiradigan kuchli katalizator hisoblanadi. Qonning karbonat angidrid tashish xususiyatini birinchi marta I.M.Sechenov va B.F. Verigolar o‘rgangan. Karbonat angidrid, asosan, qon plazmasida
bikarbonatlar shaklida birikkan bo‘ladi. Bu qisman eritrositlar bilan ham birikadi.
Karbonat angidridning 2/3 qismi qon palazmasi, 1/3 qismi esa eritrositlar bilan birikkan. Kislorodga qaraganda karbonat angidrid qonda ko‘p eriydi.
Karbonat angidridni biriktirishda oqsillar asosiy rol o‘ynaydi. Gemoglobinning H2CO3 bilan birikish qobiliyati plazmadagi oqsillarnikidan uch marta ortiq. Qonda gemoglobin miqdori plazmadagi oqsillar miqdoridan uch marta ko‘p bo‘lagni uchun, gemoglobin plazma oqsillariga qaraganda karbonat angidridni taxminan 10 marta ortiq biriktirib oladi.
O‘pkada gemoglobin kislorod bilan birikkan vaqtda gemoglobinning kislotali xususiyati oshadi va oksigemoglobin tuzlardan H2CO3ni siqib chiqaradi.
SHunday qilib, o‘pkada qondan karbonat angidridning siqib chiqarishi kislorodning parsial bosmiga bogliq bo‘ladi. To‘qimalarda oksigemoglobin kislorodni yo‘qotib, qaytarilgan gemoglobinga aylanadi.
Demak, karbonat angidridning qondan ajralib chiqishiga qondagi oqsillar va gemoglobin sabab bo‘ladi. Bu moddalar amfotermik xususiyatiga ega bo‘lib, ishqoriy sharoitda kislota bo‘lib ta’sir etadi. Plazmadagi oqsilar ta’siri gemoglobin ta’siriga qaraganda kuchsiz bo‘ladi. SHuning uchun oqsillar karbonat angidridni qondan ko‘p miqdorda siqib chiqara olmaydi. Karbonat angidridni siqib chiqarishda gemoglobin asosiy rol o‘ynaydi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish