Bazofillar. Bazofillar protoplazmasida uchraydigan yirik donachalarda geparin va gistamin bo‘ladi. O‘tkir yallig‘lanishning regenerativ (yakunlovchi) bosqichida qondagi bazofillar soni oshadi. Geparin qonning
mayda tomirlarida ivishiga yo‘l qo‘ymaydi, gistamin esa bu qon tomirlarini kengaytiradi. Bu esa yallig‘lanish o‘choqlarida so‘rilish va bitish jarayonlariga yordam beradi.Ularga boqliq bo‘lgan geparin lipolizni tezlashtiradi, ko‘p miqdorda so‘rilgan yog‘ parchalanadi va plazmada erkin yog‘ kislotalari konsentra-siyasi ortadi. Bazofillarning umri taxminan 12 soatga teng.
Eozinofillar. Eozinofillar oqsil tabiatli toksin-larni va yot oqsillarni parchalaydi hamda zararsizlantiradi. Allergiya holatida, masalan, ichakda gijja ko‘payib ketganda, organizmda autoimmun jarayonlar rivojlanganda eozino-fillarning soni ko‘payadi.
Neytrofillar. Neytrofillar qonda 6-8 soat aylanib, amyoba singari harakat qilib, shilliq pardalarga o‘tadi. Organizmda mikroblar kirgan joyga neytrofillar to‘planadi. Ular mikroblar bilan to‘qnashib, mikroblarni o‘rab oladi. Bir neytrofil 15-20ta bakteriyani qamrab olib, lizosomasidagi enzimlari (proteaza, peptidaza, dezoksiri-bonukleaza, lipaza) yordamida hazm qiladi va yo‘qotadi. Agar bu ishni neytrofil bajara olmasa, o‘zi halok bo‘ladi. Yiring asosan neytrofillar va ularning qoldiqlaridan iborat. Neytrofillar – nospetsifik immunitetning eng muhim qismi. Ular mikrob va yot oqsillarga qarshi antitanachalar ishlab chiqarish yoki o‘z membranasiga biriktirib olish qobiliyatiga ega. Neytrofillar yordamida odamning jinsini aniqlash mumkin. Odamda ayol genotip bo‘lsa, 500 neytro-fildan kamida 7 sida «noqora tayoqchalari» uchraydi. Tayoqcha-larning uchini diametri 1,5-2,0mkm li dumaloq bo‘lib, ingichka xromatin ko‘prikcha yordamida yadroning bir segientiga bog‘langan. Jinsning bu belgisi jinsiy a’zolar anomaliyasida to‘g‘ri davolash usulini tanlashda yordam beradi.
Trombotsitlar. Qonning bu shaklli hujayralariga xos belgilarni birinchi marta 1882 yilda italiyalik olim Bikosera yozib qoldirgan. Trombotsitlar yoki taloq hujayralari - mega kariotsitlarining sitoplazmatik
parchalaridir.Trombotsitlar organizmda qonning ivish jarayonida katta ahamiyatga ega. Tomirlar shikastlanib, trombotsitlari parchalanganda, ulardan qon ivishida muhim rol uynaydigan bir qator moddalar bilan birgalikda serotonin ham ajralib chiqadi, bu modda tomir devorini toraytirib qon ivishiga sharoit yaratilishida ishtirok etadi.Diametri 2-5 mkm bo‘lgan oval shaklidagi trombotsitlar ko‘mikda va taloqdagi gigant hujayralar – megakariotsit-larda hosil bo‘ladi. Trombotsitlarning soni 1mm3 odam qonida 100-200mingni tashkil qiladi. Ularning soni ovqat hazm qilish, jismoniy ish bajarish va homiladorlikda ko‘payadi. Trombotsitlarning qondagi soni kunduzi tundagidan ko‘proq bo‘ladi. Ular qon ivish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. [ 3 ]
Do'stlaringiz bilan baham: |