Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


I. QONNING ORGANIZMDAGI RO‘LI



Download 0,7 Mb.
bet2/11
Sana25.02.2022
Hajmi0,7 Mb.
#462651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G`AFFOROVA DILDORAning odam va hayvon fiziologiyasi mustaqil ish.pdf

I. QONNING ORGANIZMDAGI RO‘LI


    1. Qonning asosiy funksiyalari

Qonning asosiy funksiyalari, qon miqdori va tarkibi, qonning fizikaviy-kimyoviy xossalari,qonning osmotik bosimi, qonning onkotik bosimi, qonning faol reaksiyasi va bufer tizimlari, qon plazmasi, plazma elektrolitlari, plazma oqsillari va ularning bajaradigan vazifalari, oqsil fraksiyalarining xususiyati va funksiyasi, plazma albuminlari, plazma globulinlari, qon plazmasi tashiydigan moddalar, qonning shaklli elementlari, eritrotsitlar,qon pigmentlari, gemoglobin, oksigemoglobinning dissotsiatsiya egri chizig‘i, mioglobin, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi, eritrotsitlarning morfofiziologiyasi, eritrotsitlarning rezistentligi, eritropoez, leykotsitlar,leykopoez, trombotsitlar, trombotsitopoez.
Qon – to‘g‘risidagi fan gematologiya deb aytiladi. Bu fan uzoq va mashaqqatli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi, ammo gematologiya sohasidagi asosiy yutuqlar so‘nggi yillarda qo‘lga kiritildi. Bu yutuqlar asosan aniq fanlar, birinchi novbatda kimyo va fizikaning taraqqiyot qilishi, yangi preparatlarni sintez qilinishi, o‘ziga xos sezgir apparatlar yasalib, ishga tushirilishi tufayli qo‘lga kiritildi.
Qon plazma va undan qalqib, suzib yuradigan uch hil hujayralardan iborat. qonga qizil rangni eritrotsitlar beradi, bu hujayralar mikroskop ostida deyarli dumaloq shaklda ko‘rinadi. Ular orasida ancha kattoroq bo‘lgan bazi bir hujayralar – leykotsitlarni payqash oson. Bular rangsiz va mustaqil xarakatlanish qobiliyatiga ega. qon surtmasi maxsus usul bilan bo‘yab ko‘riladigan bo‘lsa, trombotsitlar yoki qon plastinkalari oson ko‘zga tashlanadi.
Demak, qonning o‘zi, qon yaratilishi ta’minlovchi ko‘mik, limfa tugunlari, taloq va timus: qon hujayralari emirilishini yuzaga chiqaradigan taloq, ko‘mik; bu tizim faoliyatini boshqaruvchi nerv va gumoral omillar qon tizimini tashkil qiladi. [ 3 ]
Qonning asosiy funksiyalari. Qon - suyuq tuqima bo‘lib, plazma va shakli elimentlardan tashkil topgan. U tomirlar doirasida uzluksiz harakat qilganidan organizmda asosan tashuvchi vazifasini bajaradi. Tashiladigan moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab qonning quyidagi: nafas olish, ovqatlantirish, ekskretor, boshqaruv, kreator boshqarishlarni ta’minlash, gomeostatik, hharoratni boshqarish va himoya faoliyatlari farqlanadi.Nafas oldirish faoliyati o‘pkadan to‘qimiga kislorod etkazib berish va ularda hosil bo‘lgan karbonat angidridni o‘pkaga olib borishdan iborat. Kislorod tashilishini eritrotsitlardagi gemoglobin bajaradi. Karbonat angidridni tashilishida ham eritrotsitlar katta ahamiyatga ega.

Ovqatlantirish faoliyati oziq moddalarini hazm tizimi a’zolaridan to‘qimalarga etkazib berishdan iborat. Iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi murakkab polimer moddalar me’da va ingichka ichakda enzimlar ta’sirida parchalanib so‘rilishi mumkin bo‘lgan sodda monomer moddalarga aylanadi. Glyukoza, fruktoza, galaktoza, aminokislotalar, tuzlar va suvdv eruvchi boshqa moddalar qonga so‘riladi. YOg‘lar esa asosan limfaga so‘rilib uning tarkibida qonga quyiladi. Uglevodlar asosan energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ularning oz qismi jigar va muskullarda glikogenga aylanib, uncha katta bo‘lmagan zaxira hosil qiladi. Hujayralar aminokislotalarning ko‘p qismini oqsil sinteziga sarflaydi. YOg‘ kislotalaridan glitserin ishtirokida neytral yog‘lar sintezlanib, yog‘ to‘qimisida zahira holida
to‘planadi. Zarur bo‘lgan glikogendan glyukoza, yog‘ to‘qimisidan neytral yog‘ qonga o‘tadi va energiya manbai sifatida sarflanadi.
Ekskretor faoliyati moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni, tasodifan yoki ma’lum maqsad bilan kiritilgan moddalarni chiqarib tashlashdan iborat. Ortiqcha ichilgan suv, iste’mol qilingan tuz va oziq moddalarni chiqarib tashlashni ta’minlasht ham ekskretor faoliyatning bir qismi. CHiqarib tashlashi zarur bo‘lgan moddalarni qon ajratuv a’zolarga etkazib beradi.Boshqaruv faoliyati. Organizmdagi barcha a’zo va to‘qimalar qonga fiziologik moddalar ajratadi. Qon bu moddalarni organizm bo‘ylad tashir ekan, gumoral boshqarishni amalga oshiradi, a’zolarni o‘zaro bog‘laydi, organizmni bir butun qilib, muhit o‘zgarishlariga moslashtiradi.

Kreator faoliyati. Qonning bufaoliyatining bir qismi deyish mumkin. Kreator faoliyat qon plazmasi va shakli elementlarning axborotga ega makromolekulalarini tashishda ishtiroq etishdan iborat. Bu makromolekulalar tegishli joyga etkazilgandan keyin oqsil sintezi, hujayralarning bo‘lishini va boshqa jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi.



Gomeostatik faoliyat. Qon suyuqlari rN, osmotik bosim, eliktrolit tarkibi, organik moddalar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlarning barqarorligini saqlab turadi.


Xaroratni boshqarish. To‘qima va hsjayralar faoliyatini natijasida uzluksiz ravishda issiqlik hosil bo‘lib turadi. bu issiqlikning ko‘p qismi ichki yirik a’zolarga, ya’ni jigar, chuqur joylashgan muskullar va yurakka to‘g‘ri keladi. U bevosita tashqi muhitga ajratilmaydi. Bu a’zolarning tomirlaridan o‘tayotgan qon ma’lum darajada isiydi va issiqlikni organizm bo‘ylab tarqatadi. Qon harorati sezilarli daraja oshsa, gipotalamusdagi termoretseptorlar qo‘zg‘alib haroratni boshqarib turadigan mexanizmlar faolligini oshadi. Natijada teri qon tomirlar kengayadi, ter ajralishi kuchayadi. Issiqlikni yo‘qotish tezlashadi.
Himoya faoliyatining yuzaga chiqishida qonning turli tarkibiy qisimlari ishtiroq etadi. Himoya faoliyati yuqumli kasalliklarni paydo qiladigan mikroblarning emirilishini ta’minlashdan (hujayra immuniteti) va ana shu mikroblarga hamda ularning zahariga qarshi antitelolar ishlab chiqarishdan (gumoral immunitet) iborat. Qonning ivishi ham himoya reaksiyasi hisoblanadi. [ 1 ]


    1. Download 0,7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish