Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi



Download 7,61 Mb.
bet88/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

B).Qishloq xo'jaligi.Hindistonda faol aholining qismi qishloq xo'jaligida band. Davlat ajratgan mablag'lar «Yashil revolyusiya» ning yutuqlaridan foydalanish natijasida g'alla ekinlari, ayniqsa bug'doyning yalpi hosil olishda va mamlakat o'zini don bilan deyarli ta'minlay boshladi; biroq aholining don istemoli darajasi juda past (jon boshiga 230-240 kg ga to'g'ri keladi). Hindiston hududining katta qismida tabiiy sharoit qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qulay. Musson yomg'irlarining davriy ravishda takrorlanib turishi bir yilda ikki marta hosil olishga imkon beradi: yozgi mavsum («harif») da may oyida ekilgan ekinlar oktabrda yig'ib-terib olinadi, qishgi mavsum («rabi»)da noyabrda ekilgan ekinlar may oyida yig'ib-terib olinadi. Rabi mavsumida mamlakat hududining deyarli hamma joyida ekinlarini sug'orishga to'g'ri keladi.
Dehqonchilik-ekin maydonlarining 4g’5 qismi oziq-ovqat ekinlari (sholi, bug'doy, tariqning xilma-xil turlari) va dukkakli ekinlar bilan band. Sholi sohildagi pasttekisliklarda va Gang daryosining quyi oqimida ekiladi. Bug'doy Gang daryosining yuqori va o'rta oqimlarida sug'oriladigan yerlarda, asosan rabi mavsumida ekiladi; tariq ekinlariinng asosiy qismi Dekan yassi tog'ligida yetishtiriladi.
Paxtaning asosiy qismi-Dekan yassi tog'ligining lava ustida tarkib topgan qora tuproqli shimoliy-g'arbiy qismida ekiladi. Bu tuproqlarda nam uzoq turadi paxta sug'orilmasdan yetishtiriladi. Shuningdek texnika ekinlaridan shakarqamish jut va moyli ekinlar yetishtiriladi. Moyli ekinlar orasida raps, kanakunjut va yer yong'oq alohida o'rin tutadi, bu ekinlar mahsulotining bir qismi eksport qilinadi. Sharqiy Himolay etaklarida asosan choy yetishtiriladi. Choy eksport qilinadigan asosiy ekin hisoblanadi.
Chorvachilik- sohasida qo'ychilik muhim o'rin tutadi. Qo'ychilik, mamlakatning shimoli g'arbida rivojlangan. Hindiston qoramol soni jihatidan dunyoda birinchi o'rinda turadi, lekin qoramollarning deyarli hammasidan faqat ot-ulov sifatida foydalaniladi.
V) Transporti.Mamlakatda temir yo'l, avtomobil, havo va dengiz transporti rivojlangan. Temir yo'llarning umumiy uzunligi 61850 km, avtomobil yo'llari uzunligi 1970000 km (shundan960000 km-qattiq qoplamali), ichki suv yo'llari 16180 kmni tashkil etadi. Hindistonda Bombey va Madras kabi yirik portlar ishlab turibdi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish