2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
Mamlakat hududini uchta tabiiy zonaga ajratish mumkin. Dekan yassi tog'lari deyarli butun Hindiston yarim orolini egallagan G'arbiy va Sharqiy Gat tog' tizmalarini o'z ichiga olgan. Hind- Gang tekisligi o'z navbatida ikki qismdan iborat bo'lib, sharqda Ganga, Hind, Braxmaputra vodiysi, shimoliy-sharqda Tar cho'li joylashgan. Mamlakatning shimoliy qismi dunyoning eng baland Himolay tog'lari bilan o'ralgan. Mamlakatning asosiy Ganga, Hind, Braxmaputra, Godavari daryolaridan yil davomida xo'jalik maqsadlarida keng foydalaniladi.
Mamlakatda ko'mir, temir rudasi, tabiiy gaz, neft, marganes, titan, xromit, olmos, ohaktosh, boksitning yirik konlari mavjud. Ayniqsa Hindiston ko'mir zahiralari bo'yicha dunyoda 4-chi o'rinda turadi. Hududning 55 foizi ekin ekiladigan yerlar, 23 foizini o'rmon va changalzorlardan iborat.
3. Aholisi.
Hindiston aholi soniga ko'ra dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Bu yerda aholi ro'yxati 1891 yildan beri har 10 yilda o'tkaziladi. Ayniqsa Hindiston aholisi XX asrda tez sur'atlar bilan o'sdi. Masalan: Mamlakat aholisi 1901 yil. 239 mln kishi, 1951 yil 361 mln kishi 1981 yil 683 mln kishi, 1991 yil esa 844 mln, 2000 yilda esa 1 mlrd kishidan oshib ketdi.
Hindiston uchun rivojlanayotgan boshqa mamlakatlari kabi, aholi ko'payishining tabiiy o'sishi yuksak bo'lgan ikkinchi tipi harakterlidir. Tez ko'payib borayotgan aholini oziq-ovqat va mehnat bilan ta'minlash qiyin, shuning uchun hukumat tug'ilishni kamaytirishga qaratilgan «Oilani rejalashtirish» dasturini amalga oshira boshladi. Biroq ko'p asrli yosh nikoh qurish an'analariga ega bo'lgan mamlakatda bu dastur umuman yaxshi samara bermoqda.
Hindiston aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xildir: Hindiston dunyoda eng ko'p millatli mamlakatdir! «Hindlar» tushunchasi bir necha yuzlab etnoslar ya'ni millat, elat va qabilalarni birlashtiradi, ular ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichida bo'lib, turli tillarda so'zlashadilar. Mamlakatda asosiy tillarga 15 til kiradi. Biroq deyarli 100 mln hindlar boshqa tillarda so'zlashadilar, shevalarning umumiy soni esa olimlarning fikricha 1,6 mingga yetadi. Davlat tili-hind tili, eng katta millatlardan bo'lgan hind millatining tilidir. Mamlakatning ma'muriy bo'linishi milliy tafovutlarni hisobga oladi: shtatlarning chegaralari eng ko'p sonli xalqlar tarqalgan areallar bo'ylab o'tkazilgan.
Hindlarning turmush tarziga, ijtimoiy va oilaviy munosabatlarini ham hisobga olganda, din juda katta ta'sir ko'rsatadi, hindlarning qismi induizm diniga qismi esa islom diniga e'tiqod qiladi.
Hindistonda aholining joylashishi ancha notekisdir. Qadimdan dastlab daryo vodiylari va deltalaridagi, dengiz sohilidagi unumdor tuproqli pasttekislik hamda tekisliklar o'zlashtirilgan. Biroq hozirda ham aholisi siyrak va hatto aholisiz hududlar bor.
Hindistonda urbanizasiya darajasi uncha yuqori emas. Mamlakatda 4,5 ming shahar bor. Buning ustiga katta shaharlar va «millioner» shaharlar soni muttasil o'smoqda.
Hindiston katta shaharlar soniga ko'ra faqat Xitoydan orqada, «millioner» shaharlar (aglomerasiyalar) soniga ko'ra Xitoy va AQShdan orqadadir. Shaharliklarning mutlaq miqdoriga ko'ra Hindiston Xitoydan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi.
Shunga qaramay Hindiston aholisining asosiy qismi ko'proq kichik, biroq serodam (gavjum) qishloqlarda yashaydi. Ularning umumiy soni 600 mingga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |