3. Aholisi:
Xitoy dunyoda aholisi soni eng ko'p mamlakat (Dunyo aholisining 20%i yashaydi). XX asrning boshlarida bu yerda aholining o'rtacha umr ko'rishi 30 yoshdan kam yoshni tashkil qilardi. Tug'ilishning yuqoriligi (30-40 promille) va o'limning yuqoriligi (25-30 promille) aholisi soni tabiiy ko'payishning unchalik yuqori emasligi xos edi. O'sha vaqtda Xitoy aholisi 400mln kishini tashkil etar edi.
1950 yillarda (XXR tashkil topgach) mamlakatda demografik holat o'zgardi. Tug'ilishning oldingi yillardagidek yuqoriligi, tibbiyot xizmatining yaxshilanishi natijasida o'limning kamayishi, aholi turmush darajasining oshishi aholi sonining tez sur'atda o'sishiga olib keldi.
1970 yillarda mamlakatda tug'ilishni kamaytirish maqsadida demografik siyosat dasturi e'lon qilindi. Mamlakatda oilani rivojlantirish siyosati o'z samarasini bera boshladi. (ayniqsa shaharlarda).
Mamlakatda 1993 yillarda har ming kishiga hisoblaganda tug'ilish 19 kishiga o'lim esa 6,4 kishiga, tabiiy ko'payish esa jahonning o'rtacha ko'rsatkichidan kam 11,5% ni tashkil etdi. Xitoy aholisi tarkibi yosh (Umumiy aholining 30%ini 15 yoshgacha bo'lganlar tashkil etadi).
Mamlakatda ko'p sonli mehnat resurslari mavjud biroq so'nggi yillarda sanoat rivojlangan bo'lasada ularning katta qismi qishloq xo'jaligida band.
Mamlakat bo'yicha va chetga mehnat resurslarining migrasiyasi yuqori. Xitoydan tashqarida ya'ni chet elda 60 mln kishi yashamoqda. Ular Tayvanda (21mln), Gonkongda (6 mln) Janubi-Sharqiy Osiyo-Indoneziya, Malayziya, Taylandda, Singapurda yashaydi. AQSH da 13 mln etnik Xitoylar yashaydi.
Biroq xorijiy Xitoyliklar nafaqat son jihatdan, balki sifat jixatdan ham katta mavqega ega. Masalan: Xitoyda bir yilda 650 mlrd dollarlik miqdorda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarilsa, (1,2 mlrd aholi). Bu vaqtda 60 millionlik xorijiy Xitoyliklar esa yiliga 450 mlrd dollar qiymatida tovar va xizmatlar ishlab chiqaradi.
3.Davlat tuzumi.
Xitoyning 1894-1895 yillardagi bo'lib o'tgan Yapon-Xitoy urushidagi mag'lubiyati, Mustamlakachi mamlakatlarning yangidan bosqinchilik yurishlari uchun sharoit yaratdi. Natijada Yanszo' daryosi xavzasidagi provinsiyalar Angliya, mamlakatning janubiy qismi Fransiyaga qisman Angliyaga Shandun-Germaniya, Fuyzyan-Yaponiya, Buyuk Xitoy devoridan shimoliy xududlargacha Rossiya imperiyasining nazorati ostiga o'tdi.
1912 yildagi monarxiyaning ag'darilishi Xitoy Respublikasining tashkil topishi mamlakatning yarim feodal va yarim mustamlakachilik xolatini o'zgartirmadi.
1927 yildagi reaksion davlat to'ntarishidan so'ng mamlakatda gomindanchilar rejimi o'rnatildi.
Ikkinchi jaxon urushidan so'ng mamlakatni Xitoy Xalq Ozodlik armiyasining Yapon bosqinchilaridan to'la ozod qildi.
1949 yil 1-oktabr kuni Xitoy Halq Respublikasi tashkil topdi.
1950 yilning bahorida mamlakatda fuqarolar urushi tugadi, gomindanchi qo'shinlarning qolgan qutganlari (Chan-Kayshi) Tayvan orliga o'rnashib oldi,va Xitoy Respublikasi tashkil topdi.
Xitoy Xalq Respublikasi konstitusiyasiga binoan (1982 yil) Halq vakillari umumxitoy majlisi (XVUM)- Davlat xokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi, XVUM Doimiy komiteti uning doimiy ishlaydigan organidir. XVUMning vakolat muddati - 5yil. XVUM XXR Raisi va uning o'rinbosarini, XVUM Doimiy komitetining raisini va shu komitet sostavini uning davlat xokimiyatining oliy ijroiya organi bo'limi markaziy xalq xukumati XHR Davlat kengashining bosh vaziri nomzodi va shu kengash tarkibini tasdiqlaydi.
Mamlakat ma'muriy-hududiy jihatdan 22 provinsiya, 5 muxtor rayonlariga va 3 markazga bo'ysunuvchi (Pekin, Shanxay, va Tyanszin) shaxriga bo'linadi.
Xitoy bir necha asr ilgari mustamlakachi mamlakatlar (Portugaliya va Angliya) tomonidan tortib olingan Makoa oroli (1999 y 20 dekabrda) va Syangan oroli (1997 y 1 iyun) ustidan o'z nazoratini o'rnatdi. Xitoy Xalq Respublikasi Tayvan orolini o'zining ajralmas qismi sifatida e'tirof etadi. Xitoy Xalq Respublikasi BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |