Nazorat savollari
1.Mamlakatning siyosiy-iqtisodiy geografik o’rniga baho bering.
2.Germaniya tabiiy sharoiti va mineral resurslarining xo’jalik ahamiyati xususida gapirib bering.
3.Mamlakat aholisi soni va o’sishi hamda joylashishining demografik jihatlariga ta’rif bering.
4.Germaniya aholisining tarkibi,migratsiyasi,hamda urbanizatsiya jarayonlari to’g’risida gapirib bering.
5.Mamlakatning davlat tuzumi va siyosiy partiyalari hamda XX-asrning 90-yillarida yuz bergan siyosiy voqealarni izohlab bering.
6.Germaniya xo’jaligining tarmoqlar tarkibi,va ularning hududiy joylashishi,hamda rivojlanish darajasini izohlab bering.
7.Xaritadan mamlakatning eng asosiy sanoat,qishloq xo’jaligi va transport rivojlangan rayonlarini ko’rsating.
8.Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarining geografik xususiyatlarini izohlab bering.
12-Mavzu. BUYUK BRITANIYA. FRANTSIYA. ITALIYA (6 soat).
BUYUK BRITANIYA (2 soat)
REJA:
1.Iqtisodiy va siyosiy geografik o'rni.
2.Tabiiy sharoiti va resurslari.
3.Aholisi.
4.Xo'jaligi.
A) Sanoati.
B) Kishloq xo'jaligi.
V) Transport tarmoqlari.
5.Tashqi iqtisodiy aloqalari.
Maydoni- 244ming km2
Aholisi-67 886 000 kishi (2020y 23-август)
Poytaxti-London
Tayanch so'zlar:
Qulay geografik o'rin, immigrasiya, aholi tabiiy o'sishining pastligi, respublika boshqaruvi, sanoat va qishloq xo'jaligining intensiv rivojlanishi.
Buyuk Britaniya Britaniya orollarida (Yevropadagi eng yirik orol) joylashgan.Birlashgan Qirollik tarkibida Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya kiradi. Buyuk Britaniya eng katta orolning nomi, Angliya davlatining asosiy tarixiy nomi.Mamlakatning xalqaro dengiz vahavo yo’llari tugunida joylashganligi muhim ahamiyatga ega.Maydoni 244ming km2. Aholisi 58,8mln (1996y.), 59,2mln (2001y.), 60,5mln kishi (2006y), 64105654 kishi(2013y).
Buyuk Britaniyada kapitalizm Yevropadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ertaroq rivojlandi.Shu tufayli u dengizga xukmronlik qilishga katta va boy mustamlakalarni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan.2-jahon urushi arafasida Britaniya imperiyasining maydoni 34,6mln km2 (142marta ko’p), aholisi esa 700mln kishidan (12,5marta ko’p) ortiq edi.2-jahon urushidan keyin bu imperiya tez parchalandi.1990 yillari Buyuk Britaniya nazorati ostida asosan orollardagi 12ta mustamlaka va qaram territoriyalar bor edi.Masalan: Bermud, Kayman orollari, Gonkong, Avliy Elena, Gibraltar, Angilya, Folklend orollari.
Buyuk Britaniya Hamdo’stlik markazi, u hozirgi vaqtda 49 mustaqil davlat kiradigan siyosiy va iqtisodiy birlashmadir.
Siyosiy adminstrativ bo’linishi: 47 graflik, 6 metropoliten grafligi, Katta London, 12 oblast, 6 okrug, Men va Normand orollaridan iborat.Yirik shaharlari: London 7mln, Birmingem 961000, Glazgo 716000, Lids, Liverpul, Edinburg, Manchester.
Шотландиядаги Бен-Невис чўққиси-Британия оролининг энг юқори нуқтаси ҳисобланади.
Buyuk Britaniyani urushdan keyin iqtisodiy mavqei va siyosiy nufuzi biroz bo’shashib qolgan bo’lishiga qaramay, u hamon jahonda kuchli iqtisodiy, moliyaviy va harbiy-siyosiy mavqeini saqlab kelmoqda. Buyuk Britaniya NATOning faol a’zosi.1973 yildan buyon EIHga
a’zo.
Do'stlaringiz bilan baham: |