FRANSIYA (2soat)
REJA:
Iqtisodiy va siyosiy geografik o'rni.
Tabiiy sharoiti va resurslari.
Aholisi.
Xo'jaligi.
A) Sanoati.
B) Kishloq xo'jaligi.
V) Transport tarmoqlari.
Tashqi iqtisodiy aloqalari.
Maydoni-551000 km2
Aholisi- 65 274 000 kishi (2020y 23-август)
Poytaxti-Parij
Tayanch so'zlar.
Qulay geografik o'rin, immigrasiya, aholi tabiiy o'sishining pastligi, respublika boshqaruvi, sanoat va qishloq xo'jaligining intensiv rivojlanishi.
1.Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
Fransiyaning iqtisodiy-geografik o'rni uchun ikkita asosiy hususiyat xosdir Birinchisi mamlakat «EIX» ga a'zo mamlakatlar bilan bevosita chegaradosh, uning chegarasi yaqinida mamlakatning rivojlangan industrial rayonlari joylashgan. Pade de-Kale bo'g'ozi mamlakatni Buyuk Britaniyadan ajratib turadi. Ikkinchi xususiyati shuki,Fransiya sohillari Atlantika okeani va uning dengizlariga Shimoliy va O'rta dengizga tutashib turadi. Bu hol unga okean ortidagi va Yevropadagi mamlakatlar bilan arzon dengiz transporti orqali aloqa qilish uchun imkon beradi.
2.Tabiiy sharoiti va resurslari.
Mamlakatning g'arbiy va shimoliy rayonlari tekislik va past tog'lardan iborat. Markazi va sharqida o'rtacha balandlikdagi tog'lar, janubi-g'arbida Pireniya, janubi-sharqida Alp tog'lari joylashgan. Iqlimi-mo''tadil dengiz iqlimi sharqida kontinental, O'rta dengiz sohilida subtropik iqlim. Mamlakatning yirik daryolari Sena, Rona, Luara, Garanna, sharqida Reyn daryosining bir qismi oqadi. Hududning 24 foizini o'rmonzorlar tashkil etadi.
3.Aholisi.
Fransiyada aholining tabiiy o'sishi ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan rivojlanish davrida juda past bo'lgan. Bunga urush natijasida o'limning ko'pligi, kichik-kichik chek yerga egalik qiluvchi dehqonlar orasida tug'ilishning ayniqsa kamayib ketganligi va millatning asta-sekin «qarishi» sabab bo'lgan.
Mamlakat mehnat resurslari to'ldirishning muhim vositasi qadimdan immigrasiya bo'lib kelgan. Fransiyada 2 mln ga yaqin immigrant ishchi bor, ular oilalari bilan birga 4 mln kishini tashkil etadi. Immigrantlarning ko'pchiligini ishchilar va kambag'al dehqonlar Shimoliy Afrikadan kelganlar, italyanlar, ispanlar va portugallar tashkil etadi. Aholining joylashuviga qishloqlardan aholining sanoat shaharlariga to'xtovsiz ko'chib kelishi ta'sir etadi.
Fransiyada katta shaharlar Buyuk Britaniya va GFRdagidan ikki hissa kam. Aholi joylashuvidagi asosiy xususiyatlar shahar aholisining Parij aglomerasiyasiga nihoyatda ko'p to'planganligidir. Parijdan boshqa faqat uchta shahar aglomerasiyasida 1 mlndan aholi yashaydi. (Lion, Marsel, Lill).
Do'stlaringiz bilan baham: |