Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Xalqaro ixtisoslashuv xalqaro miqiyosida tovarlar va xizmatlar bilan ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqaradi



Download 7,61 Mb.
bet3/221
Sana13.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#664723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Bog'liq
ЖАҲОН ГЕОГРАФИЯСИ УМК 2020 2021ўқув йили ТЕРМИЗ 25-ЛОТИН-ПРИНТЕРЬ-2

Xalqaro ixtisoslashuv xalqaro miqiyosida tovarlar va xizmatlar bilan ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
AQSh va Yaponiya o’zlari ishlab chiqargan avtomobillarning yarmidan ortiq qismini eksport qiladi. Avtomobil sanoati ushbu mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashgan tarmog’idir. Kanada don yetishtirish bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinlarni egallagani holda uni eksport qilishda AQSh dan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Donchilik Kanadaning xalqaro ixtisoslashgan tarmog’idir.
Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmida keng miqiyosda temir yo’llarining barpo qilinishi va dengiz transportining ildam sur’atlar bilan rivojlanishi quruqliklar va materiklarni bog’ladi hamda jahon savdosi va xo’jaligini shakllanishini ta’minladi. Lekin, jahon xo’jaligining rivojlanishida asosiy rolni XVIII-XIX asrlarda G’arbiy Yevropa va AQSh da barpo etilgan yirik mashinalashgan sanoat o’ynadi. Demak, jahon xo’jaligi XIX asr boshida yirik mashinalashgan sanoat, transport va jahon bozorining taraqqiyoti natijasida vujudga keldi.
Jahon xo’jaligi bu bir-biri bilan butun jahon iqtisodiy munosabatlari orqali bog’langan dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo’jaliklarining majmuidir.
Jahon xo’jaligining geografik «modeli» kundan-kunga murakkablashib bormoqda.
2. Jahon xo’jaligi markazlari.
XIX asrning oxirigacha barcha ko’rsatkichlari bo’yicha bir markaz-Yevropa yaqqol ko’zga tashlanar edi. Undan keyin ikkinchi jahon markazi-AQSh vujudga keldi va yetakchi rolni o’ynay boshladi.
Ikkinchi jahon urushigacha bo’lgan davrda jahon xo’jaligining yangi markazlari-sobiq SSSR va Yaponiya vujudga keldi. Undan keyingi yillarda Xitoy va Hindiston, Kanada, Avstraliya va Braziliya, Janubi-G’arbiy Osiyoning neft qazib oluvchi mamlakatlari singari yangi iqtisodiy markazlar shakllana boshladi. So’nggi chorak asrlar jahon xo’jaligida «To’rt Osiyo yo’lbarslari»- Koreya Respublikasi, Tayvan, Gonkong va Singapur kabi markazlari shakllandi.
Jahon xo’jaligining hozirgi vaqtdagi geografik modeli ko’p markazli xususiyatga egadir.
Dunyodagi qator mamlakatlar milliy xo’jaliklarining bir-biriga bo’lgan ta’siri va aks ta’sirining kuchayishiga, o’zaro hamkorlik doirasida umumiy reja asosida faoliyat ko’rsatishga olib keldi. Buning natijasida xalqaro geografik mehnat taqsimotining yangi, eng oliy darajasi-xalqaro iqtisodiy integratsiya vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya-bu ayrim mamlakatlar guruhlarining ular tomonidan kelishilgan davlatlararo siyosatni o’tkazishga asoslangan juda chukur va barqaror o’zaro aloqalarni rivojlanishining obektiv jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya FTI davrida xo’jalik faoliyatini baynalminallashishning yorqin ifodasidir. Hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining poydevori yirik integratsiyalashgan iqtisodiy bloklardan tashkil topgan. Bulardan eng asosiylari G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada vujudga keldi.
EIHni barpo etish haqidagi shartnoma 1957 yil Rim shahrida imzolandi va u 1958 yilda kuchga kirdi. Dastlab uning tarkibi 6 mamlakat-GFR, Frantsiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburgdan iborat bo’ldi. Unga 1973 yilda Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya,1982 yilda Gretsiya va 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya qabul qilindi. Nisbatan qisqa vaqt ichida EIH (yoki «umumiy bozor») katta ijobiy natijalarga erishdi. EESA 1959 yilda Buyuk Britaniya tashabbusi bo’yicha EIH ga qarama-qarshi tashkilot sifatida tuzildi. Dastlab unga Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya va Shveytsariya keyinchalik Islandiya va Finlandiya qabul qilindi. Lekin, 1973 yilda mazkur tashkilot tarkibini Buyuk Britaniya va Daniya 1986 yida esa Portugaliya tark etdi. Shunga qaramasdan, uning tarkibidagi mamlakatlar savdo aloqalarini rivojlantirishda davom etdilar. EESA da YoIH dan farqli o’laroq davlatlarning suveren huquqlari saqlanadi.
YoIH ga a’zo mamlakatlar 1986 yilda yagona Yevropa aktini qabul qildilar. Unda 1957 yilda «umumiy bozor»ni barpo qilish to’g’risidagi Rim shartnomasining asosiy talablari yana bir bor qo’llab quvvatlandi, hamda 12 mamlakatlarni yagona bozorga o’tishi bo’yicha yo’l belgilandi. Keyinchalik EIH Yevropa hamjamiyati 1991 yilning dekabr oyidan boshlab esa Yevropa Ittifoqi (EI) deb atala boshlandi. Xuddi shu yili Maastrix shahrida (Niderlandiya) «Yevropa o’n ikkiligi» siyosiy va valyuta-moliya ittifoqi to’g’risida shartnomaga binoan 1998 yilning 1 yanvar kunida ittifoqning barcha mamlakatlarida yagona Evro muomalaga kiritildi.
1995 yil Avstriya, Shvetsiya va Finlandiya EI a’zolari bo’ldilar. Hozirgi vaqtda EI tarkibiga Sharqiy Yevropaning qator mamlakatlari (Polsha, Vengriya, Chexiya va boshqalar) qabul qilindi. G’arbiy yarim sharda AQSh dastlab (1989 y)va Kanada keyinchalik (1992 y) Meksika a’zoligida erkin savdo haqidagi Shimoliy Amerika kelishuvi (NAFTA) faoliyat ko’rsatmoqda. Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) rivojlanayotgan mamlakatlar asosida tuzilgan hamda integratsiya xususiyatlari chuqur ildiz otgan tashkilot hisoblanadi. Uning tarkibi Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin va Bruney mamlakatlaridan iborat. Ushbu tashkilotning yaqin kelajakda asosiy maqsadi erkin savdo zonasini tashkil qilishdan iboratdir.
1980-1981 yillarda Janubiy Amerikaning o’n bir mamlakati ishtirokida tuzilgan Lotin Amerikasining integratsiyalashtirilgan assotsiatsiyasi (LAAI) hisoblanadi.
Uning asosiy maqsadi-umumiy bozorni tashkil qilishdan iboratdir. LAAI tarkibida ikki subregion: And mamlakatlari guruhlari rasman barpo etildi. Avstraliyaning tashabbusi bilan 1989 yilda Osiyo-Tinch okeanining iqtisodiy kengashi integratsiya tashkiloti tuzildi. Uning tarkibiga AQSh, Kanada, Yaponiya, Avstraliya bilan bir navbatda ASEAN a’zolari hamda Koreya Respublikasi va Meksika kiradi.
Jahonda mintaqaviy tashkilotlar bilan bir qatorda juda ko’p tarmoqli iqtisodiy guruhlar mavjud. Bularning ichida o’n uchta mamlakatni o’zida jamlagan «Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti» tuzildi. Uning tarkibiga (OPEK) eng muhim integratsiya guruhi hisoblanadi.



Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish