Nazorat savollari
1.Mamlakatlarning siyosiy-iqtisodiy geografik o’rniga baho bering.
2.Jazoir va Misr davlatlari tabiiy sharoiti va mineral resurslarining xo’jalik ahamiyati xususida gapirib bering.
3.Mamlakatlar aholisi soni va o’sishi hamda joylashishining demografik jihatlariga ta’rif bering.
4. Mamlakatlar aholisining tarkibi,migratsiyasi,hamda urbanizatsiya jarayonlari to’g’risida gapirib bering.
5.Mamlakatlarning siyosiy ijtimoiy hayotida siyosiy partiyalarning mavqei qanday?.
6. Jazoir va Misr xo’jaligining tarmoqlar tarkibi,va ularning hududiy joylashishi,hamda rivojlanish darajasiga ta’rif bering.
7.Xaritadan mamlakatlarning eng asosiy sanoat,qishloq xo’jaligi va transport rivojlangan rayonlarini ko’rsating.
8.Mamlakatlar tashqi iqtisodiy aloqalarining geografik xususiyatlarini izohlab bering.
Tropik Afrika davlatlari.(2soat)
Nigeriya
1.Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
2.Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
3.Aholisi.
4.Davlat tuzumi.
5.Xo'jaligi.
A) Sanoati B) Qishloq xo'jaligi
V) Transport tarmoqlari
6.Tashqi iqtisodiy aloqalari
Maydoni-923768km2
Aholisi-211 621 436 kishi ((2021y 22.06 )
Poytaxti- Abudja
Tayanch so'zlar:
Qulay geografik o'rin, boy mineral xom ashyo va aholi salohiyati, migratsiya, tog'-kon va qayta ishlash sanoat tarmoqlari, plantasiya xo'jaligi.
Geografik joylashishi.Nigeriya Federativ Respublikasi-G’arbiy Afrikada joylashgan davlat xisoblanadi. Mamlakat xududida Gvineya ko’rfazi soxillari bo’lab Garbiy Afrika savannalari yoyilgandir. G’arbda-Benin, shimolda- Niger,shimoli-g’arbda-chad, sharq va janubi-sharqda-Kamerun davlatlari bilan chegaradoshdir. Mamlakatni janub tomondan Gvineya ko’rfazi suvlari yuvib,shimoli-sharqda Chad ko’li qirg’oqlariga olib chiqadigan yo’l bor.Shimoli-g’arbda-Sokoyo voxasi,shimoli-sharqda esa-Bornu voxasi mavjuddir. Nigeriyada xam savannalar,xam tropic o’rmonlar mavjud.Shimoldagi o`rmonli zonada,bargi katta tropic o`rmonlar tarqalgandir mamlakat hududining teng yarmini savannalar egallaydi.Hayvonot olami turfa xil: fillar,jirafalar,nosoroglar,leonardlar,sirtlonlar,antilopalar,qutoslarni uchratiw mumkin qaysidir qismlarda chumolilar,shimpanze va gorellolar hamda pottolarni uchratish mumkin.Iqlimi ekvotorial mussonli va namlik darajasi yuqori bo`lgan subekvotorialdir.O`rtacha yillik harorat:+25*C dan oshadi.SHimolda eng issiq oylar mart-iyyun,janubida esa-aprel oyi hisoblanadi.Eng yomg`irli va salqin oy bu-avgust oyidir.Eng quruq davr-qish faslidir(kunduzi havo harorati +40*C va undan baland bo`ladi,kechasi esa:+10*C gacha tushib ketadi).
Ma`muriy hududiy jihatdan mamlakat:30 shtat va 1ta-Abudja federal hududidan iboratFidiratsiyaga bo`linadi.Mamlakat poytaxti-Abudja.
Do'stlaringiz bilan baham: |