Misr Arab Respublikasi
1.Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
2.Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
3.Aholisi.
4.Davlat tuzumi.
5.Xo'jaligi.
A) Sanoati B) Qishloq xo'jaligi
V) Transport tarmoqlari
6. Tashqi iqtisodiy aloqalari
Maydoni-1 001450km2
Aholisi-102 334 000 kishi (2020y 20.08)
Poytaxti—Qohira
Tayanch so'zlar:
Qulay geografik o'rin, boy mineral xom ashyo va aholi salohiyati, immigrasiya, tog'-kon va qayta ishlash sanoat tarmoqlari, plantasiya xo'jaligi.
Misr Arab Respublikasi-Afrikaning shimoli-sharqida va qisman Osiyo(sinay yarimoroli)da joylashgan .Isroil,falastin milliy avtonomiyasi (Fazo sektori ),Sudan va Liviya davlatlari bilan chegaradosh.SHimolda o’rtayer dengizi,sharqda esa-Qizil dengiz suvlari yuvib turadi.Iqlimi qaynoq tropik va subtropik mo’tadildir sinay yarim orolida joylashgan milliy bog’larning eng asosiylaridan biri-Ras-Muxammad va Abu Galumdir.Milliy bog’lar avvalam bor o’zining yovvoyi tabiati-Sinayning toshli cho’llari,boy suvosti olami,xamda fauna va florasi bilan mashxurdir.Foydali qazilmalari orasida-neft,tabiy gaz,temir rudasi,fosfat,shag’al,qo’rg’oshin va xokazolar. Mamuriy jihatdan:26ta muxofazga bo’lingandir.Mamlakat poytaxti qoxira.
Aholisi. Etnik guruxlari:xamitlar -90%, buduinlar va nubiylar.Davlat tili-arab tili.Dini: -90% islom dini, provoslav cherkovi, yunon provoslav cherkovi xamda katolik cherkovlari mavjuddir.
Davlat tuzumi.Dunyoning eng qadimgi davlatlaridan bo’lgan bu mamlakatning odamlar bilan to’lishi kechi boshlangan. ,taxminan - er.avv 26 –yilliklarda . Ammo er .avv 5- ming yillikka kelib, bu yerda Misr iqtisodiyotining asosiga aylangan dehqonchilik tarqaldi. Taxminan er. Avv. 4- ming yilliklarning o’rtalarida mamlakat 2 ga bo’linib yana er. 3- ming yilliklarida yagona davlat bo’lib birlashdi. Faraon Menes yuuqori va quyi Misrni birlashiradi va poytaxt qilib Memfis shaxrini belgilaydi. Ieroglifik yozuv paydo bo’ladi.Faraon Djoserning memori Imxotep, Sakkara Vohasida birinchi zinali piramidani quradi.
Miloddan avvalgi 1075-332 yillarda-mamlakatda boshqa yerdan kelgan bosqinchilar – liviyaliklar vanubiyliklar bostirib kiradi, so’ngra yana.er.avv VI asrda Misr Forslarning xukmronligi ostiga o’tadi. Aleksandr Makedonski Misrni bosi olgach, Iskandariya shaxrini barpo etadi va o’zini podshox deb elon qiladi.Ptolomey avlodining eng so’ngi xukmdorlaridan Kleopatra VII bo’lgan, uning o’limidan so’ng Misr, Rim imperiyasi tarkibiga o’tadi. Rim imperiyasining yana.er.VI asrida qulashi bilan Misr, Vizantiya tarkibiga kirib uning nazorati ostida VII asrgacha qoladi. Yana.er.642-yilidan so’ng – Misrga islom dini kirib keladi va tarqaladi.IX asrda Arab halifaligini tugashi bilan mamlakat yana bir bora o’z mustaqilligiga erishadi. 1517-1798-yillari Misr Usmonlilar davlati tarkibiga kiradi.1798-1799-yillar-Napaleon, O’rtayer dengizidagi inglizlarning hukmronligiga zarar yetqazish maqsadida, mamlakatga hujum qiladi.Abukirdagi dengiz jangida, ingliz admirali Nelson fransuz xarbiy flotini yakson qiladi. 1805-yili Misrdagi Posh ova turk elchisi bo’lib Muxammad Ali tayinlanadi. XIX asrning 2-yarmidan boshlab,Misr avtanomiyani qo’lga kirituvchi kengaytirilgan siyosiy huquqqa ega bo’ldi. 1882-yilga kelib turk hukmronligi ingliz hukmronligiga o’rin bo’shatib beradi. 1914-yildan boshlab Buyuk Britaniya tektorati bo’lgan Misr,1922-yilda qirol Fuad I boshchiligidagi mustaqil konstitutsiyaviy monarxiyaga aylandi.
1946-yildan boshlab Buyuk Bitaniya qo’shnlari Misrni okkupatsiya xududini Suaysh kanaligacha chegaralishadi. 1948-yili Misr yangi davlat bo’lgan Isroil bilan bo’lgan arab urushida mag’lubiyatga uchraydi. 1953-yil 18-iyun kuni Misr respublikaga aylandi.
1956-yili Nasr tomonidan Suaysh kanali o’zlashtirilishi,inglizlarning misrdan chiqib ketishi bilan Suayshdagi xarbiy xarakatlarni boshlanishiga olib keladi.
1958-yili Suriya xamda Misr yagona davlat-Birlashgan Arab respublikasiga birlashtiriladi.1961-yili Suriya mustaqil davlat sifatida ajralib chiqadi1971-yildan boshlab Misr rasman-Misr Arab respublikasi deb atala boshladi.6 kunlik urush davomida Isroil, Sinay yarim orolini bosib oladi. 1973-yili Misr-“oktabr urushi” yoki”Oxir kun urushi”ni boshladi.1982-yilda Misrga Isroil tomonidan Butun Sinay yarimoroli qaytarib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |