Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси



Download 0,98 Mb.
bet12/24
Sana23.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#506156
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
82 bet

Transport va aloqa vositalari. Bolaga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishni davom ettirish. Svetofor belgilari va ularga amal qilish haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash.
Transport vositalarini harakat muhitiga (yer, osmon, suv) ko‘ra farqlashga o‘rgatish. Aloqa xodimlarining xizmati bilan tanishtirish, aholining aloqa vositasi: pochta, telefon, telegraf, internet ekanligi, ularning vazifalari xat, maktub, tabriknoma, ro‘znoma, telegramma, faks, sms, elektron xatlar va turli axborotlarni yetkazib berish ekanligi to‘g‘risida tushuncha berish. Pochta xodimlarining mehnati bir-biriga bog‘liqligi haqida, bu xizmatlarni yengillashtirish uchun transport vositalaridan, telefon xizmatidan foydalanishlari haqidagi tushunchalarini takomillashtirish.
“Kim bo‘lsam ekan?”, “Haydovchi nimalarni bilishi kerak?”, “Yo‘l qoidasi umr foydasi” kabi mavzularda suhbatlar tashkil qilish.
Buyumlar. Buyumlarning o‘ziga xos belgilari va ulardan foydalanish xususiyatiga ko‘ra guruhlarga ajratish. Temir, yog‘och va matodan ishlangan buyumlar, ulardan to‘g‘ri foydalanish haqida tushunchalar hosil qilish. Buyumlarning yasalishi va ishlatilishi haqida suhbatlar tashkil etish.
Bunda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun “Bolajon" dasturda bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ≪Mustaqillik kuni≫ (1991 yil 1


sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yer-osti va usti boyliklari, tohlari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu-bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek halqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston halq ho‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar so‘z boyligini kengaytirishda respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur.
Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning uxshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va to‘g‘iga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini kuzatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

  1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish.




  1. Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash.

  2. Nutqni rivojlantirish jarayoni.

  3. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik.

  4. Nutqni rivojlantirish mazmuni.

  5. Nutqni rivojlantirish shakllari.

  6. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi.

  7. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni — nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta guruhlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllanganligini aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘xatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda olib boriladi.
1-topshiriq bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. “Zumrad va Qimmat”, “Bo‘g‘irsoq”, “Ikki echki”, “Ur,to‘qmoq”, “Echki bolalari”, “Toshbaqa bilan chayon” kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi.
Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi. Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi;

  • hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz);

  • matn mazmunining to‘liqigi;

  • matnni bayon qilishda izchillik;

  • ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;

  • nutqning ravonligi.

Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqda quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin;

  • bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustakil hikoya qila olmaydi;

  • matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;

  • ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;

“ bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;



  • nutqda ifodalilik yetishmaydi:

  • bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;

” o‘zicha ba’zi so‘zlarni qaytib, ma’nosiz hikoya qiladi;

  • kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;

  • hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;

  • mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.

Bolalarga «Mehmonda”, “Uycha”, “Maktabga yo‘l” mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi, hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqanadi.
Mazkur maktabgacha ta’lim muassasalarda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi;

  • tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi;

  • matn mazmunini tuliq ifodalay olishi;

  • matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;

  • ifoda vositalaridan foydalana olishi;

  • nutqning ravonligi, tezligi;

  • jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;

  • nutq madaniyatiga rioya etishi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish