ISHNI BAJARISH TARTIBI:
CHILANGARLIK
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Prokat usulida olinadigan va shtamplangan metallarga ishlov berish.
Ishdan maqsad:
Prokat va shtamplangan usulida olinadigan metallarga ishlov berishda chilangarlik jarayoni. Prokat usulida olinadigan metallarga ishlov berishda moslamalardan foydalanish. Prokat usulida olingan metallarga ishlov berishni shaberlashga tayyorlash. bilan ishlash usullari o’rganish ish malakasi hosil qilish.
Ishni bajarishga doir ma’lumotlar:
SORTLI PROKAT METALL ZAGOTOVKA QIRQISH
O’quvchilarga sort metall qirqadigan asboblar bilan ishlashni, ana shunday metalldan zagotovka qirqish usullarini va xavfsizlik texnikasi qoidalarini o‘rgatish. Sortli metall prokat bilan ishlash malakasini hosil qilish.
Bu mashg‘ulot laboratoriya-amaliy ish sifatida tashkil etiladi. O’qituvchi mashg‘ulotdan oldin 20 ta turli o‘lchamli, kesim yuzasi har xil, masalan, to‘rtburchak, doira, olti qirrali va boshqa shakldagi 2 tadan sortli prokat metallarni tayyorlab qo‘yadi. Ular maxsus yashikda saqlanadi.
O’quvchilar o‘zlariga berilgan sortli prokatlarning ko‘ndalang kesimi yuzasini o‘lchaydilar va o‘lchamlarni daftarlariga yozadilar, tashqi ko‘rinishiga qarab har qaysi prokatning qanday metall turiga kirishini aniqlaydilar.
Yuqoridagi barcha texnik ma’lumotlarni bilib olgach sortli metallarni zubilo bilan kesishga kirishiladi. Detallarni tayyorlashda 0,01 mm gacha aniqlikda ishlash talab qilinadi. Shuning uchun o‘quvchilar o‘lchov asboblaridan to‘g‘ri va unumli foydala-nishlari zarur. Yupqa list metallarni qirqish avvalgi darslarda o‘rganilganligi sababli o‘qituvchi ularga bu ishni qaytadan tushuntirib o‘tirmay, to‘g‘ridanto‘g‘ri tiski yoki sandonda prokatlarni qirqishni tavsiya etishi mumkin. Lekin ularga metallni Qirqishda gavdaning turish holatini, zubiloning kesish burchagidan metallning qattiqligini hisobga olib foydalanish kerakligini, zubiloni qanday burchaklar ostida tutish lozimligini tushuntirib o‘tish lozim.
O’qituvchi ishni boshlashda zubilo bilan metallni qirqish Uchun avval o‘lchamlar bo‘yicha metall listni tekshirib ko‘rish, zagotovkani chizib chiqish, uni tiskiga mahkam o‘rnatish kerakligi-ni uqtiradi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qi-lishni, masalan, qirqish paytida zubiloning kallagiga emas, balki ish qismiga qarab turish, bolg‘a bilan har gal urilgandan so‘ng uni chap tomonga surib borish, qalin metallarni ikki tomon-dan kesib tushirish va hokazolarni ta’kidlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |