Silliq vtulka tipidagi detallar tayyorlash.
Texnik mu`lumotlar. Silliq vtulka tipdagi detallar tayyorlashdagi operatsiyalar: parmalash, teshiklarni parmalab kengaytirish. Teshiklarni kengaytirib zenkerlash, razvyortkalash. Moslama va nazorat o‘lchov asboblari. Sifatni nazorat qilish. Mashqlarni o‘zlashtirish. Ishlov berish turiga aniqlik darajasi va teshik o‘lchamiga qarab kesuvchi asbob tanlash. Torets yuzani parmalashga tayyorlash. Parmani orqa babkaning penaliga o‘rnatish. Zagatovkani parmalash. Zenkerlash, razvyortkalash operatsiyalari uchun pripusk qoldirgan holda berilgan teshik uchun parma diametrini tanlash. Parmani charxlash, yo‘nib kengaytiradigan teshikni o‘lchamga qarab yo‘nib kengaytirish, keskichni tanlash. O‘quv mashqlari. Zagatovkaning torets yuzasini teshish uchun parmani sozlash. Zagatovkani parmalash. Parmalash jarayonida parmaning ariqchalaridan kesilgan qirindini chiqarib tashlash, kombinatsiyalashgan parmada markazlash, spiral parmada parmalash va zenkerlash. Tayyorlanadigan detallar: vtulkalar, shaybalar va boshіalar. Pog‘onali vtulka tipdagi detallarga ishlov berish. Texnik ma’lumotlar. Pog‘onali vtulka tipidagi detallarga ishlov berishdagi tokarlik operatsiyalari: parmalash, teshiklarni parmlab kengaytirish, ichki yuzalarga ariqcha yo‘nish. Kesuvchi asboblarning geometrik o‘lchamlari. Bajaradigan ishni tushuntirish. Ishlov berish sifatini nazorat qilish. Noaniqliklar va ularning oldini olish. Mashqlarni o‘zlashtirish. Ishlov berishga qarab asbob tanlash. Kesish rejimini tanlash. Parmalash. Parmalab kengaytirish. Parmalarni qurish va mahkamlash uchun maxsus moslamadan foydalanish. Teshiklarda ariqchalar yo‘nish. Yo‘nilgan ariqcha o‘lchamlarini tekshirish. O‘quv mashqlari. Qo‘l yordamida parmani surish, kerakli uzunlikda parmalash. Qo‘lda va mexanik surish yo‘li bilan teshiklarni yo‘nib kengaytirish. Tayyorlanadigan detallar: pog‘onali vtulkalar, planka mahkamlagichlar, flanetslar, matritsa va boshqalar.
Konus yuzalariga ishlov berish
Texnik ma’lumotlar. Konus yuzalariga ishlov berish usullari. Keng kesuvchi qirrali keskich yordamida, supportning yuqori qismini burish, keyingi babka korpusini siljitish: konusli lineyka yordamida; koper yordamida. Konus yuzalariga ishlov berishda qo‘llaniladigan moslamalar, kesish va nazorat o‘lchov asboblariga tavsif. Kesish rejimi va uni to‘g‘ri tanlash. Bajariladigan ishni tushuntirish va mashqlarni namoyish qilish.
Mashqlarni o‘zlashtirish. Keng qirrali keskichni konus yuzasining qiyalik burchagi boyicha keskich tutqichiga o‘rnatish. Qisqa konuslarga keng keskich qo‘l yordamida bir tekis harakatlantirib konus yuzalariga ishlov berish. Orqa babka korpusining siljish qiymatini aniqlash. Ichki konus yuzalariga ishlov berish. Ichki konus yuzalarini kalibra o‘lchagich bilan tekshirish. Yopiq teshikli konuslarga ishlov berish va tekshirish.
O
13
‘quv mashqlari. Ishlov beriladigan konus chizmasiga asosan supportning yuqori salazkasini burish burchagini aniqlash. Ishlov berish turiga qarab yuqori salazkani burish yo‘nalishini aniqlash. Yuqori salazkani bir tekis surib konus yuzaga ishlov berish. Orqa babka korpusidagi bo‘linmalardan foydalanib babka korpusini kerakli o‘lchamda surish. Supportning yuqori qismini burib konusli teshiklarga va berk teshiklarga ishlov berish. Yuzalarni burchak o‘lchagich shablon va kalibrlar bilan tekshirish. Tayyorlanadigan asboblar. Markazlar, kernerlar, opravkalar, shtamp uchun puansonlar va materiallar, shayba va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |