Metallarga mexanik ishlov berish
Metallarga ishlov berish o‘quv ustaxonasining o‘rni va vazifasi. o‘quv ustaxonalaridagi metall kesish dastgohlari bilan tanishtirish. Metall kesish dastgohlari ish o‘rnini tashkil qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalarini o‘zlashtirish. Metall kesish dastgohlarini boshqarish va sozlash. Yuza tozaliklari va o‘lcham aniqliklarini tekshirish qurilmalari, nazorat O‘lchov asboblari turlari va ularni qo‘llash texnologik hujjatlar haqida asosiy ma’lumotlar. Tokarlik ishlovi berish haqida asosiy ma’lumotlar. Texnik ma’lumotlar. Tokarlik vintqirqar dastgohining tuzilishi. Dastgohni sozlash va boshqarish. Dastgohning qism va mexanizmlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi. Yo‘nishda asosiy va yordamchi harakatlar, dastgohda qo‘llaniladigan moslamalar. 1K62 modelli tokarlik vintqirqar dastgoh tuzilishi, uning texnik xarakteristikasi. Dastgohda ishlashda qo‘llaniladigan mashqlar, yurgazish va to‘xtatish, keyingi babkaning boylama harakati va uni mahkamlash.
M
11
ashqlarni o‘zlashtirish. Stanokning keyingi babkasini stanina yo‘naltiruvchisi boylab surish va mahkamlash, zagotovkani oldingi markazga (patronga) o‘rnatish va uni keyingi babka penali orqali qotirish. Keskichni keskich tutqichga andoza yordamida o‘rnatish. Fartukni boylama harakatlantirish. Supportni ko‘ndalang, boylama bir tekis harakatlantirish. Dastgohning ustki qismini ma`lum burchakka burib, dastgohning asosiy harakatini boshlash va to‘xtatish. Dastgoh jadvalidan foydlanib, shpindelning aylanma harakti. Fartukning boylama va supportning ko‘ndalang harakatlarini sozlash. Keskichni kerakli kesish chuqurligiga moslash, ishlov berayotgan sirt uzunligini limb boyicha aniqlash. O‘quv mashqlari. Zagotovkani patronga to‘g‘ri va mahkam qotirilganligini tekshirib ko‘rish. Keskichni keskich tutqichga to‘g‘ri mahkamlash. Dastgohniing berilgan kesish rejamiga to‘g‘ri sozlanganligini tekshirish. Berilgan o‘lcham boyicha zagotovkaga ishlov berishda boylama ko‘ndalang surish yo‘nalishida dastgoh bo‘linmalaridan foydalanish. Dastgoh karetasini va ko‘ndalang support salazkasini berilgan qiymatga surish. Sinov qirindi yo‘nib ko‘rish. Tashqi tsilindrik yuzalarga ishlov berish. Texnik ma’lumotlar. Tashqi tsilindrik detallar tayyorlashdagi operatsiyalar. Zagotovkaning sirtqi yuzasini yo‘nish uchun uni patronga maxkamlash, yon sirtlariga ishlov berish, kesish, markazlash. Faska olish. Shu turdagi detallarni ishlashda qo‘llaniladigan moslamalar, kesish va nazorat o‘lchash asboblariga xarakteristika. Detallarga ishlov berishda kesish rejimi va uni to‘g‘ri tanlash. Qo‘llaniladigan keskichlarning geometrik o‘lchamlari keskichlarni charxlash. Ishni tushuntirish va mashqlarni namoyish qilish. Ishlov berishda yuqori unumli metodlarni qo‘llash. Ishlov berish sifatini nazorat qilish, noaniqlik va uning oldini olish. Texnika xavfsizligi qoidalari. Mashqlarni o‘zlashtirish. Ishlov berish turiga qarab kesuvchi asbob tanlash. Tashqi yuzalarga va sirtlarga ishlov berishda keskich materialliga, zagotovka o‘lchamlariga, materiallarga qarab kesish rejimini ta`minlash. Zagotovkani patronga mahkamlash. Zagotovka yuzasini berilgan o‘lcham boyicha xomaki va tozalab yo‘nish, o‘tuvchi keskichni mexanik va qo‘lda surish. Zagotovka yon yuzasiga ishlov berish, o‘tuvchi va yo‘nuvchi keskichni qo‘l yordamida surish bilan zagotovkani kesib tushirish. Keskichlarni burchak o‘lchagich yoki andaza yordamida charxlash. Shtangentsirkul, mikrometr, chizg‘ichlar yordamida ishlov berilayotgan detallarni o‘lchash. Amaliy mashqlar. Keskichni qo‘l yoki mexanik surish usuli bilan tsilindrik tashqi yuzalarga ishlov berishda zagotovkadan ma`lum qalinlikda metall qirindi kesish, yon yuzalariga ishlov berish. Tayyorlanadigan detallar, vallar, o‘qlar, opravka va boshqalar. Pog‘onali val tipidagi detallarga ishlov berish. Texnik ma’lumotlar. Pog‘onali val tipidagi detallar tayyorlashdagi operatsiyalar: tsilindrik yuzalarda ariqchalar yo‘nish, tozalab yo‘nish, yaltiratish, yuzalarni plastik deformatsiyalash, nakotlash. Shu tipidagi detallarni ishlashda qo‘llaniladigan moslamalar, kesish va nazorat o‘lchov asboblari. Pog‘onali vallarda qo‘llaniladigan materiallarga xarakteristika. Ishlovda hosil bo‘ladigan noaniqliklar va ularning oldini olish. Mashqlarni o‘zlashtirish. Ishlov berish jarayoniga qarab kesuvchi asboblarni tanlash, keskichni qo‘l yordamida surib tashqi tsilndrik ariqchalar yo‘nish. Ishlov berilgan yuzalarni o‘lchash usullari. Kerakli yuza tozaligini hosil qilish uchun jilvir materiallaridan stanokning yuza qismini muhofazalash. Yuzalarni obkatkalash va nakatlashga tayyorlash. Obkat va nakatni keskich tutqichga o‘rnatish. Silindrik yuzalarni supportni mexanik surish yo‘li bilan har xil ko‘rinishdagi sirt yuzasini nakatlash. Yuza sirtlarini nazorat qilish. O‘quv mashqlari. Tashqi tsilindrik yuzalarga kerakli chuqurlikdagi ariqchalarni yo‘nish. Ariqchalarning chuqurligi, eni va pog‘anali val diametri uzunligini o‘lchash. Silindrik yuzalarni jilvir qog‘oz bilan yaltiratish. Nakatni keskich tutqichiga qotirib n
12
akatlash. Nakatni nakatlangan yuzaga ikkinchi marotaba nakatlashga to‘g‘rilash. Tayyorlanadigan detallar: val, o‘qlar, toretslar. Kalit, zagatovkasi, opravkalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |