Tashqi yassi yuzalarni frezerlash
Texnik ma’lumotlar. Silindrik va toretsli frezalar yordamida tashqi yassi yuzalarga ishlov berish. Zagatovkani kesib tushiruvchi freza bilan kesish. Sifatini nazorat qilish, noaniqliklarning oldini olish. Mashqlarni o‘zlashtirish. Frezalash usulini tanlash. Ishlov usuliga qarab frezaning tipi va razmerini tanlash. Kesish rejimini tanlash. Zagatovkani parallel, perpendikulyar, burchakli yuzalarga ishlov beradigan qilib o‘rnatish. Ishlov berilgan yuzalar sifatini va o‘lchamlarini aniqlash. O‘quv ishlari. Silindrik va toretsli frezani kerakli kesish chuqurligiga o‘rnatish. Silindrik va toretsli frezalar bilan yassi yuzadan kerakli qalinlikda qirindi olish. Qiyshiq tishli tsilindrik va tortsli frezalar bilan burchakli frezalarni frezalash. Diskali freza bilan zagatovkalarni kesish. Yuza aniqliklarini nazorat qilish.
Tayyorlanadigan detallar: tiski gubkalari, toretsli kalitlar, prizmatik shponkalar, slesarlik bolg‘alar va boshqalar.
Ichki yassi yuzalarni frezalash Texnik ma’lumotlar. Diskali va barmoq frezalar yordamida botiq ariqchalar va pazlarni frezalash. Ichki yassi yuzalarni frezalashda kesish rejimlari va uni to‘g‘ri tanlash. Ishni tushuntirish va mashqlarni namoyish qilish. Ishlashda texnika qoidalari.
Mashqlarni o‘zlashtirish. Zagatovkaga ishlov berish va uni qotirilganligiga qarab, freza va uni o‘lchamlarini tanlash. Diskali freza yordamida ichki to‘g‘ri burchakli ariqchalarini frezalash. Diskali va barmoq frezalar yordamida qirralarni va ariqchalarni frezalash. Shponka ariqchalarni frezalash.
O‘quv mashqlari. Kerakli kesish chuqurligi va kesish yuzasiga ishlov berishda diskali va barmoq frezalarni o‘rnatish. Bir vaqtning o‘zida ikkita ariqcha yoki qirrani frezalash uchun frezalar yig‘masi.
Tayyorlanadigan detallar: harakatlanuvchan vorotok prizmasi, o‘lchagichlar. Keskichlar mahkamlagichlar, tayanchlar va boshqalar.
Elektrotexnika ishlari
E
15
lektr o‘tkazgich va montaj qilishning ochiq va elektr izolyatsiyali xillari bilan tanishish. Sim uchlarini chiqarish, bir-biriga bantik qilib yoki kavsharlab ulash. Elektr apparatlarning tuzilishi, ishlashi va qo‘llanish sohalari bilan tanishish. Elektr apparatlar (vklyuchatel, vilka, rozetka, pereklyuchatel va boshqalar)ni qismlarga ajratish va yig‘ishni o‘rganish. Elektr apparatlar (vklyuchatel, rozetka, rubilnik, pereklyuchatel va boshqalar)ning montajini o‘rganish. Elektr sxemalar turlari bilan tanishish va elektr zanjirlar tuzishni mashq qilish. Yoritish elektr qurilmalari bilan tanishish va elektr montajini o‘rganish. Kavsharlagich turlari bilan tanishish va ular bilan ishlashni mashq qilish. Simlar uchlarini chiqarish va bir-biriga ulash ko‘rgazmasini tayyorlash. Elektr energiya schyotchiklari ishlashini rostlash qurilmasini yaratish. RT-10 issiqlik himoya relesini sinash stendini tayyorlash. Bir, ikki (PKE 112-243), hamda uch tugmali PKE 222-342 (yoki boshqa markali) boshqarish elektr apparat (stantsiya)larini sinash stendini tayyorlash. Bir fazali, bir qutbli AE1031 va ikki qutrli AP markali avtomatlarni sinash ko‘rgazmasini yaratish. Avtomashinalar, akkumulyatorlar, batareyalarni zaryadlash qurilmasini yaratish. Kichik qo‘l arralarni charxlash. Elektr charxini tayyorlash. Elektroventelyatorni loyihalash va montaj qilish. Elektr go‘sht qiymalagich tayyorlash va sinash. Xonadonlarga o‘rnatiladigan sodda tuzilishli SO markali schyotchikli shit yaratish va sinash. Bir yoki ikki xonali binoga elektr kiritish. Montaj qilish va montaj zanjirlarini tayyorlash. Kontaktorni ishga tushish va qaytish kuchlanishlarini aniqlash stendini yaratish. Elektr charx loyihalash va yaratish. Elektr plita tayyorlash. Kirish zanjirlarining 2 yoki 3 pog‘onali pereklyuchatellarini sinash stendini tayyorlash. RTK yurgizish himoya relesini sinash stendini yaratish. Elektr qo‘ng‘iroq montajini o‘rganish va sinash. Elektr uzatkich va ko‘chirma yaratish. Quvvati 100 Vt-li kavsharlagich (payalnik) olish va unga taglik tayyorlash.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |