Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Yog`ochlarga kuydirib ishlov berish texnologiyasi
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochlarni kuydirib ishlov berishda ishlatiladigan materiallar va asboblar. Moslamalarning tavsifi. Ish uslubini ko’rsatish va tushuntirish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil qilish. Ishning turiga qarab kuydiruvchi asbob va moslamalar. Detallar o’lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar va materiallarni tanlash. Kuydiruvchi asbob bilan detallarni bir-biriga ishqalash natijasida kuydirish.
Ishdan maqsad: Tesha dastasi, yog`och to’qmoqlari, qattiq yog`ochlarni kuydirib ishlash. Bolalar stol-stulchalariga kuydirish asbobi bilan rasm chizish.
Jihozlar, asbob va moslamalar: Millimetrli o`lchov chiziqli, qalam, porsi guniya, duradgorlik guniyasi, andozalari. Arralash, randalash, asboblari va h.k.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq:
Mehnat havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil qilish. Ishning turiga qarab kuydiruvchi asbob va moslamalar. Detallar o’lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar va materiallarni tanlash. Kuydiruvchi asbob bilan detallarni bir-biriga ishqalash natijasida kuydirish.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
1.Tayyorlanadigan buyumni texnologik xaritasini tuzish.
2.Tayyorlanadigan buyumlarga mos materiallar tanlab olish (archa, qarag’ay, eman, tog’ teragi, sada, chinor va boshqalar).
3.Randalash uchun quyum qoldirib undan materiall arralab olish
4.Texnologik karta asosida 1 uzunlikdagi, eni a, qalinligi h bo`lgan brusoklar tayyorlanadi.
5. Brusoklarni uchida ma’lum o`lchamda tirnoq, quloq va uzunligini rejalash.
6.Tirnoq chiqarish uchun kertish va quloq ochish uchun oyish ishlarini bajarish.
7.Tirnoq va quloqlarni o’zaro bir-biriga kiritish va birikma hosil qilish.
8.Birikmani jipsligini ta’minlash.
9.Birikmalarni mix, shurup va yelimlar yordamida biriktirish.
10.Birikmalarni pardozlab sifatini yaxshilash.
Tayyorlanadigan buyumlar: Tesha dastasi, yog`och to’qmoqlari, qattiq yog`ochlarni kuydirib ishlash. Bolalar stol-stulchalariga kuydirish asbobi bilan rasm chizish.
Nazorat uchun savollar:
Yashiqsimon ko’p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalarni bir-biridan farqi nimadaq
Burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullarini aytingq
Tayyorlangan buyumlarga qoyiladigan talablarq
Mustaqil ta’lim uchun topshiriq: Duradgorlik birikmalari to’g’risida texnik ma’lumotlar. Turumli birikma haqida texnik ma’lumot olish. Porsi tirnoq birikmali buyumlar yasash texnologiyasini o’rganish. Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullari haqida.
Bolg‘a dastasi
Bolg‘a dastasi (3-chizma). Uquvchilarga randalash yo‘li bilan to‘g‘ri to‘rtburchaklik qirqimli brusok va-taxtalar tay-yorlashni o‘rgatish bilan bir qatorda qirqimi to‘g‘ri to‘rtburchaklik shaklga ega bo‘lmagan sirtlarni ham (bolg‘a, bosqon, bolta, belkurak dastalari va shu kabilarni) randalashni ham o‘rgatiladi.
Bunday sirtlarni oddiy taxta randalar, maxsus randalar (rasm) va o‘roq randalar yordamida randalanadi.
Bolg‘a dastasi qattiq, qayishqoq qayrag‘och, bujun, tilog‘och, chinor, yong‘oq kabi yog‘ochlardan tayyorlanadi. Bu maqsadda taxta material o‘rnida daraxt shoxlaridan foydalanish o‘rinlidir.' Bolg‘a dastasiga o‘xshash ko‘ndalang qirqimi doiraviy shaklga ega bo‘lmagan buyumlarni randalashda yog‘och dastgohga chan-gakli ponalar (1-rasm) yordamida o‘rnatiladi. Changakli ponalar randalash davomida yog‘ochni xohlagancha burib borish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |