3-rasm. Bolta dastasi.
Kursicha (4-rasm). Kursicha ko‘p detalli bo‘lganligi uchun ishni zveno tariqasida tashkil etish ma’qul. Bunda bir o‘quvchi kursi oyoqlarini, ikkinchi o‘quvchi ustki yon yog‘ochlarni, uchinchi o‘quvchi ostki yon yog‘ochlarni, to‘rtinchi o‘quvchi kuntaxta tayyor-laydi.
Kursicha quyidagicha tayyorlanadi (ish yakka tartibda bajarish xususida yoriti-ladi).
1. Kursichaga moye yog‘och tanlanadi va zagotovka tayyorlanadi.
2. Oyoq, ustki va ostki yon yog‘ochlar tayyorlanadi.
3. Oyoqlarga uya o‘rinlari, yon yog‘ochlarga tirnoq rejalanadi.
5. Qismlar yelimlab yig‘i-ladi va yog‘och mix qoqib birikma mustahkamlanadi.
6. Birikma randalab tekislanadi.
7. Kuntaxta tayyorlanadi va mixlanadi.
8. Kursicha pardozlanadi.
4-rasm. Kursicha.
Kursi va kursichalar qarag‘ay, qayin, archa, tilog‘och kabi yog‘ochlardan tayyorlanadi. Ularga bop yog‘och tanlab randalash va qirqib tashlash uchun qo‘yim qoldirib oyoq, yon yog‘ochlarga moye material tayyorlanadi.
Oyoq va yon yog‘ochlar uchun brusok 1-texnologik karta asosida tayyorlanadi.
Oyoqlarni rejalashda barcha oyoqlarning uch qismlari aniq-lanib, qirqimlari tekislanadi va go‘niya asosida teriladi. So‘ngra oyoq uchidan boshl,/'hisob yuritilib, rejalash yuqoriga qarab davom ettiriladi. Oyoqning ortiqcha qismini o‘yish, yig‘ish (birikma hosil qilish) ishlaridan so‘ng kuntaxtani mixlash-dan oldin arralab tashlanadi. Unga qadar oyoqning ortiqcha qismini arralab tashlamaslik kerak.
Ustki va ostki yon yog‘ochlarni ham alohida-alohida to‘rtta-dan «bet»larni bir tomonga, «yordamchi bet»larni ikkinchi to-monga qilib qirralari bo‘yicha teriladi va bir uchidan bosh-lab hisob yuritilib, tirnoqlar rejalanadi. Bir xil o‘lchamli detallarni hamma vaqt shu tariqa qirralari bo‘yicha juftlab terib o‘lchamlar belgilanadi va go‘niya yordamida rejalanadi. Betdagi reja chiziqlarni detalning qolgan tomonlariga yakka tartibda ko‘chiriladi.
Uya ochish va tirnoq chiqarish chizma asosida o‘yish-teshish" mashqida, tirnoqli birikmalar hosil qilishda aytib o‘tilgan usullar bilan olib boriladi.
Qismlarni yig‘ishdan oldin oyoqlarning ichki tomonlari ostki yon yog‘ochdan boshlab oyoq uchigacha suyrilanadi (faska chiqariladi).
ig‘ish bosqichma-bosqich olib boriladi. Har ikki-oyoq alohida-alohida yelimlab yig‘iladi va birikmaning jipeligini
ta’minlash uchun dastgoh pona-lari orasiga olib siqiladi. Shu holatda birikmaning puxta-ligini ta’minlash uchun parma-lab yog‘och mix qoqiladi. Oyoqlarning qalinligiga qarab 5,6 mm li parmalar ishlatiladi. yog‘och mixlar (qoziqlar) yelimlab qoqiladi va ortiqcha qismi iskana bilan qirqib tashlanadi. Keyinchalik har ikki juft oyoqlar o‘zaro yelimlab biriktiriladi va yog‘och mix qoqiladi.
Oyoqlar yig‘ilgandan so‘ng birikmaning tashqi tomonlari randalanib tekislanadi, kuntaxta mixlanib pardozlanadi va bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |