Amali mashg`ulot
Mavzu: Yog`och materiallariga mexanik ishlov berish texnologiyasi. Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan dastgohlar va asbob-uskunalar yordamida buyumlar tayyorlash
Shakllantiriladigan bilimlar:
Yog’ochga mehanik ishlov berishda texnika xavfsizligi qoidalari. Yog’ochga mexanik ishlov berish texnologiyasi. Mexanik ishlov berishda ishlatiladigan yog’ochlarni turlari.
Ishdan maqsad: Yog`ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarning konstruktiv va texnologik alomatlariga ko’ra tasnifi. Dastgohlar tizimining shartli belgilari, konstruktiv elementlari, asosiy va yordamchi qismlari: stanina, support, shpindel, stollar, qirqish, uzatish va yordamchi mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik yuritmalar. Dastgoh qismi vazifalari va ishlash sharoiti.
Jihozlar, asbob va moslamalar: Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan dastgohlar va asbob-uskunalar Millimetrli chizgichi, qalam, sirkul, duradgorlik guniyasi, arralash, parmalash, randalash, elektr charx oyuvchi,dastgohlar.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq: Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan o’lchov va nazorat asboblari yordamida buyumni rejalash va texnologik xaritalarini o’rganish. Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan dastgohlar va asbob uskunalar yordamida buyumlarni tayyorlash.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish:
Yumaloq arrali dastgohlarni boshqarish va tuzilishi bilan tanishtirish.
3. Bajariladigan ish turiga ko’ra arrani tanlash.
4. Arrani dastgoh valiga o’rnatish va mahkamlash.
5.Dastgoxda yog`och materiallarini tilish.
6.Yasaladigan buyumlarni texnologik xaritasini tuzish.
Tayyorlanadigan buyumlar: Yumaloq arrali dastgohni yurgizish va to’xtatish. Arra tishini tekshirish. Mahsulotni (zagotovka) uzatishda qo’l harakatini o’rganish. Tilinadigan taxtani dastgoh yo’naltiruvchi chizig`iga siqish va stol boylab yog`och tirgak bilan siljitib (surib) tilish.
Nazorat uchun savollar:
Yog’ochlarni arralash,randalash va oyishda qaysi dastgohlar qo’llaniladi va ularni tuzilishi qandayq ?
Dastgohlarda va mexanizmlarda amalga oshiriladigan ish usullari duradgorlik qo’l asboblarida bajariladigan ish usullaridan qanchalik farqliroq ekanini aniqlang.
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar: Mehanik ishlov berishda ishlatiladigan nazorat o’lchov asboblarini texnik ma’lumotlari haqida. Hozirgi zamonda yog’ochga mehanik ishlov berish usullari. Yog’ochga mehanik ishlov beruvchi dastgohlarni ish usullari va buyum tayyorlash texnologiyasi. Qishloq xo’jaligida yog’ochga mehanik ishlov berish ahamiyati. Yog’ochga mehanik ishlov berish sohasidagi xalq xunarmandchiligi kasblari haqida referat tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |