O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
“PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” YO’NALISHI 2-BOSQICH 120 - GURUH TALABASI JUMAYEVA DILNOZANING
“RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIIKASI” FANIDAN
“ SKINNERNING RADIKAL BIXEVIORIZMI” MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: ________________
Termiz - 2022 yil
MAVZU: SKINNERNING RADIKAL BIXEVIORIZMI
Reja:
Kirish............................................................................................3-5
1-BOB. KLASSIK BIXEVIORIZM XULQ-ATVOR HAQIDAGI FAN SIFATIDA........................................................................................6
1.1.Operant o‘rgatish......................................................................6-9
1.2.Skinerning radikal keskin bixeviorizmi................................10-14
2-BOB. B.F.SKINNERNING OPERANT ASOSLANGAN NAZARIYASI.............................................................................15-18
2.1. Xulq-atvor terapiyasi............................................................19-53
2.2.Skinner bo'yicha xulq-atvorni shakllantirish........................54-57
Xulosa...........................................................................................58
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.........................................59-60
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. B.F. Skinner bixevioristik nazariyaning yetakchisidir. Skinner boshqa zamondoshlariga nisbatan o’z-o‘zini kuzatishga qarshi bolgan. Shuningdek, u xulq-atvor shakllarini o‘rganishga hissa qoshgan. Bixeviorizmning ko‘zga ko'ringan nazariyotchisi Skinner (1904—1990) metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish mumkinligini, chunki obyektiv ijtimoiy muhit determinallanganligini e’tirof etgan. B.F.Skinner motivlar, maqsadlar, hissiyotlar, anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar tushunchasini inkor etgan. Uning ta’kidlashicha, inson xulq-atvori deyarli uni qurshab turgan tashqi muhit ta’sirida butunlay shakllanadi. Ba’zida bunday yondashuvni invayronmentalizm (environment — muhit-atrof) deb ataydilar. B.F.Skinner fikriga kola, inson psixikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan chiqarib tashlanishi, bevosita kuzatish mumkin bolgan inson xulq-atvorini o‘rganishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi muhit omillarini o‘rganishga qaratilishi kerak. B.F.Skinner hayvonlar xulq-atvorini (kalamush, kabutar) eksperemental tahlili inson va hayvonlar uchun umumiy bolgan xulq-atvor tomonlarini ochishga imkon beradi, deb hisoblangan. Xulq-atvorning umumiy qonuniyatiga tayanib ta’lim va tarbiyaning muhim amaliy psixologik-pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit o‘zgarishlarini manipulatsiya qilib, ya’ni bogliq bolmagan o‘zgarishlar individning xulq-atvor reaksiyalarini bogliq o‘zgaruvchilar taxmin qilish va nazorat qilish mumkin. B.F.Skinner xulq-atvorning 2 ta asosiy turi mavjudligini e’tirof etgan: respondent va operant. Biroq uning taxminicha, anglash mumkin bolgan, birlamchi stimullar mavjud bo‘lmagan ichki sabablar natijasida vujudga kelgan harakatlar operant xulq-atvordir. Inson va hayvonlar uchun xulq-atvor natijasida yuzaga keluvchi voqea-hodisalar oqibatlar muhimdir. Oqibatga bogliq ravishda kelajakdagi xulq-atvorga nisbatan ma’lum bir fikr shakllanadi. Operant xulq-atvor asta-sekin ixtiyoriy harakatni egallaydi. 0 ‘rgatishning operant turi bo‘yicha insoniyat xulq-atvorining ko‘pgina shakllarining shakllanishi sodir bo‘ladi, ya’ni kiyinishni bilish, kitob o£qish odati, tajovuzkorlikni namoyon qilishdan tiyilish, g‘azabni jilovlash, tortinchoqlikni yengib olish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |