o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
jamoalarga mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.
Ish beruvchining asosiy qoidalari quyidagilar:
korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir.
Mehnat huquqi munosabatlarida kiritiladigan o‘zgarishlar har ikki tomon roziligi asosida amalga oshiriladi (boshqa ishga o‘tkazish uchun xodim bilan ma’muriyatning o‘zaro kelishuvi bo‘lishi kerak). Mehnat huquqi munosabatlarini to‘xtatishda tomonlar kelishuvi asos bo‘ladi, boshqa ishga ko‘chirishda ishga oluvchi bilan ma’muriyatning o‘zaro roziligi kerak. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga ikki tomon kelishuvi bilan bir qatorda har bir tomonning bir tomonlama roziligi ham kiradi. Ba’zi hollarda uchinchi shaxs tashabbusi bilan (kasaba uyushma talabi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish), shuningdek, ishni davom ettirish mumkin bo‘lmagan muayyan bir vaziyat (harbiy xizmatga chaqirish) yuzaga kelishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.
Jamoat shartnomasi va kelishuvlari.
Jamoat shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy - iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ xujjatdir. Jamoa kelishuvi- muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga qaratilgan. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari qo‘yidagi prinsplardan iborat:
mehnatni muhofaza qilish va boshqa asoslar ko‘rsatilgan.
Jamoa shartnomasi taraflar belgilangan muddat davomida amal qiladi.
Jamoa shartnomasi bilan yuqorida jamoa kelishuvlarini ham tushuntirib o‘tdik. Jamoa kelishuvlari hal qilishi lozim bo‘lgan masalalarning xususiyatlariga qarab bosh, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin.
Bosh kelishuv O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (xodimlarining boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning Respublika miqyosidagi birlashmalari o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham tuziladi.