Fanning uslubiy ko’rsatmasi Termiz davlat universiteti o’quv metodik kengashining 2016 yil “ ” -sonli majlisida tasdiqlangan va foydalanishga tavsiya qilingan
Fanning uslubiy ko’rsatmasi Termiz davlat universiteti o’quv metodik kengashining 2016 yil “ ” -sonli majlisida tasdiqlangan va foydalanishga tavsiya qilingan.
Kelishildi: O’quv metodik boshqarma boshlig’i: dots. B.Imanov Kirish O’simliklar fiziologiyasi o’simliklarda bo’ladigan hayotiy jarayonlarni (suv almashinuvi, fotosintez, mineral oziqlanish, nafas olish, o’sish, rivojlanish, moddalar almashinuvi kabilarni) o’rganadigan fandir. O’simliklar hujayralarida kechadigan barcha hayotiy jarayonlarni o’rganish, ularning normal o’sishini ta'minlash va shuningdek olib boriladigan barcha agrotexnik tadbirlar qishloq xo’jalik ekinlaridan olinadigan hosildorlikning keskin oshishiga va mahsulot sifatining sezilarli darajada ko’tarilishiga olib keladi. Yuqorida bayon qilingan jarayonlarni o’rganishda fiziologik-biokimyoviy usullardan keng qo’lanilladi.
Yo‘riqnoma
Laborotoriya larida xavfsizlik texnikasi qoidalari.
“Qoidalar” bilan talabalar tanishmaguncha frontal (hamma bir xil ish qiladigan) va hamma ayrim xildagi tajribalarni bajariladigan larni o‘tkazmaslik.
Hech qanday moddani ta’mini tatib ko‘rmaslik, larda ovqat emaslik.
Laboratoriya xonasida hech qanday modda birovga bermaslik va o‘z hohishi bilan talabalardan uyga hech qanday modda yoki buyumni olib ketishga yo‘l qo‘ymaslik.
Uchuvchan moddalarni ehtiyotlik bilan hidlash.
Biror narsa quyilayotgan idish ustiga engashib qaramaslik (chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko‘zga sachrashi mumkin).
Bug‘lanuvchi chinni idish ustiga engashib qaramaslik (chunki tomchilari va uchayotgan quruq zarrachalar betni kuydirishi mumkin).
Ko‘zni saqlash (chunki zararli moddaning eng mayda tomchisi ham ko‘zning ko‘rish qobilyatini yo‘qotishga olib keladi).
Qizdirilayotgan suyuqlik bor probirkani ushlab qizdirilayotganda uning og‘iz tomoni o‘zingizdan va o‘rtoqlaringizdan chetga qaratish (chunki o‘ta qizdirib yuborilganda suyuqlik qaynab chiqib betga sachrashi mumkin).
Probirkalarda moddalarnining eritmalarini qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 qismiga quyish.
Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda qizdirish.
Shisha idishlarni qizdirilganda, ularni spirt lampasining piligiga tekkizmaslik (chunki pilik sovuq bo‘lib idishni dars qilib sindirib yuborishi mumkin).
Qalin devorli shisha idishlar (bankalar, sklyankalar, silindrlar) va o‘lchov idishlari, hamda chinni hovonchalarni alangada qizdirmaslik.
Spirt lampasining faqat gugurtdan foydalanib yoqish, lekin yonib turgan lanpaga qiyshaytirib yoqmaslik (chunki to‘kilgan spirt alangaalanib ketishi mumkin).
Spirt lampasini faqat qalpoqchasi bilan o‘chiring (puflamang).
Ichida suyuqlik bor probirkani chayqatishda probirkani barmoq bilan berkitish yaramaydi. Chayqatish uchun probirka/ kolba yoki stakanning yuqori qismidan ushlab sekin tebratiladi.
Reaksiyani kuzatayotganda probirkani ko‘zdan olisroq tutish kerak.