Termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi


Laboratoriya ishi. Turgor hodisasini



Download 0,51 Mb.
bet7/41
Sana28.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#713561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
osimliklar fiziologiyasi-конвертирован

Laboratoriya ishi. Turgor hodisasini kuzatish

Ishning maqsadi. O’simliklarning suvga to’yinishi natijasida hujayralar hajmining kengayib, taranglashish holatiga turgor hodisasi deb ataladi.Turgor hodisasini quyidagi tajribada kuzatish mumkin.
Kerakli reaktiv va asboblar. Kartoshka, 1N li KNO3, NaCl va saxaroza eritmalari, pichoq yoki lanset, lineyka yoki millimetr qog’ozi, 4 ta Petri kosachasi yoki kimyoviy stakan, Pintset.
Odatda tabiatda o’sadigan o’simliklarning ko’pchiligi suvga to’yinmagan ya’ni suvga muhtoj holatda bo’ladi. Faqat suv o’simliklarigina suvga to’yingan bo’ladi. Yer ustida o’sadigan ayrim o’simliklar sutkaning ayrim vaqtlarida va kechki soatlarda, hamda ertalabki soatlarda, bulutli kunlarda yoki yomg’ir yoqqan paytlardagina suvga to’yingan bo’ladi, xolos.
Ishni bajarish tartibi. Buning uchun kartoshka olib, undan uzunligi 6-7 sm va eni 3-4 sm bo’lgan kesmalar tayyorlanadi. So’ngra, 4 ta Petri kosachasi yoki kimyoviy stakan olib, ularning birinchisiga 1N li KNO3, ikkinchisiga NaCl, uchinchisiga 1N li saxaroza eritmasidan, to’rtinchisiga esa distillangan suv solinadi.
Mana shu olingan eritmalarning har bittasiga kartoshkadan tayyorlangan kesmalar tushiriladi va 30-60 daqiqa tutiladi. Tajribaga ajratilgan vaqtning tamom bo’lishi bilan, kesmalar pintset yordamida eritmalardan olinadi va lineyka yoki millimetr qog’ozi yordamida o’lchanadi va daftarga yozib olinadi. Tajribadan olingan natijalar asosida xulosa qilinadi.

3-rasm. Kartoshka bo’lakchasining shakli va hajmi (mm).


Vazifa:

  1. Kartoshkadan kesiklar tayyorlash.

  2. Turli eritmalar tayyorlab, Petri kosachasi qo’yish.

  3. Ishni bajarib, xulosasini daftarga yozish.



4- Laboratoriya ishi. Hujayra shirasining osmotik bosimini plazmoliz usulida aniqlash.


Hujayra shirasining osmotik bosimi tirik o’simliklarning muhim ahamiyatga ega bo’lgan fiziologik jarayonidir.
Hujayra shirasi – o’simlikning tirik hujayrasidagi tsitoplazma ajratadigan suyuqlik. U vakuolalarni to’ldiradi. Hujayra shirasi suv va kolloid eritma ko’rinishidagi turli organik va mineral moddalardan iborat. Hujayra shirasining tarkibi o’simlik turiga, uning o’sish sharoitiga, yoshiga va ba’zi boshqa omillarga bog’liq bo’lib, u hujayraning osmotik xususiyatiga va turgor holatiga ta’sir etadi.
Osmotik bosim – suyuqlikda erigan moddaning diffuziya harakati tufayli yuzaga chiqaradigan bosimi. Osmotik bosim qonunlarini De-Friz, V.Pfeffer hamda Vant-Gof kashf etganlar. Osmotik bosimi bir xil bo’lgan eritmalar izotonik yoki izoosmotik eritmalar, agar bir eritmaning osotik bosimi boshqasinikiga nisbatan yuqori bo’lsa gipertonik, pastroq bo’lsa gipotonik eritma deyiladi. O’simlik hujayra suyuqligining osmotik bosimi ularning suyuq muhitda erigan moddalarining konsentrasiyasiga bog’liq. O’simlik shirasining osmotik bosimi ularning o’sish sharoitiga bog’liq. Shuning uchun ham o’simliklar hujayra shirasining osmotik bosimini o’rganish juda katta ahamiyatga ega.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish