Termiz davlat pedagogika instituti


O‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish



Download 1,96 Mb.
bet17/35
Sana24.06.2023
Hajmi1,96 Mb.
#953233
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish usullari.

O‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish
Maktabgacha ta’lim muassasalarining kunlik rejimida asosan to‘rtta o‘yin o‘ynashga vaqt ajratilgan. Birinchi o‘yin –ertalab choygacha, ikkinchi o‘yin – mashg‘ulotdan so‘ng sayr vaqtida, uchinchi o‘yin – kunduzgi uyqudan so‘ng va to‘rtinchi o‘yin – kechki sayr qilish vaqtida o‘ynaladi. Ertalabki o‘yin asosan tinch xarakterda bo‘lib, shovqin-suronsiz o‘tishi lozim. Chunki ertalabdan boshlab bolalarning shiddatli harakat hamda shovqin – suronli o‘yini ularning asab sistemasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning diqqatini ma’lum narsaga jalb qilishni qiyinlashtiradi. Ertalabki o‘yin uchun bolalarga beriladigan materiallar tez va oson yig‘ishtiriladigan o‘yinchoqlar bo‘lishi shart. Tarbiyachi bunday o‘yinlar davomida bolalarning turish, o‘tirishlarini ko‘zdan kechirib turishlari lozim. Chunki doim bir holatda, ayniqsa noqulay holatda o‘tirish yoki turish bolalarning jismoniy o‘sishiga hamda anatomik holatining noto‘g‘ri rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaqtlarda tarbiyachi bolaga boshqa vazifa beradi, masalan: nimanidir olib kelishni yoki o‘yinga boshqa o‘zgarishlar kiritishni buyuradi. Natijada boladagi noqulay turish holati o‘zgaradi. Tarbiyachi sayr vaqtida o‘yinlarning xarakterini o‘zgartirib, turadi, ba’zan harakatni avj oldiradi, ba’zan tinch faoliyatga ko‘chiradi. Bunday usulda bolalarning harakat qilish faoliyati navbat bilan o‘zgarib boradi.
Gimnastika komplekslarini ishlab chiqish va o‘tkazish
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari ko‘proq ochiq havoda o‘tishi lozim. Shuning uchun tarbiyachilar zimmasiga gimnastika mashg‘ulotlari o‘tadigan joyni jihozlash, turli qiziqarli harakatli o‘yinlar tashkil qilish vazifalari yuklanadi. Kunlik rejimda o‘yinlar va sayr qilish uchun ajratilgan vaqtdan to‘liq foydalanish kerak.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, kuch va chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda esa, aksincha, ehtiyotkor bo‘lish zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to‘xtatib qo‘yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachining xohishisiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida, xususan, yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida baribir namoyon bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar asab tizimining egiluvchanligi jismoniy sifatlarni bir tekisda rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki asab tizimidagi qo‘zg‘alish va tormozlanish birini ikkinchisi bilan tez almashtirish qobiliyati bilan bog‘liq. Ayniqsa, harakatli o‘yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o‘yin faoliyati uchun zarur bo‘lgan favqulotdagi harakatlarini bajarishga to‘g‘ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biri bilan tez o‘rin almashinishda namoyon bo‘ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoit yaratadi. Asab jarayoni jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. Qisqa vaqt mobaynida o‘rtacha tezkorlik bilan yugurish, velosipedda uchish va boshqa mashqlar tezlikning rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarda, albatta, me’yorni to‘g‘ri tanlash va ularning o‘zaro o‘rin almashinuvi muhim ahamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bo‘yin, qorin, orqa, bel mushaklari kuchsiz bo‘lib, qomat yaxshi rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, ushbu mushaklarini rivojlantirish uchun yurish, yugurish, tanani bukib va rostlab bajariladigan mashqlarni to‘g‘ri tanlab olish,harakatlar tezligini orttirish va boshqa tadbirlar juda muhim. Bularsiz bola kundalik hayotida uchraydigan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy mehnatda qiyinchilikka uchragan bo‘lar edi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o‘sha mashqning ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o‘yin qoidalari, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Bu yoshdagi bolalarni jismoniy mashqni yakka holda mustaqil va guruh bilan bajarishga o‘rgatish kerak. Kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o‘rgatish, o‘zining sport malakasi o‘sayotganiga va katta sportchilarning natijalariga qiziqish. O‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, o‘yinchoqlarga munosabat masalalariga, axloq me’yorlarining rivojlanishiga e’tibor beriladi. Ularda jismoniy tarbiyani shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, bunda zarur jismoniy sifatlarni o‘stirish aqliy, axloqiy va estetik tarbiya bilan qo‘shib olib borish kerak. Ularga estetikadan tana tuzilishi, qomatni to‘g‘ri tutib yurish, harakatlarning ravon hamda chiroyliligi, kiyim boshni ehtiyotlash va boshqalar to‘g‘risida tushuncha berish kerak bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarini yaxshi bilishi, ularning fiziologik va o‘sish davridan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. Bundan tashqari tarbiyachilar ritmik gimnastika ya’ni musiqa bilan jo‘rlikda olib boriladigan mashqlar bilan ham bolalarni tanishtirishi lozim. Musiqa jo‘rligida olib boriladigan jismoniy mashqlar bolalarning qiziqishini yanada orttirib ularning faol jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari bolalar bog‘chasida gimnastika mashqlari va o‘yinlarini tashkil qilishda gigienaga alohida e’tibor qaratish lozim. Mashg‘ulot uchun tayyorlangan joylar, gimnastika mashg‘ulotlari hamda o‘rinlari uchun foydalaniladigan yordamchi sport jihozlari hamda bolalarning ust va oyoq kiyimlari gigiena talablariga javob berishi lozim. Bolalar gimnastika mashqlari qiladigan va harakatli o‘yinlar o‘ynaladigan xona toza ozoda, havosi toza bo‘lishi, ortiqcha narsalarning bo‘lmasligi talab qilinadi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida bolalarning kiyimi еngil hamda mashqlarni bajarish uchun qulay bo‘lishi lozim. Oyoq kiyimlari ham turli harakatlarni bajarishda va bukilishlarda xalaqit bermasligi lozim. Jismoniy tarbiya tadbirlariga bolalarni bog‘cha hududidan olib chiqib sayr qilish va turli ekskursiyalarga olib borish kiradi. Ekskursiya jarayonida bolalar go‘zal tabiat manzaralarini kuzatadi. Ekskursiya davomida bolalarni bog‘lar va stadionlarga olib borib, kattalarning turli sport o‘yinlarini kuzatish hamda bu o‘yinlarga nisbatan bolalarda sportga qiziqish uyg‘onadi.
Bolalarni sayr qildirish ularda jamoa bo‘lib harakat qilish malakasini tarbiyalaydi. Bunda bolalarning kuchquvvati hisobga olinmog‘i lozim.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish