Termiz davlat pedagogika instituti


-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari



Download 1,96 Mb.
bet25/35
Sana24.06.2023
Hajmi1,96 Mb.
#953233
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish usullari.

3-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari
3-4 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari: bola 3 yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning vazni 16-18 kg. atrofida, bo‘yi 90-100 sm. gacha еtadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bola o‘z hattiharakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘la boshlaydi. Bolada mustaqillik ortadi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakllanadi. Uch yoshli bolaning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib, borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi.
Bolani gavdasini tik tutishga o‘rgatish, jismoniy sifatlarini yanada rivojlantirish hamda sport turlariga qiziqishini orttirish, jismoniy harakat turlari bilan tanishtirish, faol bo‘lishga undash, turli o‘yin va mashqlarga qiziqish uyg‘otish muhimdir. Mashg‘ulot vaqtida bolani qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiqlashtirishga, oyoqni sudramay, boshni egmay еngil yurishga odatlantirish va muvozanat saqlashga o‘rgatib borish.
Yirik motorikani rivojlantirish. 34 yoshli bola yurish, yugurish, sakrash, yumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanat saqlash kabi asosiy harakat mashqlarini bajara oladi. Bu yoshdagi bolada turli yo‘nalishlarda yurish va yugurish, turli balandliklardan sakrash, koptoklarni birbiriga qaratib yumalatish, ikki qo‘llab pastdan, ko‘krak oldidan, boshidan oldinga oshirib irg‘itishni rivojlantirish.
Asosiy harakatlarga doir mashqlar.
Yurish mashqlari. Qatorda to‘g‘ri yurish, yo‘nalishni o‘zgartirib yurish, navbatmanavbat yurish; chiziq bo‘ylab juft bo‘lib qo‘l ushlashib yurishga o‘rgatish.
Yugurish mashqlari. Yo‘nalishni va tezlikni o‘zgartiribyugurish; 1 daqiqa davomida sekin yugurish; yugurish chog‘ida burilish; hushtak bo‘yicha to‘xtash; doira bo‘ylab bir o‘zi va juftlikda qo‘l ushlamasdan qator bo‘lib yugurish.
Sakrash mashqlari.To‘siqlarni oshib o‘tish; ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash, balandlikka sakrashga o‘rgatish.
Yumalatish, irg‘itish, ilib olish mashqlari. Yumalatib yuborilgan buyumni quvib еtish; polga, devorga urilgan koptokni ilib olish; koptokni o‘ng yoki chap qo‘l bilan qaytarish; еrda yumalatish; koptokni ikki qo‘l bilan balandga ko‘tarib, ma’lum nishonga (savatga yoki chelakka) otishi uchun imkoniyat yaratish.
Emaklash va tirmashish mashqlari.To‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha qo‘l kaftlari va tizzalari yordamida, gimnastika kursisi ustida to‘rt oyoqlab 10 m. gacha emaklash.
Muvozanat saqlash mashqlari. Yugurayotganda birdaniga to‘xtash va muvozanatni saqlash; suvda suzayotgandek qo‘llarini harakatlantirish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qo‘l muskullariuchun mashqlar. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar еlka kengligida ochilgan, qo‘llarni yuqoriga va yonga uzatish. Bukish va cho‘zish, qo‘llarni orqaga yashirish, bosh ustida, ko‘krak oldida chapak chalish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Turgan joyida yurish; oldinga, orqaga va yonga qadam tashlash; bir oyoqda turgan holda ikkinchi oyoqni bukish va yozish; o‘tirib turish; oyoq uchida ko‘tarilish; tovonda turish, oyoq barmoqlarini qimirlatish; chalqancha yotgan holda oyoqlarda velosiped mashqini qildirish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar.O‘ng va chapga burilish; yon tomonga engashish; qorin bilan yotgan holda qo‘llarni oldinga uzatish va oyoqlarni ko‘tarish; yonboshdanyonboshga ag‘darilish.
Saflanish va qayta saflanish. Birbirining ketidan turish, doiraga ketmaket saflanish.
Mayda motorikani rivojlantirish. Loy yoki plastilindan bo‘lakcha yulib olish, pachoqlash, uzib olish va cho‘zish usulida turli shaklchalarni yasash; kaftlar orasida bir bo‘lak loy yoki plastilinni to‘g‘ri yoki doira shaklida yumalatib yoyish, tayyor qismlarni birbiriga ulash;munchoqlarni ipga terish; qalamni to‘g‘ri ushlashga harakat qilib chiziq chizish, shisha qopqog‘ini ochish, burash va yopish, piyolani bir qo‘lida ushlab turish; koptokni qo‘llarida ushlash va oldinga tashlash kabi harakatlarni bajartirish tavsiya etiladi.
Sensomotorikani rivojlantirish. Bo‘ynini burmasdan turib, ko‘zlar bilan buyumni kuzatish; ko‘zlarini chap va o‘ng tomonga harakatlantirishni taklif qilish; ayrim musiqa asboblarining ovoziga taqlid qilishini rag‘batlantirish; bolaning e’tiborini buyumlar turlicha yoritilganda turli ko‘rinishga ega bo‘lishiga qaratish, bolaga yorug‘lik va soya to‘g‘risida tushuncha berish.
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish.
Ertalabki badantarbiya. Badantarbiyani ochiq havoda, еngil kiyimda, harakatlarni namunaga muvofiq aniq, izchil bajarish. Bolani 45 daqiqa davomida o‘yin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish. Tarbiyachiga taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini o‘stirish, harakatli o‘yinlarda ishtirok etishga hamda o‘yin topshiriqlarini bajarishga o‘rgatib borish. Har kuni o‘tkaziladigan badantarbiyani suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida).

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish