Termiz davlat pedagogika instituti



Download 1,96 Mb.
bet26/35
Sana24.06.2023
Hajmi1,96 Mb.
#953233
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish usullari.

Chiniqtirish. Havo, quyosh, suvdan foydalangan holda chiniqtirish tadbirlarini amalga oshirish. Quyoshda chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolaning turli faoliyatlari jarayonida o‘tkaziladi. Quyoshda kun davomida 5 daqiqadan to 10 daqiqagacha bo‘lishlari mumkin.
Bolani yuz qo‘llarini mustaqil yuvishga odatlantirishda davom etish. Suvni sachratmaslik, sovundan to‘g‘ri foydalanish, badanini xo‘l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish, cho‘milishga, dushdan foydalanishga o‘rgatish. Ochiq suv havzasi (basseynda)da cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda). Cho‘milish davomiyligi 510 daqiqa. Cho‘milish ertalabki sayrdan so‘ng tushlikdan oldin o‘tkaziladi.
Qomatni to‘g‘ri tutish.Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To‘g‘ri qomatni shakllantirish, yassitovonlikni oldini olishga imkon beradigan mashqlar bajartirish. Mashg‘ulotlarda qaddi qomatni tik tutish, boshni haddan tashqari quyi egmaslik, ko‘krak bilan stol chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni to‘g‘ri qo‘yib o‘tirish.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar, jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etish.
Madaniygigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bolani eslatishsiz yuzini va qo‘llarini sovunlab yuvishga, tish cho‘tkasidan foydalanib tishlarini tozalashga, qoshiqdan foydalangan holda tartibli ovqatlanishga, o‘yinchoqlarini o‘ynab bo‘lgandan keyin joyiga olib qo‘yishga, dastro‘molcha va hojatxona qog‘ozidan foydalanishga, yo‘talganda, aksirganda og‘zi va burnini dastro‘molcha yoki salfetka bilan berkitishga odatlantirish.
Ma’lum izchillikda kiyimni еchish, tahlash, joyiga osib qo‘yishni; tugmani еchish va qadashni, oyoq kiyimlari ipini еchish va bog‘lashni o‘rgatish. Yechinish va kiyinishda asta-sekin mustaqillikni shakllantirish.
Bolani ozoda va tartibli bo‘lishga odatlantirish. Kiyimdagi betartiblik (tugmachaning noto‘g‘ri qadalgani yoki еchilib ketgani, yoqaning qayrilib qolgani, oyoq kiyimining loy yoki changligi)ka e’tibor berish, ko‘zguga qarab, kiyimi, soch turmagini tartibga keltirishi, ularni mustaqil to‘g‘rilash yoki yordam so‘rab kattalarga murojaat qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
O‘quv yili oxirida bola:

  • qatorda to‘g‘ri, yo‘nalishni o‘zgartirib, navbatmanavbat, juft bo‘lib qo‘l ushlashib yuradi;

  • yo‘nalishni va tezlikni o‘zgartiribyuguradi;

  • 1 daqiqa davomida yuguradi;

  • yugurish chog‘ida buriladi, hushtak bo‘yicha to‘xtaydi;

  • to‘siqlarni еngib o‘tadi;

  • ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakraydi;

  • yumalatib yuborilgan buyumni quvib еtadi;

  • narsalarni tutib oladi va ulardan o‘zini olib qochadi;

  • koptokni ilib oladi, uni qaytaradi, еrda yumalatadi;

  • to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha qo‘l kaftlari va tizzalari yordamida, gimnastika kursisi ustida to‘rt oyoqlab 10 m. gacha emaklash;

  • suvda suzayotgandek qo‘llarini harakatlantiradi;

  • umumrivojlantiruvchi mashqlarni tarbiyachi ko‘rsatmasi asosida bajaradi;

  • yuvinish uchun zarur bo‘ladigan narsalar (sovun, sochiq, mochalka v. b.)ni farqlaydi;

  • yuz va qo‘lni yuvgandan keyin sochiqdan mustaqil foydalanib artadi;

  • toza dastro‘moldan foydalanadi va uni cho‘ntakda olib yuradi;

  • to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qiladi;

  • mustaqil ravishda ovqat еydi;

  • qoshiqni o‘ng qo‘l bilan ushlaydi;

  • ovqatlanib bo‘lgach, “rahmat” aytadi;

  • stol ustini yig‘ishtirishda kattalarga yordam beradi;



4-5 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari:bola to‘rt yoshga еtgach, uning jismoniy o‘sishi bir muncha jadallashadi, bo‘yi 100110 sm. atrofida, og‘irligi 2022 kg. gacha bo‘ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiysifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi,ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi; nutqi ravonlashadi, xotirasi ancha teran bo‘lib, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni mustaqil bajarishga intiladi, qiziquvchanligi oshadi va har qanday tadbirga bajonu dil qatnashadi. Bu davrda ham kun tartibiga rioya qilish, bolani to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish,quvnoq kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bola bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yo‘naltirish maqsadga muvofiq.
Bolani jismoniy tarbiya va sportga qiziqishini oshirishda hamda jismonan chiniqtirishda quyidagilarga e’tiborli bo‘lish talab etiladi: turli harakatli quvnoq xalq o‘yinlarni o‘ynash; chiniqtirish muolajalarini muntazam o‘tkazib turish, erkin harakat qilish malakalari shakllanishi uchun guruhlarda sharoit yaratish; bolaga jismoniy mashqlarning muhimligini ta’kidlash va mustaqil bajarishga undash; yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkaziladigan turli sport o‘yinlariga jalb etish; yugurish, muvozanat saqlash, ikki oyoqlab balandga sakrash, to‘siqlarni еngib o‘tish bo‘yicha musobaqalarni tashkillashtirish; koptokni biror to‘siq ustidan boshqa bolaga irg‘itish va ushlab olish elementlari bor bo‘lgan o‘yinlarni o‘ynatish; jismoniy mashqlarni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun doimo vaqt ajratish; bola bilan birga sherik sifatida yoki bir jamoa a’zosi sifatida sport o‘yinlari o‘ynash, musobaqa va o‘yinlarda turli narsalar, o‘yinchoqlar bilan harakatlanishlarni uyushtirish, musiqa sadolariga mos tarzda harakatlanishini rag‘batlantirish.
Bolaning o‘yinlarni mustaqil ravishda tashkil etishiga imkon berish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida hamda dam olish daqiqalaridagi o‘yinlarga erkin qo‘shilishga odatlantirish. Chanada uchish harakat malakalarini takomillashtirish.
Yirik motorikani rivojlantirish. Bolaningmuvozanat saqlash, 2030 m. masofaga o‘rtacha tezlikda, sekin yugurishni, yakka va ikki qator bo‘lib doira bo‘ylab yugurish malakasini orttirish, oyoq uchida, katta qadam tashlab yugurish, to‘siqlarni aylanib o‘tib, bir oyog‘ida oldinga sakrash, kuch bilan koptokni oldinga tashlash va uni ilib olish harakatlarini shakllantirish.
Stol tennisi va sportning boshqa turlariga (futbol, basketbol) qiziqish uyg‘otish. Qo‘sh narvoncha ustiga chiqibtushishi;ixtiyoriy ravishda sakrog‘ichda sakray olishi; 2530 sm. balandlikdan matras ustiga yoki qumli chuqurchaga; turgan joyidan 50 sm. uzunlikka sakrashi; gimnastika devorining taxta to‘siqlari bo‘ylab 23 m. masofaga o‘ng va chap tomonga hamda oldinga; bir oyog‘ida o‘ng va chap tomonga burilib harakatlanishi, buyruq bo‘yicha mustaqil ravishda qatorga turishi, kichik guruhchalarda va yig‘ma guruhlarda, doira shaklida, juftlikda va bir qatorga tizilib turishni o‘rgatishda davom etish.
Asosiy harakatga doir mashqlar.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish