Chiniqtirish.Har qanday obhavoda ham harakatli o‘yinlarni o‘ynash. Uyquga yotishdan oldin xonani shamollatish, yuzqo‘lni, oyoqlarni, tishlarni yuvish; xona haroratidagi suvda ho‘llangan gubka yoki paxmoq qo‘lqop bilan dastlab qo‘llarni, keyin oyoqlarni, ko‘krakni, qorin va orqani teskari yo‘nalishda teri qizarguncha artish. Suv haroratini har kuni 10 S haroratdan pasaytirib borish.
Qomatni to‘g‘ri tutish. Qomat o‘zgarishining oldini olishga yordam beruvchi jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarish (“Qayiqcha”, “Mushuk”, “Velosiped haydash”, “Beshik”). Stol atrofida o‘tirganda, uyqu vaqtida gavdani to‘g‘ri tutishiga e’tibor berish. Qo‘l ikki yonda, boshni salgina ko‘targan holda oldinga qarash.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda faol qatnashish; ochiq havoda to‘p, arqon, badminton o‘ynash, o‘yin qoidalariga rioya etish, tezkorlikni, epchillikni rivojlantirish. Bir necha harakatli o‘yinlarning mazmuni va qoidalarini bilish, ularni tashkil etishga undash.
Madaniygigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bolani ovqatlanish gigienasi, uxlash va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishini ta’minlash; tartibli va ozoda bo‘lishga intilish hissini tarbiyalashda davom etish. Bolaning mustaqil kiyinishi va еchinishini rag‘batlantirish; bu harakatlarning belgilangan izchilligiga rioya qilish (tugmalarni qadashi, poyabzalining ipini bog‘lashi); kiyimini yaxshilab taxlab, ilgichga osish; o‘z vaqtida tartibga keltirish (tozalash, quritish v.b.) kerakligini uqtirish orqali muntazam mehnat qilishga o‘rgatib borish.
Bolaga gigiena to‘g‘risidagi kitoblar ko‘rsatish, rasmlar tomosha qilish, hikoya, ertak va she’rlar o‘qish; asta-sekin gigiena bo‘yicha topshiriqlar berib borish hamda sog‘lom ovqatlanish haqida suhbatlashish.
Bola hayoti xavfsizligini ta’minlash. 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning xavfsiz yashashi va harakatlanishi uchun quyidagilarga rioya qilish lozim: mashqlarni me’yorda bajartirish, charchashning oldini olish, mashg‘ulot jarayonida bolaning holatiga e’tibor berib turish; mashqlarni erkin bajarishi uchun xavfsiz joy ajratish; jarohatlanishdan asrash, obhavoning noqulay sharoitidan va baxtsiz hodisalardan muhofaza qilish; guruhda, o‘yin maydonchasida va suzish havzalarida bolaning hayoti xavfsizligini saqlash.
O‘quv yili oxirida bola:
chiziq bo‘ylab muvozanat saqlab yuradi;
20-30 m. masofaga sekin yuguradi;
1 daqiqa damomida yuguradi;
ixtiyoriy ravishda arqonda sakraydi;
25-30 sm. balandlikdan matras ustiga yoki qumli chuqurchaga sakraydi;
turgan joyidan kamida 50 sm. uzunlikka sakraydi;
to‘pni birbiriga irg‘itadi, navbatmanavbat o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni uradi;
gimnastika o‘rindig‘ida qo‘llarga tayangan holda, qorin bilan sudraladi;
sathi ko‘kragigacha bo‘lgan suv ichida yuradi;
buyruq bo‘yicha mustaqil ravishda qatorga turadi, kichik guruhchalarda va yig‘ma guruhlarda, doira shaklida, juftlikda va bir qatorga tizilib turadi;
3 g‘ildirakli velosipedda o‘ngga va chapga buriladi, doira bo‘ylab, to‘siqlarni chetlab o‘tib haydaydi va buyruq bo‘yicha to‘xtaydi;
umumrivojlantiruvchi mashqlar majmO‘yini mustaqil bajaradi;
uyquga yotishdan oldin yuzqo‘lni, tishni va oyoqlarni yuvadi;
uyqudan turganda yuvinadi;
hojatxonadan batartib foydalanadi;
qo‘l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlaydi;
mustaqil kiyinib еchinadi;
poyabzalini o‘zi kiyadi va iplarini ham o‘zi bog‘laydi;
yo‘talganda, aksirganda og‘zi va burnini dastro‘molcha yoki salfetka bilan berkitadi;
dastro‘molcha va hojatxona qog‘ozidan foydalanadi;
o‘yinchoqlarini o‘ynab bo‘lgandan keyin joyiga olib qo‘yadi;
ko‘zguga qarab, kiyimi, soch turmagini tartibga keltiradi;
to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qiladi;
ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan keyin va biror ishni bajargandan so‘ng qo‘lni sovun bilan yuvadi;
tish cho‘tkasidan foydalanib tishlarini tozalaydi;
ovqatdan keyin og‘izni chayqaydi;
ovqatlanish jihozlari – qoshiq, sanchqi, salfetkalardan to‘g‘ri foydalanishni biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |