Тема: мухандимтлик графикаси фанини ўҚитишда янги педагогик технологиялардан фойдаланиб ўҚитишнинг аҳамияти



Download 2,37 Mb.
bet1/27
Sana01.07.2022
Hajmi2,37 Mb.
#727740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Fizika – matematika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Mehnat ta




O ’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Fizika – matematika fakulteti


Mehnat ta’limi kafedrasi


Mehnat talimi yonalishi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Mavzu: Muxandistlik grafikasi fanini o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib o`qitishning ahamiyati


Bajargan: - N. Temirbaeva


Ilmiy rahbar: - dots. B. Avezov


Kafedra mudiri: - dots. B. Avezov


NUKUS – 2013 yil

Reja

Kirish
I.BOB Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va ularni darslarda foydalanish
1.1.Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va qo`’llanilishi
1.2. Kirish darslarida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar
1.3. Mehnat ta`limi darslarida chizmashilik faniga oid tushunchalarni o`rgatishda ko`rgazma darsidan foydalanish
II. BOB «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanini o`qitishda ilg`or va zamonaviy usullardan foydalanish metodikasi
2.1. Mehnat ta`limi yo`nalishida «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanini o`qitishda ilg`or va zamonaviy usullardan foydalanish masalalari
2.2. Yangi pedagogik texnologiya metodlarining turlari
2.3. Muxandistlik grafikasi fanidan mashg`ulotlarni tashkil etish masalalari
2.4. Hayot faoliyati xavfsizligi
2.5. 1 soatlik dars reja konspektasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar bilan bir qatorda, ta`limni modernizatsiya qilish yo`lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyoerlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma`naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har tamonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutgan holda ta`lim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlarning asosiy vazifalari sifatida talabalarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o`zlashtirish ehtiyojini, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lishni va kasb tanlashni shakllantirish kabi yo`nalishlarni belgilab berdi. Ijtimoiy rivojlanish, birinshi navbatda, ta`lim sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni jihozlash masalalari diqqat markazida bo`ladi. 2011-yilda davlat byudjeti ta`lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash jamg`armasining 367 milliard so`m miqdoridagi mablag` hisobidan joriy yilda 336 ta ta`lim muassasasini kapital ta`mirlash, qarayib 1500 ta komp`yuter sinfini tashkil qilishni ta`minlash ko`zda tutilgan. oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasiniyanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o`quv, laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihozlash, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondoshuvlarni hayotga tatbiq etishdan iborat. (I. Karimov «Demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqoralik jamiyatni shakllantirish-mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonlari № 19 tom «O`zbeksiton»NMIU 2011 y.)


Bugungi kunda ta`lim tizimini modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta`lim dasturlarini o`zgartirib, yangilab borishni ko`zda tutadi.
Ilg`or pedagogik texnologiyalarni keng o`zlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy o`zgarishlar, chet el investitsiyalari ko`lamining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlanishi, shuningdek, uzluksiz ta`limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, talabalarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta`limga tabaqalashtirilgan yondoshuvni joriy etilishi hamda ta`lim berishning ilg`or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarni yaratilishi pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirishga asos bo`lmoqda.
Ta`lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish va rivojlantirishga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omillardan biri sifatida Mehnat ta`limi bakalavriyat yo`nalishlarida muxandislik fanlarini o`qitish samaradorligini oshirishga tizimli yondoshuv, professor-o`qituvchilarning boshqaruv faoliyatini va hamkorlikda boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etish zaruriyatini keltirish mumkin.
Mehnat ta`limi bakalavriat yo`nalishlarida muxandislik fanlarni o`qitishning tashkiliy texnologiyalari, dolzarb masalalari qatoriga quyidagilarni kiritilishi maqsadga muvafiq bo`ladi:

  1. Mehnat ta`limi bakalavriyat yo`nalishlari xususiyati va muxandislik fanlarini o`qitish metodelogiyasi masalalari.

  2. Muxandislik fanlari mashg`ulotlarida innovatsion va interfaol usullardan foydalanish.

  3. Mehnat ta`limi yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlashda konstruktor-texnologik tarbiya jarayonlarini tashkil etish.

  4. O`quv ustaxonalari va karxonalar bazasida malakaviy amaliyotlarini tashkil etish muammolari.

  5. Iqtidorli talabalarning muxandislik fanlari bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish.

Oliy ta`lim muassasasida pedagogik jarayonlarni tashkil eti shva boshqarishda alohida qaratilishi zarur bo`lgan omillardan biri pedagogik jarayonlarda talabalar faolligini ta`minlash, talabalarda o`zini-o`zi tarbiyalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularning mustaqil ta`lim olishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek refleksiv ta`limiy muhitni hamda shaxsga yo`naltirilgan ta`sir jarayonini tashkil etishdan iborat.
Pedagogik jarayonlarni talabalarning mustaqil olgan tushunchalari asosida tashkil eti shva mazkur jarayonda ularni ijodiy fikrlashga o`rgatish asosida tashkil eti shva mazkur jarayonda ularni ijodiy fikrlashga o`rgatish asosida faolligini ta`minlash, shuningdek, ularda reflektsiya qobiliyatlarini shakllantirish, pedagogik jarayonlar samaradorligin ta`minlashda talabalarning mustaqil ishlashi va mustaqil o`rganishi uchun alohida topshiriqlar beri shva unda ularning boshlagg`ich tushunchalari darajasini hamda moyilligin o`rganish, tahlil qilish va ob`ektiv baholash, berilayotgan topshiriqlarni bajarishga ularda qiziqishlar shakllantirish, talabalarning ta`lim-tarbiyasiga ota-onalar va professor-o`qituvchilarning munosabatlari yo`nalishlarida ob`ektiv axborotlar to`plash va ularga asoslash pelagogik jarayonlarni tashkil etig va boshqarishda o`ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Ta`lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil eti shva boshqarish funktsiyalari bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya`ni pedagogik jarayon sub`ektlariga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, shuningdek, mazkur jarayonni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazani yaratish va mustahkamlab borish, Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qurollantirish, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash kabi qator vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bugingi kunda, barkamol shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosati doirasiga ko`tarilgan bo`lib, uni amalga oshirish jarayoni hisoblangan pedagogik jarayon samaradorligini ta`minlash esa, umumiy o`rta ta`lim muassasasi rahbarlari, o`qituvchilari, tarbiyachilar, pedagogik jarayon ishtirokchilari va boshqa mutaxassis xodimlarning faoliyatini samarali tashkil etish zaruriyatini belgilaydi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalarni ta`lim tizimiga qo`llashga oid bir qator tadqiqotlar olib borilayotgani dolzarb masalalardan biri bo`lib kelmoqda.
Avvalo shaxsning individual xususiyati bilim olishga bo`lgan qiziqish, uning hamma jarayonlariga ta`sir ko`rsatadi. Insondagi ayrim hislatlarni, qobiliyatlarni o`sishi ham ma`lum darajada undagi qiziqish-havaslar bilan belgilanadi. Qiziqish kishining mehnat faoliyati uchun ham nihoyatda muhimdir. Chunki, u insonni mehnat faoliyatiga rag`batlantiradi, uning g`ayratiga – g`ayrat qo`shib, tashabbus ko`rsatishiga, faol harakat qilishga, ya`ni ijtimoiy faollikga, ijod etishga, yangiliklar yaratishga yo`llanadi.Bu hislotlarni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati ta`limda o`quvchilarga bilim berish va shu bilimlarni to`liq o`zlashtirishga kafolat berishdir. Maktabda pedagogik texnologiya asosida o`qitishda eng asosiy talab, o`quvchilarning hayotiy tajribasi avval o`zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko`zda tutadi.
Pedagogik-texnologiyalar mohiyat-e`tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalar qatori o`z xususiy sohasiga, uslublari va vositalariga ega. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog`liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo`lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi.
Pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishda qo`llaniladigan vositalar umuman o`xshash bo`lib, ularning turlari ko`p. Ularni shartli ravishda quydagi turlarga ajratish mumkin:
Verbal, noverbal, vizual, studio, tabiiy, o`quv anjomlari hamda maktab jihozlari. Ta`lim tizimini modernizatsiya qilish, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta`lim dasturlarini o`zgartirib, yangilab borishni ko`zda tutadi.
Verbal vositalarning asosini axborot tashkil qiladi. Bular so`zlar bilan ifodalanadigan axborotlar bo`lib, o`qituvchi shu axborot haqidagi bilimga ega bo`lishi kerak. Zamonaviy ta`limni amalga oshirishning yana bir zarur sharti o`quv fanlari bo`yicha axborot manbalari, shu jumladan, yangi axborot texnologiyalarining tez va qo`lay foydalanish imkonini beruvchi sharoit yaratishdan iborat.
Maktabda ta`lim jarayonining o`zidagi va o`qitish uslubiyotidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun muhit shunga olib keladiki, o`quvchilarda mustaxil fikrlash rivojlanmay qolib, natijada oqilona hayotiy echimlar qabul qilish uchun etarli tayyorgarlik etishmaydi.
O`quvchilarning grafik savodxonligini oshirish shuning uchun hәm zarurki, ilmiy texnika progressii shartlarida ob`ektlarning real xususiyatlariga ko`ra abstraktsiyalashga har xil darajadagi grafikaviy metodlar bilan ish ko`rish qobiliyatiga ega bo`lgan talaba va o`quvchilar kun sayin o`sib bormaqda. Shuning uchun ham keyingi yillarda «inson va texnika» tizimida psixologlarning vizual tafakkur jarayoniga pedagog va uslubiyotchilarning ta`lim jarayonida informatsiyaning usul va uslubiyotlarning shakllanishi hamda shakllantirish masalasiga qiziqish ortmoqda.
Ta`lim berishda o`zaro bog`liqlikni muvaffaqiyatli o`qitishning zaruriy sharti hisoblanadi. U, ayniqsa, chizmashilik, mehnat, geometriya, rasm va fizikani o`qitishda juda muhimdir. Chunki bu fanlarning birortasidan olingan bilim, o`quv va malakalar boshqa fanlardan bevosita foydalaniladi. O`quvchi bilimlarni narsa va hodisalarni bevosita kuzatish orqali, sezgilar vositasida bilib olishi zarur. Buni Kamenskiy ta`limning oltin qoidasi deb atadi. Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar xotirada uzoq va mustahkam saqlanadi. Inson o`quv axborotlarini ko`z va qulog`i yordamida qabul qiladi. Quloq 15500 ta sezgir elementlarga, ko`z esa 126 million sezgir elementlarga ya`ni quloqqa nisbatan 8000 mart ko`p elementlarga ega ekan. Pedagog olimlarning ta`kidlashicha, agar darslar so`z, tushuntirish orqali olib borilsa, -o`zlashtirish 10% ni, ko`rsatishi, namoyish orqali tashkil etilsa, 59%, ta`lim jarayoni axborot texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar bilan o`quvchining shaxsiy ishtiroki, faolligida kechsa, o`zlashtirish sifati va samaradorligi 90%ni tashkil etar ekan. Shuning uchun bu malakaviy bitiruv ishida pedagogik texnologiya metodlarini muxandistlik grafika fanida o`rganib uni maktablarda mehnat ta`limi darslarida keng foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi deb uyladim va malakaviy bitiruv ishini yozishda pedagogik texnologiyaning yuzaga kelishi, ularning turlari, ularni dars jarayonida foyalanish metodlari, bir soatlik dars konspektalarida ko`rsatishga harakat qildim. Bu malakaviy bitiruv ishimda keltirilgan ma`lumotlar ilmiy jihatdan olimlarimiz tamonida sinab ko`rilgan va men o`zim № 38 maktabda pedagogik amaliyot jarayonda qo`llanib o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishiga va bilim, ko`nikma, malakaga ega bo`lishiga erishdim. Bu malakaviy bitiruv ishi maktab o`qituvchilariga darslarni o`tkazish jarayonida foydalansa o`quv metodik ko`rsatma xisobida yordam beradi deb o`ylayman.


Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish