1-bosqich frikativ tovushlar ustida ishlash jarangsiz undosh tovushlar shakllanguncha davom etadi. Chunki organilgan barcha artikulemalar bir xil, yani ogizdan uzoq nafas chiqarishda realizatsiya qilinadi.
Birinchi bosqichning maqsadi bolaga ogizdan uzoq nafas chiqarishda ovozni jalb qilishni orgatish.
Ovozni jalb qilishni unli tovushlar artikulyatsiyalarida mashq qilish mumkin. Ammo bu boradagi ishni undosh f tovushi talaffyzidan boshlash maqsadga muvofiqdir (bola f va v tovushlarini differensiatsiya qilishi mumkin). V tovushini talaffuz qilish chogida ovozning ishtirok etganligini aniqlash uchun bola jarangsiz f va jarangli v tovushini talaffuz qilishda halqumning harakatidagi farqni kuzatishi lozim. Buning uchun taktil - vibratsiya nazoratidan foydalaniladi. Bolaning korsatuv barmogi logopedning bogziga (qalqonsimon kemirchakning ustiga) qoyiladi. Logoped f tovushi talaffuzida ovozsiz nafas olganda halqum yumshoq, ovoz qoshib talaffuz qilganda esa (v tovushini) halqum taranglashadi va oldinga harakatlanadi. Ushbu zoriqish, taranglik ovoz eshitilib turgan butun jarayon davomida ushlab turiladi. Ushbu holat mexanizmi bolaga qulay shaklda tushuntiriladi, yani bu zoriqishning sababi Shundan iboratki, ovoz toqimalari, birikmalari yaqinlashadi va halqumni oldinga harakatlantiradi. Bola bu jarayonni ozida ham kuzatishi (korsatish barmogini halqumga qoygan holda) va uni eslab qolishi lozim.
2-bosqich - ushbu bosqichda ogizdan nafas chiqarishning ikkinchi turi, yani ogizdan qisqa nafas chiqarish shakllantiriladi.
Bolaning diqqat-etiborini chiqarilayotgan havo oqimining bir lahzalik va keskinligiga, shiddatliligiga qaratish lozim.
Nafas chiqarishning ushbu turini ozlashtirish p, b, t, d, k, g tovushlarining shakllanishi jarayonida yuzaga keladi.
P tovushini talaffuz qilish uchun bola lablarini yumgan holda Shunday nafas olishi kerak-ki, chiqarilayotgan havo oqimi shiddatli, tez bolib, kaftdan paxtani surib yuborsin. Shundan keyin shu tarzdagi nafas chiqarish qayd qilinadi, ammo bu safar b tovushi uchun ovozning ishtirokida amalga oshiriladi (ovoz ishtiroki ustidan nazorat ham shu singari).
T tovushini talaffuz qilishda esa asosiy etibor yuqori tishlar orqasidagi tilning holatiga va uning yuqori alьveolalarga mustahkam siqilganligiga qaratiladi.
Shundan keyin t va d tovushlari ustida ish olib boriladi. K tovushi uning artikulyatsiyasini yozish va ko‘rsatish asosida amalga oshiriladi.
Bolaga tilning uchini til ostidagi birikma oldiga harakatlantirib va ushlab, ogzini sekin yopgan holda ogizdan nafas chiqarish taklif qilinadi. Ushbu artikulyatsiyani birmuncha obrazli qilib tasvirlash uchun bola tilini oz qolining mushtini bukkani singari bukishi (qoli bilan pastga) mumkin deb tushuntiriladi. Agar bu holat muvaffaqiyatli chiqmasa k tovushini t tovushidan farqlashdagi singari umum qabul qilingan metodikadan foydalanish mumkin. Shundan keyin g tovushini hosil qilish ustida ish olib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |