Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi.
Unli tovushlar artikulemalari quyidagi izchillikda shakllanadi: a, e, o, u, i, ya, ye, yu. Ya, ye, yo, yu tovushlari y tovushining tegishli unli tovush (a, e, o, u) bilan qoshilishidan hosil boladi. Y tovushi diftongning birinchi qismida ham, ikkinchi qismida ham nafas chiqarishning yonalishini kuzatib borishga yordam beradi.
Undosh tovushlar. Unli tovushlar artikulemalari bilan tanishgandan keyin jarangsiz undosh tovushlar artikulemalari asosida ogizdan nafas chiqarishni rivojlantirish boyicha mashqlar boshlanadi. Unlilar artikulemalari ustida ishlash ularni shivirlab talaffuz qilishda davom ettiriladi.
Bunday izchillik ogizdan erkin nafas olish konikmasini mustahkamlash va talaffuz organlari faollashganda tovushlarni avtomatlashtirish imko-nini beradi.
Bolaning butun diqqat-etibori artikulema va ogizdan nafas chiqarishning yonaltirilganligiga qaratiladi. Eshitilishiga esa diqqat jalb qilinmaydi. Bolada jarangsiz undosh tovushlarning artikulyatsiya ukladini logoped artikulyatsiyasiga korish taqlidi, ogzaki tushuntirish asosida hosil qilish mumkin (lablarning, tilning holati va ogizning ochilish darajasi yozib beriladi). Bola tovush jarangini eshitmasligi lozim.
Ishning tayyorgarlik bosqichida jarangsiz frikativ undoshlar quyidagi izchillikda shakllanadi: f, s, sh, x.
Undosh tovushlarni shakllantirish ishlari artikulyatsiyasi buyicha nisbatan qulay bolgan f tovushidan boshlanadi. Ushbu tovushni talaffuz qilishning davomiygi bolaning etiborini ogizdan nafas chiqarishga qaratish va nazorat qilib borishga imkon beradi.
Portlovchi tovushlar guruhi bu borada birmuncha murakkabdir. Shuning uchun ular ustida ishlash kechroq otkaziladi.
II. Asosiy davr. Bu davrda 3 bosqich boyicha quyidagi ishlarni olib borish nazarda tutiladi:
1-bosqich ogiz orqali uzoq nafas chiqarishda ovozni qoshish;
2-bosqich portlovchi undosh tovushlarni realizatsiya qilishda ogizdan qisqa nafas chiqarishni shakllantirish;
3-bosqich sanor tovushlar va affrikat tovushlar guruhi talaffuzini shakllantirishda uzun va qisqa xarakterdagi ogizdan hamda burundan nafas olish va chiqarish differensiatsiyasi.
Bu davrdagi mashgulotlardan kozlangan maqsad ham birinchi bosqichdagi singari, yani artikulemalarni rivojlantirish bilan bir vaqtda togri nutqiy nafas olishni shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |