Ushbu davrdagi mashgulotlarning asosiy maqsadi artikulyatsiyani ozlashtirish bilan parallel ravishda togri nutqiy nafas olishni shakllantirishdan iborat. Ushbu davrni shartli ravishda ikki bosqichga bolish mumkin:
a) burun va ogizdan nafas olish hamda chiqarish differensiyasida nutqiy nafas olishni shakllantirish;
b) unli tovushlar artikulyatsiyasi (ovozni qoshmasdan turib) va frikativ jarangsiz undosh tovushlar artikulyatsiyasini realizatsiya qilishda uzoq muddatli ogizdan nafas olishni shakllantirish.
g bosqichda nutqiy nafas olishni shakllantirish ishlari olib boriladi.
Tayyorlov davrida ushbu ishlar faqatgina ogizdan uzoq nafas olishni shakllantirish bilan chegaralanadi.
Diafragmal nafas olish togri nutqning shakllanishi uchun mahsuldor hisoblanadi.
1-bosqich talimning dastlabki davrida logoped kaftini bola belining ong yonboshi tepasiga qoygan holda fiziologik nafas olishning turini aniqlab olishi lozim. Agar bolaning nafas olishi qovurgadan pastda bolsa, logoped ozining nafas olishini bolaning nafas olish ritmiga moslashtiradi. Buning uchun bolaning kaftini ozining yonboshiga qoygan holda oqituvchi ozining kafti bilan uning nafas olishini tekshiradi. Bola nafas olayotganida logoped qovurgalarning harakatini his qilgan holda va unga taqlid qilgan holda qovurga ostidan nafas olishga otadi. Ogiz yopiq turgan holda togri erkin nafas olish yolga qoyilishi bilan ogizdan va burundan nafas olish differensiyasiga otish mumkin. Oquvchiga shu narsa tushuntirilishi lozimki, nafas olish, chiqarish va ularning qoshilishining har xil turlari mavjud: ogiz yopiq bolganda nafas olish va chiqarish burun orqali amalga oshiriladi; ogiz ochiq bolganda esa nafas olish va chiqarishning har xil korinishlari amalga oshiriladi. Bolaga shu narsalar tushuntirilgandan keyin aniq nafas olish mashqlarini bajarish taklif qilinadi. Ularni bajarishdagi izchillik bolaning daftaridagi 1-jadvalda qayd qilinadi.
Nafas olish
(rasmlar)
Nafas chiqarish
(rasmlar)
Burun
Ogiz
Burun
Ogiz
Burun
Burun
Ogiz
Ogiz
Ushbu mashgulotlardan kozlangan maqsad nafas olish va chiqarishning har xil turlarini organish jarayonida diafragmal nafas olish va muntazam erkin nafas olishni mustahkamlashdan iborat. Bundan tashqari, ushbu mashqlar nutqiy nafas olish ritmining asoslarini yuzaga keltiradi. Nafas olishda nutq pauzasi shaklan spontal tarzda amalga oshiriladi, chunki bola nafas chiqarishni amalga oshirishga etibor qaratadi. Bu orinda nafas olishdan nafas chiqarishga otilayotganda burun yoki ogizning ishtirok etishi nazarda tutiladi.
Bunday mashqlar davrida bolani ogiz va halqum boshligi shilliq pardalaridan otuvchi havo oqimini his qilishga orgatib boriladi.
Ogiz orqali nafas chiqarilayotgandagi havo oqimi shu vaqtda ogizning oldiga, kaftga yoki qogozga qoyilgan paxtaning harakati bilan nazorat qilinadi.
Bu orinda biz nafas olishni rivojlantirish boyicha u yoki bu korinishdagi, logopediya amaliyotida tez-tez qollaniladigan maxsus mashqlarni bajarishni (paxtani puflash, rezina oyinchoqlarni puflab shishirish) shart emas deb hisoblaymiz, chunki bunday nafas olishning barcha turlari nutqqa aloqador emas.
Bolaning etibori doimiy ravishda nutqiy nafas olishni va nafas olishda artikulyatsiya organlari holatini togrilashga qaratiladi. Ogizdan nafas olishni togri tashkillashtirish uchun ogiz boshligida tilning holatini ozgartirish maqsadga muvofiqdir. Nafas olish va chiqarishning turlari organilayotganda bolaning etibori artikulyatsiya organlari holatiga qaratiladi, yani ogizdan nafas chiqarishda tilning orqa qismi pastda ushlab turilishi kerak, ogiz esa esnashdagi singari ochiladi. Bu orinda tilning ildizi qoyib yuborilishi lozim. Agar til uchining pastga tomon harakati tilning ildizini yetarli darajada pasaytirmasa, vaqtinchalik tilning tishlar orasidan chiqarishga yol qoyiladi yoki tilning ildizi shpatel bilan bosiladi (bu holat nisbatan kam qollanadi).
Ogizdan togri nafas chiqarish tilning ildizi (ozagi) tushirilganda u yoki bu tovush talaffuzida, keyinchalik esa butun nutqda burun ottenkasini bartaraf qiladi.
2-bosqich.Oralpraksisni rivojlantirish. Diafragmal nafas olishni rivojlantirish boyicha qilinadigan ishlar bilan parallel ravishda unli va undosh tovushlar artikulemasiga oid artikulyatsion apparat gimnastikasi otkaziladi.
Nutqning aniqligi kop jihatdan unli tovushlarning tGғri talaffuziga boғliq. Shuning uchun unli tovushlarni talaffuz qilish vaqtida artikulyatsion organlar holati diqqat bilan kuzatib boriladi. Bu o‘rinda ham asosiy e’tibor til uchining holatiga qaratiladi. Uni dastlabki davrlarda barcha unli tovushlar artikulemasini tayyorlashda pastda ushlab turish lozim. Bu usul ogiz boshligining hajmini kattalashtirishga yordam beradi, hamda havo qatlamining ogiz boshligi orqali otishi uchun imkoniyatlarni taminlaydi. Muskullar, paylar ortasidagi ozaro bogliqlik sababli unlilar artikulyatsiyasida lablar holatining ozgarishi tabiiy yol bilan har bir alohida tovush uchun tilni togri holatga olib keladi. Gimnastika unli tovushlar artikulyatsiyasini organishdan boshlanadi. Bu artikulyatsiya xarakteridagi mashqlar 1-jadvalga kiritiladi.
Tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa ogizdan nafas olishni shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham barcha artikulyatsion mashqlar ovozni jalb qilmasdan amalga oshiriladi. Bola hali ozi bajarayotgan mashqlar unli tovushlar artikulemalari hisoblanishini bilmaydi. Bu vaqtda logopedga artikulemalar ukladini aniqlashtirish va yaxshilash imkoniyatini beradi. SHakllanayotgan artikulyatsiyalarni rinolalik bola sinestetik tarzda eslab qoladi.
Bu holatda artikulema va uning rasmi ortasidagi shartli refletor munosabatlari ornatiladi va u rasmga tayangan holda tovushni shivirlab erkin talaffuz qila boshlaydi. Logopedning tushuntirishi bolani talaffuz organlarining aniq holati bilan, havo qatlamining ogiz orqali yonaltirilishi bilan shakllantirib boriladi.
Artikulemaning shakllanishida mashqlarni ortiqcha zoriqishlarsiz bajarishga etibor qaratish hamda yuz va mimik muskullar sinkneziyasining paydo bolishiga yol qoymaslik lozim.
Artikulyatsion gimnastika tamoyili qoshimcha artikulyatsion mashqlar (bevosita nutq tovushlari, artikulemani yuzaga keltirmaydigan) dan foydalanishga imkon beradi. Masalan, bolada rinolaliya va dizartriya qoshilganda til yuqoriga kotarilganda u chap tarafga ketadi. Bu tilning ong tomonidagi paylar chap tarafdagiga nisbatan kuchsizroq ekanligidan darak beradi. Bu orinda tilning ong tarafidagi paylar kuchini rivojlantirish va mustahkamlashga oid tegishli mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Buning uchun bolaga tilni tishlarning chap tomondagi pastki va yuqori qismiga tekkizish, til bilan chap lunjni siypalash taklif qilinadi. Bu esa tilning ong tomonidagi paylarga koproq vazifa yuklaydi. Tilning chap tomonidagi paylar zaifligida korsatilgan barcha mashqlar tilning chap tomoniga koproq vazifa yuklashni hisobga olgan holda bajariladi. Qarama-qarshilikni bartaraf qiluvchi mashqlar samarali hisoblanadi. Masalan, tilning ong tomoni nisbatan zaif bolganda boladan tilni chiqarish va chap tarafga yonaltirish soraladi. Bunga logoped tilning ong tarafi paylariga koproq vazifa yuklash uchun shpatel bilan tilni bosgan holda qarshilik korsatadi.
Artikulyatsiya paytida til, lablar va yuz muskullarini, paylarning erkin harakatini yaxshilash uchun bolaga qayerda va qaysi muskulni nisbatan zoriqtirish haqida sozlab berish maqsadga muvofiq. Bola bu jarayonda ishtirok etayotgan organlar harakatini his qilishi, Shuningdek, bu holatni kinestetik tarzda va oynadan foydalangan holda eslab qolishi lozim.
Bu holatni bola yana ham aniqroq his qilishi uchun bolaga mexanik tarzda yordam berish mumkin. Masalan, tilni sterillangan doka salfetka bilan ushlagan holda kerakli til ukladi amalga oshiriladi.
Artikulyatsion praksisni shakllantirishda artikulyatsiya organlari paylari ortasidagi ozaro bogliqlikni hisobga olish lozim boladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, malumki, korinishdagi artikulyatsiya ukladini shakllantirish uchun tilni ogizning chuqurroq tomoniga harakatlantirish kerak. Buning uchun ogiz burchaklari mexanik usul bilan oldinga harakatlantiriladi. Aksincha, ogiz burchaklari chekkaga harakat qilinganda til oldinga harakatlantiriladi.
Korsatilgan usullarni korish nazorati yordamida amalga oshirish lozim (oyna oldida mashq qilish nazarda tutilmoqda).
Bu esa oz navbatida bolaga u yoki bu paylar guruhining harakatini va Shunga tegishli paylar zoriqishini va ularni ozaro differensiatsiya qilishni his qilishga va anglashga yordam beradi.
Shunday qilib, logopedik ishlarning tavsiya qilinayotgan tizimida artikulyatsiya organlarining maxsus gimnastikasidan foydalaniladi (faqatgina nutq tovushlari uchun zarur boladigan harakatlar mashq qilinadi); shu bilan bir vaqtda artikulyatsion praksisni rivojlantirishga yordam beradigan qoshimcha mashqlar ham kozda tutiladi.
Artikulyatsion praksisni rivojlantirish nutqiy nafas olishni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.