«INTERconnected NETworks»ning qisqartirilgan nomi) — inson hayotining ilk
29
bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning
xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri
hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi.
Global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, no-
sog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa
o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin.
Ushbu qo‘llanma Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan
Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida
tayyorlangan bo‘lib, asosan tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga yetmaganlar
va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan.
Maqsad — bolani Internetdan ajratib qo‘yish emas, balki uning kamol topishi
uchun mukammal vositalar yaratish.
Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola
tarbiyaga oid xulq-atvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini
ko‘proq aynan Internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota-onalar
farzandining kompyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin
yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-xatarlar va
tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar
tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavf-xatarlar va
tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida
va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, Internetda ishlash paytida ularni esda tutish va
e’tibor qaratish so‘raladi.
XAVF-XATARLAR — ularning tarmoqda uchta asosiy turi mavjud:
Kontent xavfi — yosh avlodning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir
etuvchi (matnlar, tasvirlar, audio, videofayllar, havolalar) noqonuniy, axloqsiz va
zararli bo‘lgan turli axborotlarning (zo‘ravonlik, yovuzlik, hayosizlik, odob-axloq
me’yorlariga zid so‘zlashuv, irqiy, diniy va millatlararo nizolarni keltirib
chiqaruvchi, terrorizm va diniy ekstremizm, narkotik va psixotrop moddalar
targ‘iboti, joniga qasb qilish, taqiqlangan o‘yinlar) Internet tarmog‘ida doim
mavjud.
30
Kommunikatsion xavf — Internet tarmog‘ida noma’lum (yaxshi tanish
bo‘lmagan) shaxslar bilan muloqot jarayonida paydo bo‘ladi. Tarmoqdagi anonimlik
va javobgarlikka tortilmaslikni anglash hissi ko‘p foydalanuvchilar tomonidan xaqo-
rat, qo‘rqitish, kiberbulling, xiralik hamda shantaj qilish kabi holatlarga yo‘l ochadi.
Texnik xavf — zararli dasturlardan foydalanib (virus, bot, ayg‘oqchi
dasturlar), dasturiy mahsulotlarga zarar yetkazish, maxfiy va shaxsiy axborotlar yoki
shaxsga oid ma’lumotlarni o‘g‘irlash, kiberfiribgarlik.
TAHDIDLAR — mutaxassislar tomonidan umumjahon «o‘rgimchak to‘ri»da
bolalar duch keladigan va ularning ruhiyatiga so‘zsiz salbiy ta’sir etishi mumkin
bo‘lgan tahdidlarning asosiy turlari tasniflanib berildi.
1.
Mazmunan zo‘ravonlik, yovuzlik, hayosizlik, axloqsizlik, Internetdagi
qimor o‘yinlar, narkotik moddalar to‘g‘risida axborot, huquqbuzarlik, irqiy nafratla-
nishga oid sayt va materiallarga (foto, video, audio va bosma materiallar) oson kira
olish imkoniyati.
2.
Notanish kishilar bilan elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va turli
shubhali forumlar
vositasida muloqotlar qilish, turli yozishmalarni amalga oshirish.
3.
Bolalar Internetdan foydalanganda duch kelishi mumkin bo‘lgan
holatlar, ya’ni nazorat qilinmaydigan jarayon Internet orqali xarid qilish va onlayn
o‘yinlarda nazoratsiz vaqt o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: