bilan band bo‘lib, menga xalaqit bermasin», deya uni global tarmoq bilan yolg‘iz
qoldiradilar. Bunday holatlar bolalarning Internetdan nazoratsiz foydalanishining bi-
rinchi qadami hisoblanib, oqibatda, bolalar o‘z ota-onalarini tinglamay, ularni aldash
murakkab davrida o‘spirin o‘zini ko‘rsatish va jamiyatda o‘z o‘rnini egallash
31
yo‘llarini izlaydi. Mustaqil bo‘lish kayfiyatiga ehtiyoj sezadi. Ushbu yo‘lda Internet
tarmoqlarida tarqalayotgan va targ‘ibot qilinayotgan aksilmadaniyat tizimi, xususan,
«got», «emo» va boshqa submadaniyat oqimlari, diniy-ekstremistik oqimdagi
mafkuralar hali shaxs sifatida barqaror shakllanib ulgurmagan yosh avlodga katta
xavf tug‘dirmoqda. Bundan tashqari, tarmoqlarda odob-axloq me’yorlariga zid
so‘zlashuv, tushkunlik, insoniyatga nafrat, jinoyat olamiga xos mazmundagi
qo‘shiqlarni ham uchratish mumkin. Ayrim qo‘shiqlarda jamiyatga qarshi borish,
qonunlarga hurmatsizlik, nizolar, jinoyat, suiqasd, narkotik moddalari iste’moli
kabilar ham mavjud. Ularning ijobiy jihati mutlaqo bo‘lmagani bois, ularga ortiqcha
ta’rifga hojat yo‘q.
3.
Anonim Internet-muloqotlar. Ta’kidlash lozimki, onlayn muloqot
o‘zining tabiati bilan jonli muloqotdan tubdan farq qiladi. Bu erda mutlaqo o‘zgacha
xulq me’yorlari, etika standartlari, farqli mezonlar amal qiladi. Forumlar, chatlar,
hamjamiyatlarda noma’lum shaxslar bilan muloqot qilishga to‘g‘ri keladi.
Anonimlik holati foydalanuvchilarga Internetda real hayotda ayta olmaydigan
fikrlar va harakatlar sodir qilishga izn beradi. Anonim muloqotlar haqorat,
kiberbulling, kamsitish va xiralik qilish singari harakatlarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Bolalarning xavfsizligi, ma’naviy va jismoniy sog‘ligi nuqtai nazaridan
qaralganda, farzandlarining Internet orqali tanishuv masalalarini ota-onalar nazorat
qilishlari lozim bo‘lgan jihatlardan biri hisoblanadi.
4.
Shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotish — bu Internet tarmog‘i
foydalanuvchilarining (bolalar va o‘smirlar) o‘ta ishonuvchanligi va ochiqligi bois
sodir bo‘ladi. Ushbu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tish paytida, onlayn
xaridlar qilayotganda, chat va forumlarda anketalarni to‘ldirish chog‘ida kuzatiladi.
Shaxsiy ma’lumotlar to‘plami yovuz niyatli kishilar uchun juda qulay o‘lja bo‘lib,
bundan ular o‘zlarining g‘arazli va noqonuniy maqsadlarida foydalanishlari
mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlardagi akkuantlar
(sahifalar) shaxsiy ma’lumotlar yo‘qoladigan (o‘g‘irlanadigan) asosiy joy bo‘lib
hisoblanadi. Ko‘p sonli yosh foydalanuvchilar o‘z akkauntlarida erkin foydalanish
32
uchun barcha ma’lumotlarni, ya’ni tug‘ilgan kuni va ismini (telefon raqami,
maktabi, yashash manzili, qaysi joylarda bo‘lishni yaxshi ko‘rishini, kayfiyati va
xarakterini yozishni xush ko‘radi), shu jumladan, katta hajmda fotosuratlarni ham
joylashtiradi.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: