2) 10–13 yosh, mazkur davr o‘ta muhim bo‘lib, bola uchun o‘tish davrining
eng murakkab payti hisoblanadi. Ushbu yoshdagi bolalar ko‘p narsani tushunishga
harakat qiladigan va qiziquvchan bo‘ladilar. Internet tarmog‘ida o‘yinlar va
axborotlarni izlash bilan bir qatorda, ushbu yoshdagilar do‘st va tanishlar topish
maqsadida ijtimoiy saytlar va chatlardan faol foydalanishadi.
3) 13–16 yosh. Mazkur toifa o‘smirlardan iborat. Ushbu toifadagi o‘smirlar,
shaxs sifatida va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida aynan shu yoshda shakllanishi
bois, faoliyat doirasining qamrovi kengligi va alohida e’tibor talab etishi bilan ajralib
turadi. Bu toifadagi o‘smirlar Internetdan faol foydalanadilar. Internet ular uchun
ulkan axborot manbasi, tengdoshlari va do‘stlari bilan muloqot vositasi, shu
jumladan, vaqtichog‘lik qilish imkoniyati hamdir. Yoshlarning aksariyat qismi
ijtimoiy tarmoqlardan va tezkor xabarli ilovalar (messenjerlar)dan foydalanadi.
Mazkur yoshdagi eng katta muammo — bu ota-onalar tomonidan
«bolalarimiz ulg‘aydi» qabilida ularni to‘la nazorat qilmaslikdir. Bu yoshni yana
«axborot ochligi» yoshi, deb ham atash mumkin. Bu davrda bolalar ulg‘ayib, barcha
narsalar haqida ko‘proq bilishni xohlaydilar. Onlayn muloqotga kirish ular uchun
kundalik hayotining bir qismi hisoblanadi.
35
Bugungi kunda bolalar va o‘smirlarlarning Internet tarmog‘idan foydalanish
vaqtini tartibga soluvchi norma ishlab chiqilmagan. Mutaxasissislarning fikrlari bir-
biridan farq qiladi. Aksariyat ruhshunoslar, shifokorlar va pedagoglarning fikricha,
Internet tarmog‘idan foydalanish vaqti quyidagicha taqsimlanishi lozim:
7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat
10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat
13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat
Ta’kidlash joizki, bu vaqt oralig‘ida ekran qarshisidagi bola kamida 10 daqiqa
tanaffus qilishi kerak. O‘smirlar va bolalarni kompyuter qarshisida, jumladan,
Internet tarmog‘ida vaqt o‘tkazishining yuqoridagi kabi taqsimlanishidan maqsad
«Internetga qaramlik», ko‘rish qobiliyatining pasayishi («quruq ko‘z» sindromi),
umurtqa pog‘onasining qiyshayishi (skalioz), qomatning buzilishi (bukchayish) kabi
kasalliklardan asrashdir.
7–10 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar
qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida
o‘zingiz aniq tasavvurga ega bo‘ling;
notanish saytlarga kirmang, notanish havolalarga o‘tmang, bunday veb-saytlar
havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang;
agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan, katta
yoshdagilarga mo‘ljallangan kontentdan iborat saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib
keting;
fayllarni yuklamang va joylashtirmang (bu o‘rinda katta yoshdagilar yordamiga
tayaning);
shartlarni qabul qilmang, anketa to‘ldirmang, boshqa talablar so‘ralganda esa rad
eting;
siz tez-tez foydalanayotgan to‘g‘ri va haqqoniy kontentga ega resurslarni
«tanlanganlar»ga qo‘shing;
sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela
boshlasa, ularni javobsiz qoldirib, blokirovka qiling.
36
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-
onangiz bilan muhokama qiling.
Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar:
bolalarga Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish
mumkin emasligini tushuntiring;
bolangizning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklang, u kompyuter qarshisida bo‘lgan
paytda mumkin qadar birga bo‘ling;
nomaqbul saytlarni brauzerning «qora ro‘yxat»iga kiritib qo‘ying. Ko‘pchilik
dasturiy mahsulotlar (shu jumladan, brauzerlar) antivirus himoyasiga ega bo‘lishi
bilan bir qatorda, ota-onalar nazorati funksiyasiga ham egadir. Shu bois, ular
bolalaringiz Internetda bo‘lgan chog‘larida himoyachi vazifasini bajara oladi;
agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi
dasturlari (messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga
notanish yoki ishonib bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar
yuborishning xavfli tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga
duch kelishi mumkinligi haqida uqtiring;
Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘di-
rayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib
borishini so‘rang.
10–13 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar
qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida
o‘zingiz aniq tasavvurga ega bo‘ling;
notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish
odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb-
sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang;
agarda siz bilmay yoki adashib, «bolalarga mo‘ljallanmagan» ma’lumotlar, video,
audiomateriallar (hayosizlik, zo‘ravonlik, yovuzlik) mavjud bo‘lgan saytga kirib
qolsangiz, tezda chiqib keting;
notanish fayllarni yuklamang va ularni ota-onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang;
37
kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli xil havolalar tomonidan muayyan talablar
so‘ralganda, ularni rad eting, anketani to‘ldirmang, shartlarini qabul qilmang;
shaxsingizga oid ma’lumotlarni maxfiy saqlang. O‘zingizga tegishli bo‘lgan
shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana) ochiq foydalanish
mumkin bo‘lgan tarmoqlarda joylashtirmang;
parolni sir saqlang, oshkor qilmang, do‘stlar va tanishlaringizga bermang.
Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin;
agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar
bo‘lgan chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning;
onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot
bo‘ling. Agar notanish yoki ikkilantirayotgan shaxs sizga do‘stlik taklif qilsa,
qabul qilmang. Suhbatdoshingiz o‘zi haqidagi haqiqiy ma’lumotlarni yashirib,
o‘zini boshqa shaxs sifatida ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin;
sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela
boshlasa, haqoratli va tahdidli murojaatlarni javobsiz qoldirib, blokirovka qiling.
Ularning ta’siriga tushib qolmang.
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-
onangiz bilan muhokama qiling.
2.3-rasm. 10-13 yoshgacha bo’lgan bolalarning qiziqishi.
Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar:
38
bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy
oqibatlari, Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish
mumkin emasligi haqida tushuntiring;
bolaning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklab qo‘ying, u kirayotgan resurslarni
nazorat qiling yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda mumkin qadar birga
bo‘ling;
agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi
dasturlari (messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga
notanish yoki ishonib bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar
yuborishning xavfli tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga
duch kelishi mumkinligi haqida uqtiring;
agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqchi bo‘lsa, unga o‘zingiz
akkaunt yaratib bering (login va parolini bilgan holda), sahifasiga qanday ma’lu-
motlarni joylashtirishini nazorat qiling;
bolangizning virtual olamdagi barcha do‘stlari haqida xabardor bo‘lib boring.
Onlayn do‘st bilan haqiqiy hayotda yolg‘iz uchrashish mumkin emasligini unga
uqtiring;
zararli saytlarni brauzerning «qora ro‘yxati»ga kiritib qo‘ying yoki kompyuterga
ota-ona nazorati funksiyasini o‘rnating. Ushbu dastur siz bo‘lmagan chog‘da ham
bolangiz tomonidan zararli saytlarga kirish holatlarini cheklaydi;
Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘di-
rayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib
borishini so‘rang.
13–16 yosh toifasidagilarni himoyalash yuzasidan takliflar
qidiruv tizimidan foydalanayotganingizda faqat o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan
axborotni izlang;
ishonchli manbalar va tekshirilgan saytlarning axborotlaridan foydalaning.
Axborotni boshqa ishonchli manbalar orqali ikki karra tekshirib ko‘ring;
kam tanish bo‘lgan yoki sizda shubha uyg‘otayotgan veb-saytlarga kirmang;
39
notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish
odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb-
sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang;
agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan nomaqbul
kontent (video, audio, foto yoki boshqa ma’lumotlar)ga ega saytga kirib qolsangiz,
tezda chiqib keting;
kam tanish bo‘lgan yoki tekshirilmagan resurslardagi fayllarni yuklamang va ota-
onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang;
oxirigacha o‘qimay turib, taklif etilayotgan shartlarga rozi bo‘lmang va qabul
qilmang;
kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli havolalardagi anketa va boshqa talabnomalarni
to‘ldirmang;
o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana)
ochiq foydalanishdagi tarmoqlarda joylashtirmang. Shaxsiy ma’lumotlar maxfiy
saqlanishi lozim;
esingizda bo‘lsin, Internet bu sizning «qoldirgan raqamli izingiz». Bu yerda siz
joylashtirgan barcha shaxsiy ma’lumotlar, video, audio roliklar yoki tasvirlar
doimiy saqlanadi. Boshqa foydalanuvchilar tomonidan mazkur ma’lumotlaringiz
g‘arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin;
do‘stlaringiz va tanishlaringizga parol va loginingizni oshkor qilmang. Ularni sir
saqlang. Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin.
agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar
bo‘lgan chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning;
onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot
bo‘ling. Agar notanish kishi sizga do‘stlik taklif qilsa, qabul qilmang.
agarda sizga notanish kishilardan yoki saytlardan spam-xabarlar kela boshlasa,
ularni ochmasdan va o‘qimasdan o‘chirib tashlang. Ularda viruslar bo‘lishi
mumkin;
agarda sizni tarmoqda kimdir haqoratlasa yoki tahdidli xabarlarni jo‘natsa,
ularning ta’siriga berilmang, murojaatlarini javobsiz qoldirib, blokirovka qiling.
40
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-
onangiz bilan muhokama qiling.
Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar:
imkon qadar bolaning tarmoqda bo‘lish vaqti va u kirayotgan resurslarini nazorat
qiling yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda birga bo‘ling;
bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy
oqibatlari, Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish
mumkin emasligi haqida tushuntiring;
farzandingizga uning onlayn do‘sti aslida, o‘zi tasvirlayotganday emas, butunlay
boshqa shaxs bo‘lib chiqishi mumkin ekanligini tushuntiring;
agarda bolangiz virtual do‘sti bilan real hayotda uchrashishni xohlasa, bunday
holatda, ehtimoliy dilxiralikning oldini olish maqsadida, biror-bir yaqin (katta
yoshdagi) kishi bilan birga uchrashuvga chiqishi lozimligini tushuntiring;
katta yoshdagilar bilan maslahatlashmasdan Internet-magazin orqali xarid
qilmaslik kerakligini bolangizga tushuntiring;
agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, o‘z akkauntiga joylashtirib
borayotgan ma’lumotlar bilan tanishtirib borishini so‘rang, login va parolidan
xabardor bo‘ling, o‘z sahifasiga qanday axborotlarni joylashtirayotgani va
foydalanayotganini nazorat qiling;
Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘di-
rayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib
borishini so‘rang.
Mazkur qo‘llanmada Internet makonida uchraydigan xavf-xatar, tahdidlar va
tahlikalar haqida so‘z yuritilgani oqibatida, o‘quvchida Internetning zararli va
buzg‘unchi vosita ekanligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘onishi ehtimoli ham
mavjud. Aslida esa, unday emas. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli
axborotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan shaxsda turli
sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. Ota-onalarning vazifasi «virtual olamning»
barcha ijobiy jihatlari bilan farzandlarini tanishtirish va o‘rgatib borish hisoblanadi.
Buning uchun barcha axborotlarni ota-onalar, avvalo, chuqur tekshirishi va buni
41
farzandlariga ham o‘rgatishi, ularni chinakam ulkan ilm va yuksak san’at namunalari
bilan tanishtirib, ularda dunyo qiyofasiga mos bo‘lgan qadriyatlar tizimini
shakllantirishi lozim bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, yosh foydalanuvchilarda
Do'stlaringiz bilan baham: |