Xulosa.
Internetdagi global tarmoqlarda foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda
foydalanuvchilarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborotlar ham
tarqatilmoqdaki, ular bugun xalqaro hamjamiyatni tashvishga solmoqda.
Bularning keng tarqalgani hayosiz mazmundagi materiallar bo‘lib, shunday
mazmundagi veb-saytlar soni 4,5 milliondan oshdi. Ayrim kimsalarning ushbu
daromad manbaidan dunyodagi 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn tarzda
foydalanishmoqda.
Jahonning 41 foiz yoshlari shafqatsizlik, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi
materiallar ta’siriga tushayotgan bo‘lsa, yana bir qanchasi o‘z joniga qasd qilishni
targ‘ib qiluvchi 9 mingdan ziyod saytlar orqali osongina jon taslim qilish
"saboq"larini o‘rganishyapti.
So‘nggi yillarda terrorchi tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan
veb-saytlarning soni 7000 dan oshdi. Ular millatchilik ruhidagi va ma’lum bir
davlatning amaldagi tuzumiga qarshi qaratilgan noxolis axborotlarni tarqatish bilan
mashg‘ul bo‘lyapti.
Fikrimizcha,
internet
tarmog‘ida
foydalanuvchilar
xavfsizligini
ta’minlashning eng maqbul yo‘li undan foydalanish madaniyatini rivojlantirish
hisoblanadi. Vaholanki, bugun internet olamida keng uchrayotgan kiberjinoyatlar,
g‘oyaviy va texnik (xakerlik) buzg‘unchiliklar foydalanuvchilarning aynan internet
madaniyati me’yorlariga rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda.
Yoshlarda har qanday fikr va axborotlarni o‘zaro taqqoslash, ma’lumotlarni
filtrlay olish qobiliyati, avvalo, oilada, keyin ta’lim dargohida shakllanadi.
Shu o‘rinda taklif kiritish mumkinki, mahallalarda, ta’lim muassasalarida
axborot xavfsizligi, internetdan foydalanish madaniyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan
davra suhbatlari o‘tkazish, onlayn muhitda yoshlarni asrashga doir qo‘llanmalarni
yoshlar hamda oilalarga bepul tarqatish maqsadga muvofiq.
Ommaviy axborot vositalari orqali mutaxassislar ishtirokida maxsus teleradio
dasturlar, tahliliy maqolalar berib borish lozim. Qolaversa, axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasi tomonidan O‘zbekiston
56
Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmagan
kompyuter o‘yinlari va filmlar ro‘yxatini joylardagi internet-kafelar va klublarga
taqdim etib borish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. O’z farzandlarining axloqi yod
g’oyalar ta’sirida buzilib ketmasligi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz. Har bir bola
bizning bolamizdir. Kelajak yoshlarimizning qo’lida, ularni to’g’ri tarbiyalash
nafaqat ota-ona, o’qituvchi balki hammamiznikidir.
Shuni ham aytish joizki internet tarmog’idagi madaniyatni rivojlantirish
axborot xavfsizligi, tarmoq administratori, rejissor, boshlang’ich ta’lim, yoshlar
psixologi kabi yo’nalishli kasbning muammosi emas, bu umumiy birlashgan holda
ishlab chiqilishi zarur bo’lgan tizim yoxud texnologiya asosisda amalga
oshiriladigan loyihadir.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |