O‘yinlarga qaramlik. Onlayn o‘yinlar haqiqatan ham qiziqarli, ularning
yaratuvchilari bolalar o‘yin jarayonida ko‘proq vaqt davomida qolib ketishlari uchun
barcha choralarni ko‘rib qo‘yishgan. Zamonaviy onlayn o‘yinlarda ma’lum
bosqichlardan o‘tish va o‘yin qahramonlarini takomillashtirib borish uchun ko‘p
vaqt talab etiladi va bu jihatlar, o‘z navbatida bolalarning o‘yin jarayonida uzoq vaqt
qolib ketishlarini ta’minlaydi. O‘spirinlar o‘zlarini namoyon qilishga ehtiyoj
sezganlari bois, bunday imkoniyatni aynan ana shunday onlayn o‘yinlardan
axtarishadi. Bu holatlar esa bolani ruhiy qashshoqlashuviga, o‘yinga qaram bo‘lib
qolishiga olib keladi. O‘yinlarga qaram bo‘lib qolib, ko‘p bolalar ovqatlanish, dars
tayyorlashni unutib, uyqusizlikka ham duchor bo‘ladilar.
6.
Zararli dasturlar (viruslar, spamlar, josuslik dasturlari, fishinglar)
orqali dasturiy mahsulotlarni shikastlash. Firibgarlar aksariyat hollarda yosh
foydalanuvchilarning ishonuvchanlik va turli xil hujumlar haqida bexabarligidan
foydalanib, ularning kompyuteriga o‘zlarining zararli dasturlarini kiritishga
erishidilar. Shu bois, notanish havolalarga o‘tish, noma’lum saytlardan dasturlar va
multimedia fayllarni yuklab olish, notanish «do‘stlar»dan kelgan xatlarni o‘qish, o‘z
navbatida, kompyuterni virus bilan zararlanishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
Kompyuter virusi — zararli dastur turi bo‘lib, o‘zining nusxalarini yarata oladi
va boshqa dasturlar kodiga kirib, turli aloqa kanallari orqali o‘zining nusxalarini
tarqata oladi. Virusning maqsadi — kompyuterni ishdan chiqarish, fayllarni
o‘chirish, foydalanuvchi ishini to‘sish va h.k.
Josuslik dasturlari — kompyuterga uning konfiguratsiyasi, foydalanuvchi,
uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun yashirin tarzda o‘rnatiladigan
bo‘lib, u, shuningdek, sozlash tizimini o‘zgartirish, foydalanuvchiga bildirmagan
33
holda dasturlar o‘rnatish va uning xatti-harakatlari haqida tegishli joyga
ma’lumotlarni yuborib turish singari boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Spam — zararli materiallarni o‘z ichiga olgan xatlarni ommaviy tarzda
jo‘natish.
Fishing — odatda rasmiy xabar niqobi ostidagi xat yoki havola. Jabrlanuvchi
shaxs aldovni sezmasligi uchun sayt yoki xabar aslidagidek (rasmiy) ko‘rinishga ega
bo‘ladi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, qolaversa, yoshlarni Internetda
himoya qilishni nazarda tutgan holda, Internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy
maslahatlarni tavsiya qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida
individual shaxs ekanligi va ularga alohida yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar
bolalar va o‘spirinlarni quyidagi toifalarga ajratishdi:
1) 7–10 yosh, bu yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga
to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni
anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi foydalanuvchilarning
aksariyat qismi endigina o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday
muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar.
Multfilm va rang-barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois,
bolalar ko‘p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli 7–10 yoshdagi
bolalarning Internetdan foydalanishini ota-onalar yoki kattalar tomonidan doimo
nazorat qilinishi zarur. Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon
yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu yoshdagi bolalarga muvofiq keluvchi veb-saytlar
ro‘yxatini tuzish yoki filtrlash dasturlaridan foydalangan holda, Internetga
kirishlarini nazorat qilib borish zarur.
Maqsad — ushbu yosh vakillariga Internetdan foydalanishda xavfsizlikka
rioya qilishning asoslari, muloqot etiketi va u yoki bu axborotning to‘g‘riligini idrok
qilishga o‘rgatish.
34
2.2-rasm. 7-10 yoshgacha bo’lgan bolaning qiziqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |