II bob. Internet tarmog’ida elektron ta’lim tizimlarida axborot
xavfsizligini ta’minlash yosh avlodning komillikka erishish poydevori
Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga
xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda
o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada
dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda
yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish
jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi
va Internet tarmog‘i imkoniyatklarining tatbiq etilishi o‘zining samarani oshirish
omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib
borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda
ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon
berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib
hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual
salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar
yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’lim-
tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika
vositalari bilan ta’minlanmoqda.
Shu bilan bir qatorda, olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va
boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga
salbiy
ta’sirga
egaligi
ham
ta’kidlanmoqda.
Ma’lumki,
Internetdan
foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi.
Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega
axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri
foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi,
xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk
inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot
muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, tarmoqdan ayrim
27
xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini olish
va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash
bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan.
2.1-rasm. Yoshlarning internetga qiziqishi.
Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot
xavfsizligini ta’minlash markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Onlayn muhitda
yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma» shubhasiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 7-apreldagi qo‘shma qarori asosida
tasdiqlangan bo‘lib, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Yoshlar ittifoqi
kengashi (Respublika «Kamolot» YoIH Markaziy kengashi) bilan kelishilgan.
O‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan «Onlayn muhitda yoshlarni himoya
qilish bo‘yicha qo‘llanma» voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga
mo‘ljallab, tayyorlangan bo‘lib, bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan
asrash va ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha
tavsiyalar bayon etilgan. Jumladan, qo‘llanmada voyaga yetmaganlar 3 toifaga (7
yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha)
28
bo‘linib, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va
tavsiyalar berilgan.
Qo‘llanmadan mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari va oila muhitida
foydalanib, bolalar va yoshlarni Internet tarmog‘idagi salbiy kontentlardan
himoyalanish usullarini o‘rganishlari, ota-onalar esa farzandlarining Internet
tarmog‘idan to‘g‘ri va samarali foydalanishlarini ta’minlay olish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari mumkin. Qo‘llanmada yoshlarning Internet resurslaridan foydalanish
holatini tahlil qilish, ularda axborot olish va uzatish madaniyatini shakllantirish,
yosh avlodning ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishi,
ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan muhofaza qilish,
xavfsiz internet muhitini shakllantirish va bunga zarur sharoitlar yaratish zarurligi
ta’kidlangan. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, yoshlarga salbiy
ta’sir etuvchi, yoshlar kamolotiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar va
g‘oyalarga qarshi kurashishda ota-onalar ogohligi borasida alohida batavsil fikrlar
bayon etilgan.
Xulosa qilib aytganda, global tarmoqning chegara bilmasligi foydali
axborotlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga
ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham
tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Axborot
xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan Internet tarmog‘ida axborot
xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida tayyorlangan ushbu qo‘llanmaning
mazmuni aynan ushbu masalani hal etish masalalariga yo‘naltirilgan bo‘lib,
tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga etmaganlar va ularning ota-onalariga
mo‘ljallangan. Qo‘llanma yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga molik
bo‘lishiga shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |