Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 4,19 Mb.
bet6/13
Sana07.09.2017
Hajmi4,19 Mb.
#19023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

O’zbekiston islom madaniyatining nafaqat mintaqadagi, balki dunyodagi asosiy markazlaridan biri bo’lishi bilan birga, uning Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlashdagi mavqei e’timodli ekani xorijiy taxdilchilar tomonidan e’tirof etilmoqda. Mintaqada yuzaga kelgan bugungi vaziyat ham mamlakatimizning shunday salohiyatini namoyon qilishni talab etmoqda.

Uchinchidan, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan. Ammo bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmaydi. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o’z mavqeiga ega bo’ladi.

Din va jamiyat hayotidagi dialektik aloqadorlikdan din va davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyil - din sohasida kechayotgan o’zgarishlarni holis va ilmiy o’rganish, bashorat qilish, va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda o’zligini namoyon etadi.

XXI asr ibtidosida diniy ekstremizm hamda u bilan uzviy bog’liq halqaro terrorizm jamiyat barqarorligi, xavfsizligiga asosiy tahdid va bosh omil sifatida o’zini namoyon qilayotgani ham mazkur tamoyilning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyatini ko’rsatadi.

Yurtboshimiz diniy ekstremizm, halqaro terrorizm va radikalizmning oldini olish, ularga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratib, «Biz halqaro terrorizmni ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas dinimiz - islom dini bilan bog’lashdek xavfli niyat va urinishlarni keskin koralaymiz. Bunday oqibati o’ylanmagan va ig’vogarona xatti-harakatlar birinchi galda «Al-Qoida» yoki «Hizbut tahrir» kabi eng ashaddiy ekstremistik harakat va tashkilotlarga qo’l keladi», - deb taьkidladilar.

Ayni chog’da diniy ekstremistik tashkilotlar o’z faoliyatlarida eng vahshiy usullarni qo’llayotganini alohida e’tibor qaratish lozim.

Birinchidan, diniy ekstremistik guruhlar o’z saflariga yetarli hayotiy tajribaga ega bo’lmagan yoshlarni tobora ko’proq jalb qilmokdalar.

Ikkinchidan, ekstremistlar faoliyati borgan sari kengroq jug’rofiy xududni qamrab olmokda.

Uchinchidan, mintaqada jinoiy harakat olib borayotgan diniy-ekstremistik guruhlarning faoliyati tobora radikallashib borayotgani, hususan, asosiy terrorchilik usuli sifatida terrorchi-xudkush (kamikadze)lardan foydalanish va ko’proq qurbonlar bo’lishi nazarda tutilgan jangarilik harakatlari amalga oshirilayottanini ta’kidlash lozim.

To’rtinchidan, ekstremist guruhlar faoliyatida rasmiy harakat yurituvchi siyosiy qanotni shakllaitirish va aholi ichida o’z tarafdorlarini ko’paytirish uchun xayriya ishlariga e’tibor berishmoqda.

Beshinchidan, ularning shiorlari, qo’poruvchilik uchun nishon tanlash va amalga oshirish vaqgi va uslublari xalqaro terrorchilik tizimiga qo’shilganlaridan dalolat bermokda.

O’zbekiston islom madaniyatining nafaqat mintaqadagi, balki dunyodagi asosiy markazlaridan biri bo’lishi bilan birga, uning Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlashdagi mavqei e’timodli ekani xorijiy taxdilchilar tomonidan e’tirof etilmoqda. Mintaqada yuzaga kelgan bugungi vaziyat ham mamlakatimizning shunday salohiyatini namoyon qilishni talab etmoqda.

Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: «Bugungi kunda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash duiyo mamlakatlarini birlashtiradigan asosiy omil bo’lib qolmoqda, XXI asr vabosi bo’lgan ushbu illatga qarshi jahon hamjamiyatining murosasiz kurashini O’zbekiston to’la qo’llab-quvvatlaydi».

Hukumatimiz tomonidan mutaassib g’oyalarni bayroq qilib olgan diniy eketremistik guruhlarga qarshi halqaro darajada va mamlakat ichida qator zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. SHuningdek, respublika rahbariyati Markaziy Osiyodagi barqarorlikni mustahkamlashda mintaqaviy hamkorlini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmokda.

O’zbekiston ekstremizm, terrorizm va separatizm bilan kurashni asosiy maqsad qilib qo’ygan SHanxay hamkorlik tashkilotini (SHHT)ning faol a’zosidir. Ushbu tashkilotning 2004 yili Toshkentda ochilgan Mintaqaviy aksilterror markazi Markaziy Osiyoda xavfsizligini ta’minlovchi muhim omillardan biriga aylanmoqda.

Mamlakatimizda aqidaparastlik g’oyalarining ildiz otishi va «diniy ekspansiya»ga barham berish tizimi takomillashtirilmoqda. Ushbu maqsadda dinii ekstremizm, terrorizm, missionerlik zamirida yotuvchi g’arazli maqsadlarni fosh etishga qaratilgan tadbirlarni tshimli tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

SHu bilan birga ijtimoiy-ma’naviy muhitning doimiy monitoringi va tahlili tizimli hamda tadrijiy olib borilishini tashkil etish, bu sohada turli mutasaddi tashkilot va idoralar, hokimliklar orasidagi amaliy hamkorlikni mustaxdamlash xam o’ta muhimligini ta’kidlash zarur.

Milliy qadriyatlarimizni saqlagan holda xar tomonlama rivojlangan xuquqiy davlat qurishda ayollarning jamiyatdagi o’rniga, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratish, ularning ekstremistik g’oyalarga addanib qolmasliklari, o’z joniga qasd kilish kabi terrorchilik harakatlarini sodir etmasliklari uchun zamin yaratadi.

Diniy ekstremistik oqimlar tarkibida jinoyat sodir etgani uchun mahkum etilganlar va ularning oila a’zolari hamda afv tufayli erkinlikka chiqqan fuqarolarning jamiyatdan ajralib qolmasligiga e’tibor qaratish, mazkur masalada ta’sirchan va samarali tadbirlar tashkil etish ham jamiyatda barkarorlikni ta’minlash yo’lidagi ishlarning uzviy qismiga aylanganda ko’zlangan maqsadlarga erishish mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Markaziy Osiyoning jahon geosiyosiy tizimidagi ahamiyati ortib borayotgan bir paytda mintakada tom ma’noda markaziy o’rin egallagan yurtimizni diniy shiorlarni niqob qilib olgan kimsalardan himoya qilish, asl dinga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirish dolzarb vazifamiz bo’lib qolmokda.


Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish