Qarshi kurashning xukuqiy asoslarini mustahkamlash bu kurashda ilg’or hisoblangan mamlakatlar tajribasida ham alohida o’rin tutmoqda. Masalan, 1958-1999 yillar davomida AQSHda qabul qilingan 40 ta huquqiy akt u yoki bu darajada terrorizmga qarshi kurashning hukuqiy zaminiki mustaxkamlashni ko’zlaydi. Ularning eng muhimlari qatoriga maxsus «Prezident direktivasi» (1995 y.) va «Terrorizmga qarshi kurash haqidagi qonun»ni (1996 y.) kiritish mumkin.
Diniy-siyosiy ekstremizm va terrorizmdan katta talofot ko’rsatib ayrim boshqa davlatlar, jumladan, Isroil, Rossiya, Misr va O’zbekiston ham ana shu yo’ldan bormoqda. Ushbu mamlakatlarda qabul qilinayotgan qonunlar hamda boshqa xukuqiy aktlar tegishli davlat organlari, ayniqsa, xukukni muhofaza qilish muassasalarining tayyorlanayotgan qo’poruvchilik xurujlarini aniklash va ularning oldini olishdagi xuquqparini kengaytirishni ko’zlaydi. Mazkur yo’nalishdagi xalqaro tajribaning amaliy natijalari maxsus aksilterror harbiy bo’linmalarini tuzish, alohida ahamiyatga ega ob’ektlar, jumladan, yadroviy muassasalar, yirik suv xavzalari, ommaviy jamoat joylari himoyasini kuchaytirish, garovga olinganlarni ozod etishning muzokara mexanizmlarini yaratish va muntazam takomillashtirishga qaratilgan texnologiyalarning tug’ilayotganida o’zini namoyon etmokda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2013 yilning 9 may kuni poytaxtdagi xotira maydonida jurnalistlar bilan o’tkazgan suhbatida bugungi dunyodagi mavjud bo’lgan siyosiy muammolarni qurol yo’li bilan hal qilib bo’lmasligini alohida ta’kidlanadi. Darhaqiqat, bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini zo’ravonlik bilan o’zgartirib bo’lmaydi. Ilgari qaysi davlatining harbiy qudrati zo’r bo’lsa, o’sha davlat, dunyoda gegemon bo’lar edi. XX1 asrga kelib ahvol o’zgardi; endilikda qaysi davlatning harbiy qudrati emas, balki uning intellektual salohiyati kuchli bo’lsa, intellektual resurslarga boy bo’lsa, o’sha davlat dunyoda hukmron bo’ladi.
O’zbekistonda shu nuqtai nazardan ilmiy-ma’rifiy salohiyatini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berishmoqda. 2013 yilda mamlakat byudjetining 34 foizi aynan ta’lim sohasiga ajratilganligi bejiz emas. Bunday g’amxo’rlikning natijasi o’laroq, ta’limga e’tibor jihatidan O’zbekiston bugungi kunda dunyoda 2-o’ringa chiqdi. Yoshlarimiz dunyo fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritmoqda. Misol uchun shu yilning 15-24 iyulь kunlari Moskvada bo’lib o’tgan kimyo bo’yicha 45-xalqaro olimpiadada 77 ta davlat ichida O’zbekistonlik yoshlar Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Ispaniya, Yaponiya singari rivojlangan davlatlar vakillarini ortda qoldirib, g’oliblikni qo’lga kiritganligi fikrimizning isbotidir.
Hozirgi davrdagi ilg`or va tajovuzkor g`oyalar, mafkuralar, ularning inson ongi va qalbiga ta`siri. Jahon demokratik mamalakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, namunalari to`g`risida. XX asrda dunyoda g`oyaviy qarama-qarshiliklarning murakkab tus olishi. Jahon maydonlarini bo`lib olishga urinishlar.
Turli mintaqalarda sodir bo`layotgan va insoniyatga xavf solib turgan noxush hodisalarning tahlili. Inson, uning aql-idroki, zakovati va salohiyati. Ijtimoiy taraqqiyot, odam yaxlitligining asosiy omiliga aylanishiga ehtiyojning kuchayishi. Zamon bugun insondan o`z-o`zini anglab olishni taqozo etishi. Tahdidlarni bartaraf etish faqatgina insoniyat zimmasiga tushishi. “Xavf-xatar”, “risk” va “tahdid” tushunchalari, ularning mohiyati,nazariy jihatlari, namoyon bo`lish sabablari.
Manaviy va ma`fkuraviy immunitet tushunchalari, ularning shakllanishi. Hozirda namoyon bo`layotgan xavf-xatar va tahdidlar. Mafkuraviy muammolar va ma`naviy tahdidlar. Ularning jamiyat barqaror taraqiyotiga to`sqinlik qilayotgani.
Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari. Buyuk davlatchilik shovinizmi, panislomizm, pansovetizm Markaziy Osiyo mintaqasida mafkuraviy jarayonlar: narkobiznes, ekologiya tangligi kabi umumbashariy muammolar. Diniy fundamentalizm va ekstremizmning zarari va uning fojiali oqibatlari. Mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash muammolari va vazifalari.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ilohotlarning milliy va umuminsoniy asosga qurilganligi. Islohotlar jarayonida odamlar tafakkuri va dunyoqarashida o`zgarishlarni amalga oshirish. Sub`ektivizm, manfaatparastlik, mahalliychilik, urug` – aymoqchilik kabi o`tmishdan qolgan illatlarni bartaraf etishning mafkura bilan bog`liq vazifalari.
Xalqaro maydonda mafkuraviy, g`oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish. Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish. Turli xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish.
Hozirgi shiddatli va murakkab sharoitda barkamol shaxsni tarbiyalashning o`ziga xos qiyinchiliklari. uning sub`ektiv va ob`ektiv omillari. o`quv muassasalari oldida turgan dolzarb muammolar va uni bartaraf etish yo`llari. Global asri davrida mediata`lim fanini ta`lim tizimiga joriy qilish zarurati. Ta`lim-tarbiya samaradorligining eng muhim natijasi bu yoshlarning hayotda o`z o`rnini topganlik darajasi ekanligi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari.
2. Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asari.
3. Mafkuraviy poligon nima?
4.Barkamol shaxs tarbiyasida milliy-va’naviy qadriyatlarning o‘rni?
4-MAVZUNING QISQACHA BAYONI.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asaridagi g`oyalarning ta`lim tizimidagi ahamiyati.
4.1. Islom Karimov asarlarida ma’naviy taraqqiyot kontseptsiyasining ishlab chiqilishi. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarning mazmun-mohiyati.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» nomli kitobida ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasidagi vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, halqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» asari muallifning «Nafaqat davlat rahbari, avvalambor, buyuk tarix, madaniyat va ma’naviyat egasi bo’lgan xalqimizning bir farzandi sifatida, ana shu bebaho boylikni asrab-avaylash, uni har xil oshkora va pinhona hujumlardan himoya qilish haqida qayg’uradigan bir inson sifatida …» uzoq yillik kuzatuvlari, mushohadalari va hayotiy tajribasi asosida dunyoga kelgan.
Ushbu kitob «…insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshg qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogox etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom va barkamol etib, tarbiyalash bilan bog’liq vazifalarni aniq belgilab olish borasidagi hayotiy ehtiyoj mahsuli sifatida dunyoga keldi».
Prezidenti Islom Karimov asarda ta’kidlaganidek, «…Yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan halq hech kimga hech qachon qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi».
Muallifning ma’naviyat haqidagi, uning inson, jamiyat va davlat hayotidagi o’rni va ta’siri to’g’risidagi ko’p yillik kuzatishlari, fikr-mulohazalarining mahsuli bo’lgan bu asar har tomonlama teran ilmiy va
hayotiy qarashlarga asoslangani bilan ko’pchilikning e’tiborini o’ziga ortadi.
Kitobda ma’naviyat tushunchasining ilmiy-nazariy, tarixiy va zamonaviy tamoyillari har tomonlama chuqur ifodasini topgan, shu bilan birga, bugungi murakkab davrda ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning kuchayib borayotgani va bunday xatarlarning tub ildizlari ko’rsatib berilgan.
“Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.
Ma’lumki, bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo’shliq bo’lmaydi. Bu haqiqat davlatimiz rahbarining oldingi asarlarida ham keng sharhlab berilgan edi.
Mazkur kitobda bu masala yanada chuqurroq tahlil etiladi. Jamiyat hayotida, insonlar ongida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lgan taqdirda uni begona mafkura va qadriyatlar bilan to’ldirishga urinadiganlar albatta topilishi hayotiy misollar orqali isbotlab beriladi.
Bu kitob bugun ostonamizga yopirilib kelayotgan ana shunday xavf-xatarlardan ogoh etib, barchamizni yana bir bor sezgirlik va hushyorlikka da’vat qiladi, el-yurtimiz, yoshlarimizni turli xil mafkuraviy xurujlardan asrash borasida oldimizda turgan vazifalarni aniq-ravshan
belgilab beradi.
Muallif o’z kitobida insonni yuksaltiradigan ezgu fazilatlardan biri bo’lmish ma’naviy jasorat haqida to’xtalib, “bu yorug’ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – bu
ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o’ylaymanki,yanglishmagan bo’lamiz”, – deb yozadi.
SHu ma’noda, bu kitob har birimizni ma’naviy jasorat ko’rsatib, doimo yuksak maqsadlarni ko’zlab yashashga chorlashi bilan, ayniqsa, muhim ahamiyatga egadir.
Ushbu kitobda istiqlol davrida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar, islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida atroflicha fikr yuritiladi.
Muallif haqli ravishda ta’kidlaganidek, “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori, avvalambor farzandlarimizning unib-o’sib,ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi va ertangi hayotimiz bilan chambarchas bog’liq bo’lgan g’oyat muhim va hal qiluvchi masalalar o’rtaga qo’yilgan mazkur asar insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va kuchga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning aniq xavfi haqida har tomonlama mushohada yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni ogoh etish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratishga da’vat etishi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Kitob muqaddima va to’rtta bobdan iborat bo’lib, o’z navbatida ularning har biri kichik bo’limlardan tashkil topgan. Birinchi bob “Ma’naviyat – insonning ulg’ayish va kuch-qudrat manbaidir”, ikkinchi bob “Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish”, uchinchi bob “Ma’naviyatga tahdid – o’zligimiz va kelajagimizga tahdid”, to’rtinchi bob “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb nomlanadi.
Birinchi bobda ma’naviyat, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy omillar, ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kitobning ikkinchi bobida milliy g’oya, o’zlikni anglash, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida mulohaza yuritiladi.
Uchinchi bobda globallashuv davrida ma’naviy olamimizni turli salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash va himoya qilish bilan bog’liq muammolar xususida batafsil mulohaza yuritilgan.
To’rtinchi bobda esa inson va jamiyatning ma’naviy dunyosi, ma’naviyatning hayotimizdagi o’rni va ahamiyati chuqur va atroflicha tahlil qilingan.
Ushbu asar xalqimiz, keng kitobxonlar o’rtasida katta qiziqish uyg’otdi. Asar haqida matbuotda, radio va televidenie orqali ziyolilar, mutaxassislar hamda olimlarning samimiy fikrlari bildirilmoqda.
Bu kitob uni mutolaa qilgan har bir kishini bugungi o’zgarayotgan, globallashayotgan, “ommaviy madaniyat” ta’sirini o’zida his etayotgan dunyoning muhim ma’naviy muammolari xususida o’ylashga, fikr yuritishga va o’zi, kelajagi uchun tegishli xulosalar chiqarishga da’vat etadi. Ya’ni ommaviy madaniyat niqobi ostida kirib kelayotgan xurujlar: 1) moliyaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan ayrim siyosiy kuchlarning g’arazli niyatlarini amalga oshirishda mafkuraviy qurol sifatida “ommaviy madaniyat”dan foydalanilmoqda, 2) odamlar, yoshlarning ongi tafakkuri ma’naviy olamini izdan chiqarishga qaratilgan soxta g’oya mafkuralarni targ’ib qilmoqda, 3)zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlatmoqda, 4)axloqiy buzuqliq va zo’ravonlikni targ’ib qilmoqda.
Vatanimiz mustaqil taraqqiyot yo’liga qadam qo’ygach, milliy siyosatimiz va dunyoqarashimizda ma’naviyat masalalari muhim o’rin tuta boshladi. Ma’naviyat yangicha dunyoqarashni shakllantirish, xalqda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish, buyuk ajdodlar an’anasini davom ettirish borasida ishonchli asos vazifasini bajarmoqda.
Mustaqilligimiz tufayli yangicha ong va yuksak ma’naviyat uchun kurash chinakam davlat siyosatiga aylandi.
O’tgan yillar mobaynida bu yo’nalishda ulkan qadamlar qo’yildi. Xalqimizning ongi va dunyoqarashi tubdan o’zgarmoqda va bu jarayon tobora chuqurlashib, yanada keng miqyos kasb etmoqda .
Ma’naviyatli odam o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Uni shakllantirish, tarbiyalash va yetuklik darajasiga ko’tarish lozim bo’ladi.
Ma’naviyatimizni yuksaltirishda ziyolilarning mas’uliyatli va sharafli o’rni bor. Ular xalqimizning, xususan beg’ubor yosh qalbga ma’rifat, poklik, chin insoniylik, mehnatsevarlik urug’larini ekmoqlari lozim.
Toki bu qalblar mustaqil va ozod diyorimizga chin sadoqat hamda iymon nuri bilan munavvar bo’lsin. SHuning uchun ham yurtboshimiz I.A.Karimov “Ma’naviyat va ma’rifatni targ’ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir” deb ta’kidlaganlar.
Mustaqillikdan bir yilu to’rt oy oldin Oliy Kengashning sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimov ma’ruza qilgan. O’sha ma’ruzada aytilgan bitta fikrga e’tiboringizni qaratmoqchiman. “Yana bir dolzarb vazifa – o’sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma’naviyatining munosib egalaridir.
SHuning uchun har bir o’g’il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bo’lishi kerak”.
Aziz do’stlar, endi o’zimiz bir o’ylab ko’raylik, muallifning qalb tubidan otilib chiqqan bu so’zlar, so’zlar emas, o’n yillar oldinga mo’ljallab aytilgan dasturiy rejalar Oliy Kengash minbaridan turib bayon qilingan paytda, ya’ni 1990 yilning boshida, hali sovet imperiyasi nafaqat bizning respublikamizga, kerak bo’lsa, butun dunyoga dag’dag’a qilib, hukmini o’tkazib turgan davrda yurtimizdagi, yon-atrofimizdagi vaziyat qanday edi?
Hali oradan ko’p fursat o’tgani yo’q, o’sha 18-19 yil oldingi hayot manzaralarini hozir ham ko’pchilik yaxshi eslaydi. O’sha paytlari SSSRning goh u yerida, goh bu yerida qonli to’qnashuvlar, urush va to’palonlar, norozilik
namoyishlari avj olgan edi. Zavodlar taqa-taq to’xtagan, do’konlar, bozorlar peshtaxtalari bo’m-bo’sh, ko’pchilik ishsiz, sovet puli kun sayin qadrsizlanib, infilyatsiya darajasi misli ko’rilmagan darajada oshib borayotgan edi.
Ertaga nima bo’lishi, 70 yildan ziyod vaqt mobaynida xalqni qiynab, talab kelgan mustabid tuzum odamlar boshiga yana qanday kulfatlar keltirishini hech kim oldindan aytolmas edi.
Aholi oddiy kundalik mahsulotlarni olish uchun erta sahardan turib o’zi uchun biriktirilgan do’konlarga borib navbatda turgan. Ba’zan bir kilo un, bir kilo shakar ustida qancha ur-yiqit va to’polonlar bo’lgan. Bu gaplar ko’zi bozorlarimizdagi, do’konlarimizdagi to’kinchilikka o’rganib qolgan, hech kimdan kam bo’lmay voyaga yetayotgan bugungi yoshlar uchun qandaydir afsona bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin katta avlod vakillari shularning barchasini ko’rgan, boshidan o’tkazgan. Bularning hammasi haqiqat. Mana shunday o’ta qaltis va tahlikali vaziyatda respublika rahbari haqiqiy jasorat namunasini ko’rsatib, xalqimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan boshqa ko’plab masalalar qatori ma’naviyat masalasini, yosh avlodni tarbiyalash, qaerdan bo’lsa ham mablag’ va imkoniyat topib ularni zamonaviy talablar asosida o’qitish, kerak bo’lsa, dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlariga ta’lim olish uchun yuborish masalasini kun tartibiga shunday qat’iy qilib qo’ygani kishini hayratga soladi. Buning uchun odamda qanday kuchli iroda, qanday ulkan jasorat, o’z eli, o’z yurti uchun fidoiylik kerak.
Kitobda mana shunday katta hayrat va hayajon bilan o’qiladigan, odamni kechagi tariximiz, bugungi erkin va ozod hayotimizni har tomonlama chuqur anglashga xizmat qiladigan o’rinlar juda ko’p.
Darhaqiqat, istiqlolimizning dastlabki qadamlaridan boshlaboq ijtimoiy-madaniy hayotimizda, ta’lim va tarbiyada ma’naviyatga, xususan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga alohida e’tibor berildi. Davlatimiz rahbari o’zining har bir ma’ruzasida, asarlarida ma’naviyat milliy o’zlikni anglashda muhim va hal qiluvchi vosita ekanligini alohida uqdirib keladi. SHu bois, o’tgan yillar davomida olim va mutaxassislar bu tushunchani sharhlashga, uning bugungi hayotimizdagi ahamiyatini anglashga harakat qildilar. Ammo e’tirof etish kerakki, hech mubolag’asiz muallif ushbu kitobda “ma’naviyat” so’zining ma’no-mohiyatini har jihatdan mukammal darajada ochib bergan. “Insoniyatning ko’p yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, – deb yozadi muallif, – dunyodagi zo’ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig’ini uzoq va yaqin tarixdagi ko’p-ko’p misollarda yaqqol ko’rish mumkin. CHunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o’sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”.
Kitobda ma’naviyatimizga bo’layotgan turli ko’rinishdagi tahdidlarga alohida e’tibor beriladi. Ma’naviy qurolsizlantirilgan va buning oqibatida ma’naviy ildizlari zaiflashgan xalq eng oddiy xavf xatar oldida ham ojiz bo’lib qoladi.
Bugun dunyodagi katta-kichik har bir mamlakat ona sayyoramizning duch kelgan chorrahasida o’z manfaatini qidirib, voqea-hodisalarga baho berishda, avvalo, o’z manfaatlaridan kelib chiqar ekan, yanada hushyor va ogoh bo’lishga to’g’ri keladi. Niyati xolislikdan yiroq kuchlar bugungi globallashuv zamonida o’zga bir xalq, millat ma’naviyatiga qarshi kurash boshlar ekan, bir qarashda beozor ko’rinadigan “maftunkor, jozibali” vositalardan, jumladan internet, radio va televidenie imkoniyatlaridan, chiroyli ko’rinish va manzaralarga burkalgan ko’p seriyali kino mahsulotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan g’oyatda unumli foydalanadi. Bunda asosiy kuch va imkoniyatlar yosh avlod ongi va qalbiga ta’sir o’tkazish, ularni to’g’ri yo’llardan og’dirishga qaratiladi.
Davlatimiz rahbari hamisha ta’kidlaganidek, bu gal ham bizni, butun xalqimizni, ayniqsa kelajagimiz, ertangi kunimiz bo’lgan farzandlarimizni mana shu xavfdan ogoh qilmoqda: “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy, informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o’ylayman… Lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko’zlashini, o’ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog’lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi”.
Ba’zi kitoblar ongimizga ta’sir qiladi va ongimizni boyitadi. Ba’zi kitoblar esa ongimiz va qalbimizni boyitadi. Bu kitob esa, ham ongimizni ham qalbimizni boyitadigan asardir. Mazkur kitobning fayzi ham shunda. Qalbimizni g’urur va ishonch bilan to’ldiradi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Kitobning yana bir xususiyati muallif aytgan so’zini hujjat bilan isbotlaydi va o’zi amal qiladi. U ma’naviyatga ta’rif berib, “Inson ma’naviy olamining yuksalishi bilan bog’liq turli holatlar haqida ko’p gapirish mumkin. Lekin, muxtasar qilib aytganda, Ollohning o’zi bizga buyurgan komil inson bo’lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bo’lish, ularga amal qilib yashash – odamzotning ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon, desak, hech qanday xato bo’lmaydi”. Demak, so’z bilan ish birlashsa, qalb bilan ong birlashsagina yuksak ma’naviyat paydo bo’ladi.
Kitob muallifi sodda tilda tushuntirib berayotgan va biz alohida e’tibor berishimiz lozim bo’lgan yana bir muhim fikr shuki, ma’naviyatni tushunish va anglash uchun, avvalo, insonni tushunish va anglash zarur. Demak, ma’naviyat insonning ruhiy olami, komillik sari intilishi, odob-axloqi, o’zi mansub bo’lgan xalq tarixi, urf-odatlari va qadriyatlariga munosabatini ko’rsatuvchi o’ziga xos ko’zgu hamdir. Ma’naviyat yengilmas kuch ekanligi boisi ham shunda. Zero, ruhiy olami pok, o’zini, o’zligini anglagan, Vatani tarixidan boxabar, kelajakka ishonchi mustahkam, imon-e’tiqodi butun kishiga hech qanday kuch ta’sir o’tkaza olmaydi.
To’qsoninchi yillarning boshlari Sobiq tuzumdan bizga qanday meros qolgani yodimizda. Iqtisod parokanda bo’lgan, xalqning turmushi benihoya og’irlashgan bir payt. O’shanda, bir vaqtning o’zida ham iqtisod, ham siyosat, ham chegara, ham moliya, madaniyat, maorif, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalar bilan barobar shug’ullanishga to’g’ri kelgan edi. Bu sohalarda to’planib qolgan muammolar yechimini bir zumga bo’lsin, kechiktirish mumkin emasdi. SHunday bir paytda davlatimiz rahbari tarixiy xotira, ma’naviy meros, ma’naviyat, ta’lim va tarbiya, din va diniy qadriyatlarga munosabat masalalarini yangi mustaqil davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri, mustaqillikni saqlab qolish va uni har jihatdan mustahkamlashning muhim sharti sifatida e’tirof etdi.
Muallif o’z kitobida “Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va, oxir-oqibatda, jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin edi” deb ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, istiqlol sharofati bilan biz ulug’ ajdodlarimizning bebaho merosidan bahramand bo’ldik. Millat o’zligiga qaytdi. Bugungi mavzumizga xulosa sifatida aytish mumkinki, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi o’z salohiyatimiz va imkoniyatlarimizga bo’lgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi. CHunki u xalqimizning hammaga ham nasib etavermaydigan buyuk ma’naviyat sohibi ekanini, ajdodlarimizning qanday ulug’ zotlar bo’lganini, ona-yurtimizning beqiyos imkoniyatlarini ko’z oldimizda yorqin gavdalantirib beradi. Muallif haqli ravishda e’tirof etganidek “O’zbek xalqi dunyo maydonida kuni kecha tasodifan paydo bo’lib qolgani yo’q. Biz – boy tarix, yuksak madaniyat, buyuk ma’naviyat vorislarimiz”.
Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli kitobida ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi, bunda ziyolilar, xususan, o’qituvchilar va murabbiylarning roliga alohida e’tibor qaratiladi. Muallifning «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi», degan hikmatidan kelib chiqib aytish mumkinki, bugun yurtimizda ta’lim sohasida ijobiy ma’nodagi «portlash effekti»ga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishilmoqda. Bu – ayni haqiqat. Masalan, 2005-2010 yillar davomida 7 ming 800ta umumta’lim muassasasi, qarayib 1500 ta kasb-hunar kollejiva akademik litseylar barpo etildi va rekonstruktsiya qilindi. Faqat 2010 yilda maktablar, kasb-hunar kollejlari va litseylarda ikki ming uch yuztan ziyod kompьtor texnikasi va mutьtimediya uskunasi o’rnatildi. Oliy ta’lim muassasi 65tadan 76taga ko’paydi. SHundan 19-ta universitet, 36-ta institut, 2-ta akademiya, 1-ta konservatoriya, 1-ta raqs va xoreografiya, OTM filiallari 11-ta, xorijiy davlatlar OTMning filiallari 6-taga yetdi SHu bilan birgalikda 2011 yilda olis va chekka hududlarda kasb-hunar kollejlarining 24 ta filialini tashkil etish, faoliyat yuritilayotgan kollejlar qoshida 18 ta talabalar turar joylarini qurish orqali umuta’lim maktablari 9- sinf bitiruvchilarini kasb-hunar ta’limi bilan to’liq qamrab olish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarning qabul qilingani mazkur yo’nalishdagi muhim qadam bo’ldi. Hozirgi vaqtda 9 ming 400dan ziyod umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi ziyonet elektron axborot tarmog’iga ulanganini qayd etish lozim. Ko’z o’ngimizda chiroy ochib borayotgan go’zal maktablarimiz, kollej va litseylarimizda «maza qilib» ishlash davri keldi. Buyuk ajdodimiz Zardusht aytmish «A’lo odam», ya’ni komil insonni tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Bunga javoban biz – o’qituvchi va murabbiylar mahoratimizni tinmay oshirib, fidoyilik namunalarini ko’rsatib ishlashimiz kerak, xolos.
O’zbekston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar maxkamasining majlisdagi ma’ruzasida ta’lim tarbiya haqida quydagi fikrlarni ta’kidlab o’tadi; “2013-yilda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta’lim standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, littsey va kollejlar, oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berildi.
O’tgan yili 28 ta yangi kasb-hunar kolleji qurildi, 381 ta umumta’lim maktabi, oliy o’quv yurtlari tizimidagi 45 ta ob’ekt, 131 ta kasb-hunar kolleji va litseylar rekonstruktsiya qilindi va kapital ta’mirlandi. SHuningdek, 55 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 112 ta bolalar sporti ob’ekti va 4 ta suzish havzasi foydalanishga topshirilib, ularning barchasi zarur uskuna va inventarlar bilan jihozlandi.
2013-yilda ta’lim-tarbiya tizimini isloh etish borasida amalga oshirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar haqida so’z borar ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodning xorijiy tillarni o’zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan ishlarni alohida qayd etmoqchiman. Jahonda integrattsiya jarayonlari kuchayib, kundalik hayotga kompyuter texnologiyalari va Internet keng joriy etilayotgan bugungi sharoitda chet tillarni puxta bilmasdan va egallamasdan turib kelajakni qurib bo’lmasligini barchamiz yaxshi anglab olmoqdamiz.
SHularni inobatga olib, biz o’tgan o’quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining birinchi sinfidan chet tillarni o’rgatishning uzluksiz tizimini joriy etdik.
Barcha umumta’lim muassasalarida chet tillarni o’rgatish bo’yicha 17 mingdan ortiq o’quv xonalari tashkil etildi. 1-sinf o’quvchilari uchun chet tillar bo’yicha multimedia varianti ilova qilingan, 538 mingdan ziyod rangli darslik chop etildi. 2 ming nafarga yaqin chet tili o’qituvchisi tayyorlandi va ularning umumiy soni 26 ming kishiga yetdi.
Mamlakatimizning barcha mintaqalarida chet tillarni bir xil sharoitda o’qitish, qishloq joylarga yuqori malakali ingliz tili o’qituvchilarini jalb etish maqsadida, tarif stavkalariga 30 foiz qo’shimcha haq belgilangan holda, ularni moddiy rag’batlantirish tizimi joriy etildi. Televidenieda chet tillarni o’rgatish bo’yicha qiziqarli o’yinlar dasturiga ega bo’lgan maxsus bolalar ma’rifiy kanallari tashkil qilindi.1
-
Do'stlaringiz bilan baham: |