“Yosh kitobxon qiz” ko’rik tanlov senariysi.
Katta ekranda “Bolaga kitob bering!” video rolik namoyish qilinadi.
Boshlovchi:-Assalom, yurtimning bilimga boy maskani!
Assalom, ey ilm- u fanning sohib-u davronlari!
Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf- shonlari!
Siz kelajak bunyodkori, topqir-u zukkolari!
Assalomu alaykum qalbi daryo ustozlar, qadrli ota- onalar va hamda maktabimizning go’zal qizlari! Biz bugun nufuzli ilm maskani bo’lmish qadrdon maktabimiz sahnasida “ Qizlarjon” klubida “ Yosh kitobxon qiz” deb nomlangan ko’rik tanlovini o’tkazmoqdamiz. 4- “V” sinfidan eng ko’p ertak , hikoya va she’riy kitoblar o’qigan qizlardan olti nafar qiz ishtirok qilmoqda. Biz va sinf qizlari o’zimizning qanchalik kitobni sevishimizni va kuch, mahoratimizni sinamoqdamiz. Ushbu tadbirimizga hush kelibsizlar!
Marhamat endi ishtirokchi qizlarimizni davramizga chaqirsak. Ular o’zlari sevgan qahramonlari qiyofasida sahnamizga tashrif buyuradilar.
Boshlovchi:
1.(Zumrad obrazida)
Budir bizning Madina
Uzun sochli xushqomat.
Iqtidorli u juda
Unga tilaymiz omad.
2.(Oppog’oy obrazida)
Budir bizning Azizaxon
Daftarlari to’la besh
U tirishqoq va ishchan
Omad bo’lsin unga besh.
3.(Farishta obrazida)
Budir bizning Nodira
Puxtadir qilgan ishi
Zukkolikda tengi yo’q
G’olib bo’lish xoxishi.
4.(Qor malikasi obrazida)
Budir bizning Madinabonu
Qalbi tongday beg’ubor
Judayam mehnatsevar
Bilimdonlikda sarvar.
5.(Jasmin obrazida)
Budir bizning Omina
Qalbi she’r bilan hamroh
U oqko’ngil odobli
She’ridan olar panoh.
6.(Qizil qalpoqcha obrazida)
Budir bizning Madina
Intiluvchan u har on
Darrov qiladi gina
Biroq juda mehribon.
Qadrli ustozlar endi “Yosh kitobxon qiz” tanlovi shartlari bilan tanishsak. Har bir shart bo’yicha hakamlar tomonidan baholanib boriladi.
Shartlari:
Tanishtiruv qismi.( Bu shartda qizlarimizning obrazlariga ham baho beriladi).
“Bu kim?” sharti (bolalar shoir va yozuvchilari hayoti va ijodi haqida so’zlash).
“Tushib qolgan so’zni top” sharti ( bunda qizlar she’rda tushib qol-gan so’zni topib, she’rni ifodali o’qiydi, mazmuni izohlab beriladi).
“Men sevgan ertak” deb nomlanadi.( qizlar o’zlari sevgan she’riy ertakni ifodali qilib yod olishlari kerak, mazmuni izohlab beriladi).
Maqollar jashmasi.( bu shartta qialarimiz maqollar yod oladilar. To’xtab qolgan yoki aytilgan maqolni takrorlagan qiz shartdan chiqib ketadi).
(Raqs. “Uch parir” 1-“A”sinf o’quvchisi Quryozova Farangiz).
“Kichik aktyor” deb nomlanadi. “Zumrat va Qimmat” ertagi.
(Raqs. “Qizlarjon” 4-“V”sinf o’quvchilari).
Boshlovchi:
“Yosh kitobxon” tadbirida bo’ling deymiz siz shodon,
Jilo bersin davraga turfa xil she’r betakror.
Qiziq topshiriq, shartlar sizga bo’lsin arg’umon,
Qizlarga bobolarimiz ruhi bo’lsin madadkor.
1-qiz: Yaxshi odam bo’lay deb,
Kitobga do’st tutundim.
2- qiz: Do’stimdan ham kitobni,
Qattiq sev deb o’tindim.
3-qiz: Biz kelajagi porloq,
Oftob kutgan avlodmiz.
4-qiz: Qo’lida qurol emas,
Kitob tutgan avlodmiz.
5-qiz:Boshda bayroqdek tutib,
Asrayman oftobimni.
6-qiz: Qo’ymagayman qo’limdan,
Hech qachon kitobimni. Tanlov so’ngida “Yosh kitobxon qiz” ishtirokchi qizlarining olgan umumiy ballari e’lon qilinadi. G’olib qiz “Yosh kitobxon qiz” faxriy yorlig’i bilan taqdirlanadi.
Boshlovchi:-Shuning bilan “Qizlarjon “ klubida “Yosh kitobxon qiz” mavzusida o’tgazilgan ko’rik tanlovimizni yakunlaymiz.Barchangizga faol ishtirokingiz va e’tiboringiz uchun tashakkur attamiz! Xayr salomat bo’ling!
Do'stlaringiz bilan baham: |