Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 4,19 Mb.
bet8/13
Sana07.09.2017
Hajmi4,19 Mb.
#19023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Qayd etilgan guruhlarning takfir, jihod, siyosiy xokimiyat, boshqa dinlar vakillariga munosabat kabi masalalardagi da’volari islom ta’limotiga butunlay ziddir. Masalan, jihodchilar ularning nazdida shariat amallarini to’la-to’kis bajarmagan boshqa musulmonlarga nisbatan «qozilikni» da’vo qilib, «munofiq» va «murtad» deb xukm chiqarishdan tap tortmaydilar. Hadisda «Kimki mo’min kishini «kofirsan» deb haqoratlasa, go’yoki uning qonini to’kkanchalik gunoh qilgan bo’ladi» deyiladi. Ya’ni, hech bir odamga musulmon insonni «kofir», deb hukm chikarish xukuqi berilmagan. 2005 yil iyulida Ommon (Iordaniya) shahrida islom dunyosining yetakchi ulamolari tomonidan «takfir» masalasida qabul qilingan fatvoda «to’rt sunniy mazhab va shia mazhabidagi ja’fariy, zaydiy, ibodiy va zoxiryy oqimiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi musulmon hisoblanadi. Ularni imonsizlikda ayblash, joiiga, nomusiga va mulkiga qasd qilish mumkin emas», deb e’lon

Jihodchilar musulmon mamlakatlarida xukumat va amaldagi qonunlarni tan olmaslikni targ’ib qilib, o’zlarining fitnalariga ergashmagan musulmonlarni imonsizlikda ayblamoqdalar. Islomning muqaddas kitobi bo’lgan Kur’onning «Bakara» surasining 205-oyatidagk «Alloq buzg’unchilik-fasodni sevmaydi» deyilgan ilohiy talab islomda fitna va tartibsizliklarni keltirib, chiqarish og’ir gunoh sanalishini ko’rsatadi.

«Niso» surasi, 59-oyatida «EY mo’minlar, Allohga, payg’ambariga va o’zlaringizdan bo’lgan boshliqlarga itoat qilinglar», degan ko’rsatma mavjudligini inobatga olsak, islom shariatida itoatsizlik qattiq jazoga loyiq hisoblanishini anglash mumkin. .

Yurtimizda xukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni asrab-avaylashda faol bo’lish, jamiyatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimshning tarbiyasida xushyorlikni yo’qotmasligimiz darkor.

Mamlakatimiz konstitutsiyaga muvofik dunyoviy, demokratik davlat bo’lib, amaldagi qonunlarda xususiy tartibda diniy ta’lim berish yoki olish, maxfiy diniy yig’in yoki tashkilotga a’zo bo’lish man etilgan.

Keyingi vaktda ba’zi norasmiy "ulamo" va "otinoyilar" tomonidan amaldagi qonunlarimizga hilof ravishda ayollar ichida diniy hayot turmush tarzini targ’ibot qilish va "xujralar" tashkil etishga qaratilgan xatti-harakatlar kuzatilmoqqa. O’zbekiston demokratiya va dunyoviylik tamoyillariga asoslangan huquqiy davlat bo’lib, diniy soxadagi me’yoriy hujjatlarga barcha fuqarolar to’la amal qilishlari lozim.

Xususiy tartibda diniy ta’lim berish qonunan man etilgan. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik xaqidagi Kodeksining 241-moddasida muvofiq, diniy ta’lim berish tartibini buzish eng kichik oylikning 5-10 mikdorida jarima to’lash yoki 15 sutka qamoq jazosi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Jinoiy Kodeksining 229-moddasi 2-bandida esa, maxsus diniy ma’lumoti bo’lmay turib va diniy tashkilot markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz xususiy tartibda diniy ta’limotdan sabok berish, agar ma’muriy jazodan so’ng sodir etilgan bo’lsa eng kichik oylikning 50-100 miqdorida jarima to’lash, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 6 oygacha qamoq yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.

Amaldagi qonunlarga ko’ra, diniy yig’inlar diniy tashkilotlar joylashgan binoda, va faqat ba’zi diniy rasm-rusm (janoza o’kitish, nikoh va h.k.)ni bajarish uyda o’tkazilishi mumkin. Ma’muriy javobgarlik haqidagi Kodeksning 201-moddasida diniy yig’ilishlar, ko’cha yurishlari, boshqa diniy marosimlar o’tkazish qoidalarini buzish eng kichik oylikning 5-10 mikdorida jarimato’lash yoki 15 sutka qamoq jazosi belgilangan.

Ba’zi "tariqatchi" va "otinoyilar"ning da’vati yosh qizlarimizni milliy kiyimlarimizga xos bo’lmagan, arab mamlakatlari iqlimiga mos bo’lgan kiyimlarga o’ranib, dunyoviy ilm va madaniyatdan, umuman, jamiyatdan uzoqlashib ketishiga xizmat qilmoqda. O’zbekiston aholisining deyarli yarmini ayollar tashkil etadi. Pedagogika, tibbiyot va boshqa og’ir jismoniy mexnatni talab kilmaydigan qator soha vakillarining aksariyati ayollardir. Agar qizlarimiz dunyoviy ilmlarni o’rganmasa, ushbu sohalarda, xossatan, tibbiyotning ginekologiya yoki pediatriya sohasida kimlar ishlaydi?

Ota-onalar va o’quvchi qizlar bilan tor shim va kindigi ochiq kofta kiyish, yoki, aksincha, kora va ko’k xijobga burkanib yurish milliy madaniyatimizga zid va sog’liqqa zarar ekani xdqida tizimli tushuntirish ishlari o’tkazish lozim.

Mulkka zarar yetkazish yoki yo’q kilish, odamlarni jarohatlash va o’ldirish maqsadida ko’chalar, aeroportlar, vokzallar, madaniyat markazlari, sanoat inshootlari, savdo-sotiq va kasbiy faoliyat uchun mo’ljallangan binolarda sodir etiladigan ko’poruvchilik xarakatlari;

Xalqaro terrorizm katta xavf tug’dirishi, keng tarqalgani va amalga oshirish shakllarining xilma-xilligi tufayli ham davlatlar unga qarshi kurashish uchun maxsus konventsiyalar kabul qilishda davom etmoqdalar va bunday xurujlarni xalqaro xarakterga ega aloxida jinoyat deb tavsiflamoqdalar.

Kishilik jamiyati rivojining hozirgi bosqichida terrorizm, jumladan, diniy-siyosiy mohiyatga ega ekstremizm va terrorizmning globallashuvi, ularning tobora xalqaro mikyosdagi voqelikka aylanib borayotgani dune hamjamiyatining mazkur muammoga bo’lgan e’tiborini yanada oshyrmoqda, unga; bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirmoqda. Mazkur muammoning BMT, YeXHT, NATO kabi nufuzli xalqaro institutlar faoliyatidagi o’rni uzluksiz oshib bormokda. Terrorizmga qarshi kurashni faollashtirish hamda. uning samarasini oshirishga qaratilgan o’nlab huquqiy hujjatlar, shartnomalzr, bitimlar, konventsiyalar qabul qilinmoqda, tashkilotlar va mexanizmlar yaratilmoqda. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining oxirgi yillarda qabul qilingan 1368, 1373 va 1377-karorlari mazkur muammoning turli qirralarini qamrab olgan bo’dib, dunening mutlaq ko’pchilik davlatlari tomonidan qizg’in qo’llab-kuvvatlanmoqda. Ularda belgilzngan maqsadlarga erishishning amaliy yo’llari izlanmokda. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining Aksilterror markazi hamda SHanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari ana shunday amaliy mexanizmlardan bo’lib. ularning yaratilishi va bugungi faoliyati, ko’p jihatdan, Uzbekiston Respublikasi tashabbuslarining samarasidir.


Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish