Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 4,19 Mb.
bet3/13
Sana07.09.2017
Hajmi4,19 Mb.
#19023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13



3.Mavzu:

Mafkuraviy muammolar, ma`naviy tahdidlar va barkamol shaxs tarbiyasi. (2soat seminar)
TAYANCH IBORALAR:
Mafkuraviy poligon, globallashuv jarayonlar, xalifalik, panislomizm, mafkuraviy imunitet, globallistlar, aksilgloballistlar, geosiyosat, kiberterrorizm, saytberterrorizm, ommaviy madaniyat, egotsentrizm, induvidualizm, kamikadze, jihod, shahid.



3.1 Amaliy mashg’ulotni o’qitish texnologiyasi

Tinglovchilar soni: 25

Vaqti: 2 soat.

O’quv mashg’ulotining shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va mustah-kamlashga qaratilgan amaliy mashg’ulot

Amaliy mashg’ulot rejasi

1. Xavfsizlik va unga tahdidning asosiy yo’nalishlari.

2. Jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf solib turgan mafkuraviy tahdidlar.



O’quv mashg’ulotining maqsadi: Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, O’zbekistondagi mafkuraviy muammolar to’g’risidagi bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish.

Pedogogik vazifa:

O’quv faoliyatining natijasi:

  • Bugungi globallashuv jara-yonida dunyoning mafkuraviy manzarasi to’g’risidagi bi-limlarni mustaxkamlash;

  • Xavfsizlik va unga tahdidning asosiy yo’nalishlari atroflicha o’rganishni tashkil etish;

  • Jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf solib turgan mafkuraviy tahdidlar, ularga qarshi kurash yo’llari to’g’risidagi bilimlarni chuqur-lashtirish;



  • Xavfsizlik va unga tahdidning asosiy yo’nalishlari nimalardan iborat;



  • Jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf solib turgan mafkuraviy tahdidlar, hamda ularga qarshi kurash yo’llari tushuntirib beriladi;

  • “Milliy o’zlikni anglash - taraqqiyot omilidir”

O’qitish usullari va texnika

Amaliy mashg’ulot, baxs-munozara, kichik guruhlarda ishlash, ”3x3 loyixasi” texnikasi, FSMU uslubi, ”CHarxpalak” uslubi, blits-o’yin.

O’qitish vositalari

Darslik, markerlar, vatman kog’ozi, doska, bo’r, komp’yuter texnologiyasi

O’qitish shakli

Jamoa va guruhlarda ishlash

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar bilan ta’minlangan, o’qitish usullarini qo’llash mumkin bo’lgan o’quv xona.

Monitoring va baxolash

Kuzatish, og’zaki nazorat, yozma nazorat, savol-javobli so’rov, o’quv topshiriq.



3.2 Amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1 bosqich.

Kirish


(10 daqiqa)

1.1. O’quv mashg’ulotining mavzusini, re-jasini, maqsadini, o’tkazish tartibini e’lon qiladi.

Tinglaydi, yozadi


1.2 Tinglovchilarni 3-4 kichik guruhlarga bo’ladi. Guruhda ishlash bo’yicha qoidalar bilan tanishtiradi (1-ilova).

Kichik guruhlarga bo’linadi

2 bosqich.

Asosiy jarayon

(60 daqiqa)


2.1. Tinglovchilarga uyga vazifa qilib berilgan “Milliy o’zlikni anglash - taraqqiyot omilidir” mavzusida yozilgan esseni tekshiradi.

Uyga ma’ruza darsida berilgan vazifani topshiradi.







2.2. Xavfsizlik va unga tahdidning asosiy yo’nalishlari muhokamasini «3x3 loyixasi” orqali tashkil etadi (4-Ilova).

O’qituvchi tinglovchilarga murojaat qiladi va eng to’g’ri javoblar hamda fikrlarni qayd qiladi. Faol guruh rag’batlantiriladi.



Vatman qog’ozlarda vazifalarni bajaradi.

Javoblar taqdim etiladi.




2.3. Jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf solib turgan mafkuraviy tahdidlar, ularga qarshi kurash yo’llari FSMU asosida yechilishini tashkil etadi (5-Ilova)

O’qituvchi tinglovchilarga murojaat qiladi va eng to’g’ri javoblar hamda fikrlarni qayd qiladi.



Guruhlarda FSMU

Jadvalini to’ldiradi. Qog’ozlarga javoblarni yozadi.



3 bosqich.

Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)


3.1. Mavzuda qo’yilgan savollar va ularning yoritilganiga o’qituvchi yakun yasaydi (xulosa qiladi) aytilmagan tomonlari ustida ishlash lozimligini aytadi.

O’UMga qarang.

Mustaqil ishlash uchun topshiriqni yozib oladi.



3.2. Guruhlarga o’zaro baholash natija-larini e’lon qiladi.

3.3. Tavsiya qilingan adabiyotlarni o’rga-nish.

3.4. Kelgusi mavzuni e’lon qiladi va o’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar beradi (6-Ilova).



4.Mavzu

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asaridagi g`oyalarning ta`lim tizimidagi ahamiyati.(2 soat ma`ruza, 2 soat seminar).
TAYANCH IBORALAR:
Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch, milliy g’oya, ma’naviyat, moddiy va ma’naviy olam, vatanparvarlik, ommaviy madaniyat, ma’naviy tahdid, ma’naviy jasorat, vorisiylik, pedagog.



4.1 Mavzuning ta’lim texnologiyasi

Tinglovchilar soni: 25

Vaqti: 2 soat.

O’quv mag’ulotining shakli

Informatsion – ko’rgazmali ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1. Islom Karimov asarlarida ma’naviy taraqqiyot kontseptsiyasining ishlab chiqilishi. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarning mazmun-mohiyati.

2. Ma’naviyat – jamiyatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri. Inson va ma’naviyat.

3. Asarda ta’lim va tarbiya uyg’unligi, ma’naviy jasorat, o’qituvchining ma’naviyat masalalari.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarining mazmun-mohiyatini o’rganish.

Pedogogik vazifa:

O’quv faoliyatining natijasi:

  • Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarning mazmun-mohiyatini yoritib beradi;

  • Ma’naviyat – jamiyatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri ekanligi, inson va ma’naviyat masalasi keng tushuntiriladi.

  • G’oyaviy bo’shliqqa olib ke-luvchi sabablarni tushunti-radi;

  • Ta’lim va tarbiya uyg’unligi, ma’naviy jasorat, o’qituvchi ma’naviyati masalalarini yoritib beradi.

  • Ma’naviyat tushunchasining ta’rifini aytib beradi;




  • Ma’naviyatni shakllantiradigan muhim omillarni sanab beradi;



  • G’oyaviy bo’shliq tushunchasining ta’rifini aytib beradi;




  • Ta’lim va tarbiyaning jamiyat hayotidagi o’rnini taxlil qiladi;

O’qitish usullari va texnika

Ma’ruza, «T-sxemasi» texnikasi, bahs-munozara, FSMU texnologiyasi.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, komp’yuter texnologiyasi, proektor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari bo’yicha elektron darslik), slaydlar, tarqatma manba.

O’qitish shakli

Jamoa, to’g’ridan-to’g’ri va guruhlarda ishlash

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar bilan ta’minlangan, o’qitish usullarini qo’llash mumkin bo’lgan o’quv xona.

Monitoring va baholash

Kuzatish, og’zaki nazorat, savol-javobli so’rov, o’quv topshiriq.


4.2 Mavzuning texnologik xaritasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(15 minut)



1.1. Ma’ruzani nomini aytadi, mavzuning dastlabki umumiy tasavvurini beradi. Uslubiy va tashkiliy tomonlari, mavzu strukturasini tanishtiradi (1-ilova)

Tinglaydi va yozadi

1.2. Mazkur mavzuning o’rganiladigan savollari bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar, ularning uzviyligi xaqida qisqacha ma’lumot beradi.

Mavzu nomini yozib oladilar




1.3. Ma’ruza darsining maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi. Tinglovchilarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi. (2-ilova).

Savollarga javob beradi





II-bosqich. Asosiy

(55 minut)



2.1. Ma’ro’za rejasining barcha savollari bo’yicha vizual materialni namoyish qiladi (3- ilova).

Mavzuning asosiy joylarini yozib olishlarini so’raydi.

Faollashtiruvchi savol-javob o’tkazadi.

1.Ma’naviyat deganda nimani tushunasiz?

2.Ma’naviyatning asosiy mezonlari nimalardan iborat?

3. Nima uchun ma’naviy hayot bilan moddiy hayot uyg’unlikka rivojlanadi?

4. Milliy g’oya va ma’naviy hayot bilan aloqasini tushuntirib bering?

5.Ma’naviy tahdid deganda nimani tushunasiz?

6.Globall jarayonni mazmunni nima? Bularning ijobiy va salbiy tomonini so’zlab bering?

7.Fikrga qarshi fikr g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashning mazmun mohiyatini tahlil qilib bering?

8. Eng buyuk jasorat — bu ma’naviy jasorat ekanligini misollar orqali aytib bering?

Javoblarni to’g’rilaydi va xulosalaydi.


Tinglaydi, o’rganadi,

Yozadi, aniqlaydi,

savollar beradi.


Asosiy joylarini yozadi

Savollarga javob beradi

Tinglaydi



2.2. Mavzuning tayanch iboralari o’rganiladi. Mavzuga oid bo’lmagan iboralar olib tashlanib, kerakli tushuncha va iboralar qo’shiladi. Javoblarni to’g’rilaydi va xulosalaydi.

Mustaqil ishlash uchun topshiriqni yozib oladi


2.3. Tinglovchilarga erkin fikr aytishga ruxsat beriladi va ularni rag’batlantiradi.




III-bosqich.

Yakuniy bosqich.

(10 minut)


3.1. Mavzu bo’yicha umumiy xulosa qiladi.




3.3. Navbatdagi mashg’ulotda ko’riladigan masalani e’lon qiladi, va mustaqil tayyorgarlik ko’rishlarini so’raydi.




3.4. Tinglovchilarga uyga vazifa qilib:

(1). “Eng buyuk jasorat – ma’naviy jasorat” mavzusida esse yozib kelish;

(2). Kelgusi mavzu e’lon kilinadi va seminarga tayyorlanib kelishni aytadi.

(3). O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar beradi. (4- ilova).



O‘UMga qarang



5. mavzu:

Milliy mafkurani o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab rahbarining ma`suliyati.(2 soat seminar).
TAYАNCH IBORALAR:
Erkinlik, Vatan, fuqarolik jamiyati, demokratiya, farovonlik,vatan ravnaqi, yurt tinchligi, diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, komil inson.



5.1 Mavzuning ta’lim texnologiyasi

Tinglovchilar soni: 25

Vaqti: 2 soat

Mashg’ulot shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkam-lashga qaratilgan amaliy mashg’ulot.

Ma’ruza rejasi

1. Milliy istiqlol g’oyasi - O’zbekiston istiqbolini ifoda etuvchi milliy taraqqiyot kontseptsiyasi.

2. O’zbekistonda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish insonlarning ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog’liqligi.

3. Milliy istiqlol g’oyasi har bir insonning oliy maqsadiga, xohish-istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati.

4.Milliy mafkuraning bosh va asosiy g’oyalari va bunda umuminsoniylik tushunchasi.



Mashg’ulotning maqsadi: Mavzu bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish hamda O’zbekistonda erkin demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishning insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog’liqligini tinglovchilar ongiga singdirish.

Pedagogik vazifalar

O’quv faoliyati natijalari.

  • mavzuni mustaqil o’rganish uchun asos yaratadi;

  • mavzu bo’yicha bilimlarni chuqur o’zlashtirish va mus-tahkamlashga yordam beradi;

  • to’g’ridan-to’g’ri va jamoa bo’lib qo’yilgan muammoni tahlil qilib va aniq qaror qabul qilishga shart-sharoit yaratadi;

  • mustaqil ishlash uchun imko-niyat yaratadi;

  • o’z nuqtai nazariga ega bo’-lishini shakllantiradi;

  • mantiqiy xulosa chiqarishga ko’mak beradi.

  • amaliy mashg’ulot rejalari bilan oldindan tanishib chiqib, tayyorgarlik ko’radi;

  • milliy g’oyaning bosh maqsadini yoddan aytib bera oladi;




  • Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish – milliy g’oyaning bosh maqsadi ekanligini izohlab beradi;


  • Milliy mafkuraning bosh va asosiy g’oyalari va bunda umuminsoniylik tushunchasi mazmuni tahlil qilib beriladi;

O’qitish usullari va texnika

Topshiriqlar, amaliy ishlash usuli, bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash, «Delьfin» texnikasi, «Blits-so’rov» uslubi.

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, markerlar, qog’ozlar, doska, bo’r.

O’qitish shakllari

To’g’ridan-to’g’ri, jamoa va guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazorat qilish.


5.2. mavzuning texnologik kartasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(10 minut)



1.1. O’quv mashg’ulot mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi. Ta’lim jarayoni interfaol usullar orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi.

Tinglaydilar

1.2. Tinglovchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo’ladi.

Interfaol usullar-dan foydalanilgan holda kichik guruh-larga bo’linadi.

1.3. Tinglovchilarning mashg’ulotdagi faolligini aniqlash mezonlari bilan tanishtiradi (1-ilova)

Yozib oladilar

1.4. Mavzu bo’yicha tayyorlangan topshiriqlarni tarqatadi. (2-ilova).

Topshiriqlar ustida ishlaydilar. «Delьfin» jadvalini to’ldiradilar.

II-bosqich. Asosiy

(60 minut)



2.1. Guruhlarga topshiriqlarni bajarish uchun yordam beradi. Manbalardan foyda-lanishga imkon yaratadi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman-qog’ozlarga tu-shirib, taqdimotini o’tkazishga ko’mak beradi, izohlaydi, bilimlarini umum-lashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor qaratadi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to’g’ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi.

Faol qatnashadilar, jamoa bo’lib baja-rilgan ishning taq-dimotini o’tkazadi-lar, bahs-munozara yuritadilar, qo’shim-chalar qiladilar, xulosa chiqaradilar, baholaydilar.

2.2. Guruhlarga «T-sxema» texnikasidan foydalanilgan holda «Erkin shaxs va komil inson» tushunchalarini izohlab bering deb savol bilan murojaat qiladi (3-ilova).

«T-sxema»ni to’ldiradilar, taqdimotini o’tkazadilar.

2.3. Har bir guruh topshiriqlarni vatman-qog’ozlarga tushirib, taqdimotini o’tkazishda yordam beradi va nihoyasida umumlashtiradi. Tlarni bahs-munozaraga kirish uchun sharoit yaratadi.

Taqdimot o’tkazadilar, g’olib guruhlarni aniqlaydilar. Baholaydilar.

III-bosqich.

Yakuniy


(10 minut)

3.1. Ish yakunlarini chiqaradi. Faol tinglovchilarni baholash mezoni orqali rag’batlantiradi.

Eshitadi. Aniqlaydi.

3.2. O’quv fani bo’yicha yakuniy xulosalar chiqaradi. Oraliq testga tayyorgarlik ko’rish uchun tavsiyalar beradi.

O’UMga

qaraydilar.




M a’ r u z a l a r m a t n i.
1-MAVZUNING QISQACHA BAYONI.
Global o`zgarishlar va yoshlarning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish zarurati.
1.1 Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilaydigan omillar. Globallashuv jarayonlari.
XX asr so’ngida ikki qarama-qarshi qutbli dunyoning barham topishi davrimizning mafkuraviy manzarasini tubdan o’zgartirib yubordi. Bu davr, muhtaram Prezidentimizning iboralari bilan aytganda, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli bo’lib borayotgan davrdir.

Er yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g’oyalarni sinash maydoniga, ya’ni mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Hozirgi kunda dunyoda 252 ta davlat mavjud bo’lib, aholi soni 7 milliardga yetdi. Lekin insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Bu muammolarni mashg’ulot ishtirokchilari «Klaster» usuli orqali guruhlarda ishlab chiqishlari mumkin.

Prezident I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda quydagicha ta’kidlaganidek, «XXI asr – shiddatkor tezliklar asri, axborot va axborot texnologiyalari asri, intellektual resurslar, yuksak texnologiya va zamonaviy bilimlar insoniyat taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omiliga aylanayotgan davrdir»1.

Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:

1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.

2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.

3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.

Amerikalik olim T.Fridmanning globallashuvni “sovuq urush tizimini” almashtirgan yangi tizim”, degan fikriga qo’shilish mumkin.2 “Globallashuvning hozirgi davrdagi avj olishi, insoniyat va uning ulug’ qadriyatlaridan biri bo’lgan millatni, milliy ma’naviyatni barbod qilish hamda uni “ommaviy ma’naviyat” bilan almashtirishdagi ta’siri qudratli amaliyot darajasiga ko’tarilishini hisobga olganimizda olimning fikriga qo’shilmaslikning iloji yo’q.U fikr yuritayotgan sovuq urush”ni almashtirgan yangi tizimning mohiyati shundaki, haqiqatan ham, insonlar hozirgi davrga kelib, ikki tizim o’rtasida kechkan sovuq urush davriga qaraganda yangig’yangi xavotirlar muhitida zamoniga yashashga majbur bo’lmoqdalar. Bu endi ikki tizim o’rtasida emas balki g’oyalar va mafkuralar o’rtasida inson ongi, dunyoqarashi, qalbi uchun bo’ladigan kurashni o’zida ifoda ettiruvchi yangi tizimdir. Ana shu tizimning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotini yangi o’zanga yo’naltirayotgan yangi inqilobdir”3.

Globallashuvning taraqqiy qilgan mamlakatlarga yaratib berayotgan “marhamati”-qashshoq mamlakatlarni ularga bog’lab qo’yishning qaramlikka aylanishga olib boruvchi yo’li, deyishimiz mumkin.

Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog’liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo’q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab bermoqda.



Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi (er sharini qamrab olish, dunyo miqyosidagi, umumiy). - g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga Yer yuzining barcha mintaqalari tortilganligini, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha.

SHunday qilib, hozirgi davr dunyo miqyosida mafkuraviy jarayonlar misli ko’rilmagan darajada globallashib borayotgan davrdir. Axborot tarqatish jarayoni butun yer yuzini qamrab olmoqda. XX asrning so’ngi o’n yilligida yaratilgan mo’’jiza - xalqaro kompьyuter tarmog’i, ya’ni internet tizimining vujudga kelishi va u orqali axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bugungi kunda g’oyaviy ta’sir o’tkazish ko’lamini kengaytirmoqda. AQSH mudofaa mahkamasining oddiy bir loyihasidan boshlangan bu tizim bir mamlakatda paydo bo’lgan g’oyalarning tez fursatda butun dunyoga yoyilishini ta’minlamoqda.

Internet insoniyatning muhim yutug’i bo’lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini misli ko’rilmagan darajada tezlashtirdi. Odamlarga qator qulayliklar yaratdi. Masalan, mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra 2005 yilga kelib AQSH va Yevropada internet orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiqning umumiy hajmi 5 trillion dollarni tashkil qilar ekan1.

Bu yaxshi, albatta. Lekin kuchli mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lgan bu mo’jiza ayrim jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.

Internet tizimidan qo’poruvchilik, g’oyani «eksport» qilish, odamlar ongini zaharlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtiradi, odamlarni elektron xurujlar qarshisida chorasiz qilib qo’yadi. Bu kabi qo’poruvchilik harakatlari «sayberterrorizm» (ba’zan «kiberterrorizm») deb ataladi. Yirik terrorchi guruhlarning internet tizimidagi qo’poruvchilik harakatlari insoniyatni tashvishga solmoqda. Internetning bepoyon olamida esa ularning izini topib olish g’oyat mushkul.

Mafkura maydonidagi qo’poruvchilik harakatlari, avvalo, yoshlarning ongini egallashga yo’naltirilgan tuban va makkor usullardir. O’zbekistonning bu dolzarb masalaga munosabatini Prezident I.Karimov shunday ifodalaydi: «Biz kishilar dunyoqarashini boshqrish fikridan yiroqmiz, balki biz odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish tarafdorimiz»2.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashib borishida madaniy omilning ham o’rni bor. Ayniqsa, xalqlar o’rtasida madaniy hamkorlik va ayirboshlashlar jarayonida bir milliy madaniyatdagi ba’zi yo’nalishlar boshqa xalqlarning madaniy hayotiga ham singib boradi. Bu hol ham mafkuraviy hayotning o’zgarib borishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Butun yer yuzi odamzot uchun yagona makondir, ammo insoniyat tarixida mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan xududlarni bosib olish uchun son sanoqsiz urushlar bo’lib o’tgan.

Ma’lumotlarga nazar tashlaylik:

Kishilik tarixi o’zidan so’ng ko’plab qurbonlar va kishilarning beadad mashaqqatlarini vujudga keltirgan urushlarga boydir.



Инсониятнинг кейинги 5000 йиллик ҳаётида 14000 уруш бўлиб, уларда қарийб 5 млрд. киши қурбон бўлган.

Urushlar hozirgi paytda ham davom etmoqda. Qurolli to’qnashuvlar tobora murakkablashib bormoqda. Urush olib borishning texnikaviy usullari keng miqyosda rivojlanmoqda, dushmanga shikast yetkazish usullarining tezligi, xarob etish kuchi va ta’sir qilish masofasi kuchaymoqda. Bundan yuz yil ilgari urushda faqat askarlar ishtirok etishardi.



Ҳозирги даврда урушда қурбон бўлаётганлар нисбати: оддий урушларда - қурбон бўлаётган 1 аскарга 10 тинч аҳоли, ядро урушида эса - 1 аскарга 100 тинч аҳоли тўғри келади.

XX asrda tinch aholi harbiy harakatlar ob’ektiga aylanib bordi.

Quyidagilarga e’tibor bering:


Birinchi jahon urushida 

-qurbon bo’lganlarning 5% tinch aholi edi.

Ikkinchi jahon urushida

-qurbon bo’lganlarning 48% tinch aholi edi.

Hozirgi paytda, masalan, Livanda 

-qurbon bo’layotganlarning 90% tinch aholidir.

Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib bormoqda. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, bulki butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi.


Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish