Tayanch so’z va iboralar: Yorug’lik, spektr, to’lqin uzunligi, tezlik, yo’llar farqi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#811629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7. Yorug‘lik dispersiyasi.

kogerentlik masofasi
, atomning nur 
chiqarib turish vaqti esa
kogerentlik vaqti
deb ataladi.
Shu prinsip, ya‟ni tabiiy yorug‟lik manbaidab chiqayotgan nurning o‟zini 
o‟zi bilan interferensiyalashtirish prinsipi asosida yorug‟likning bir qator 
interferensiya usullari amalga oshirilgan. Yuqorida muhokama qilingan Yung 
tajribasida 
M
1
 
va 
M
2
tirqishlar ikki kogerent manbadek xizmat qiladi.
Kogerent manbalarni hosil qilishda eng ko‟p qo‟llaniladigan usul Frenel‟ 
ko‟zgularidan foydalanishdir (6-rasm). Ikkita yassi ko‟zgu bir-biriga 180
0
ga yaqin 
burchak ostida yondoshtiriladi. M manbadan chiqayotgan yorug‟lik nurlari 
ko‟zgulardan qaytib shunday yo‟naladiki, bu yo‟nalishlarni teskari tomonga 
davom ettirsak (rasmdagi punktir chiziqlar), ular ko‟zgular orqasidagi M va M 
nuqtalarda uchrashadi. Bu nuqtalar M manbaning ko‟zgulardagi tasvirlaridir. 
Demak, ko‟zgulardan qaytib E ekranda tushayotgan yorug‟lik nurlari xuddi M
1
va 
M
2
mavhum kogerent manbalardan chiqayotgandek bo‟ladi. ular ekranda turgun 
interferension manzarani hosil qiladi. Frenel‟ biprizmasidan foydalanish ham 
kogerent yoruglik nurlarini hosil qilish imkonini beradi (7-rasm). Bu holda 
mavhum kogerent manbalar (M
1
va M
2
lar) tabiiy yorug‟lik manbai M dan 
chiqayotgan nurlarning biprizmada sinishi tufayli vujudga keladi. 
Rasmda yupqa shaffof plastinka kattalashtirilgan holda tasvirlangan. Bu 
plastinkaning ustki va ostki tekisliklari o‟zaro parallel . Qalinligi d ga teng. 
Plastinkaga biror i burchak ostida parallel nurlar, ya‟ni yassi yorug‟lik to‟lqini 
tushayotgan bo‟lsin. Bu nurlardan hayolan ikkitasini ( rasmda 1 va 2 deb 
belgilangan) ajratib ular haqida mulohaza yurgizamiz.
Nurlarga perpendikulyar ravishda o‟tkazilgan AB tekislik yassi yorug‟ik 
to‟lqinining frontidir. Bu tekislikga etib kelgan vaqtda 1 va 2 nurlarning fazalar 
farqi 





va yo‟llar farqi 


0 bo‟ladi. A nuqtaga tushayotgan 1 nur 
qisman qaytadi ( rasmda 1
1
deb belgilangan), qisman sinib AD yo‟nalishda davom 
etadi. Singan nur plastinkaning ostki tekisligiga etib borgach qisman siljib 
plastinkadan havoga chiqadi. Boshqa qismi esa DC yo‟nalishda plastinka ichiga 
qaytadi. Qaytgan bu nur plastinkaning ustki tekisligidan qisman qaytadi, qisman 


sinib havoga chiqadi ( nurning bu qismi 1`` deb belgilangan). Lekin C nuqtaga 
yassi yorug‟lik to‟lqinning 2 nuri ham tushadi. 2 nurning plastinka ustki 
tekisligidan qaytgan qismi (rasmda 2` deb belgilangan) va 1`` nur 
interferensiyalashadi, chunki plastinkaning ustki va ostki tekisliklaridan qaytgan 
bu nurlar o‟zaro kogerentdir. Agar plastinka A to‟lqin uzunligi monoxromatik nur 
bilan yoritilayotgan bo‟lsa, C nuqtadagi yorug‟lik intensivligi 1 va 2 nurlar 
uchrashguncha bosib o‟tgan yo‟llarning farqiga bog‟liq bo‟ladi. 1 nur ADS 
yo‟lni, 2 nur BS yo‟lni bosib o‟tadi. Lekin yo‟llar farqi bu ikki yo‟lning 
geometrik ayirmasiga teng deb bo‟lmaydi. Buning sababi shundaki, 1 nur 
sindirish ko‟rsatkichi n bo‟lgan plastinka ichidagi, 2 nur esa vakuumdagi yo‟lni 
bosib o‟tadi. Shuning uchun 1 va 2 nurlarning geometrik yo‟llar farqini emas , 
balki optik yo‟llar farqini hisoblash kerak. U holda avval optik yo‟l uzunligi deb 
ataluvchi tushincha bilan tanishaylik. 
Yorug‟lik to‟lqin sindirish ko‟rsatkichi n bo‟lgan muhitda vakuumdagiga 
nisbatan n marta kichik tezlik bilan (Aa) tarqaladi. Shuning uchun vakuumda 
yorug‟lik to‟lqin biror chekli vaqt davomida muhitdagi nisbatan n marta uzunroq 
yo‟lni bosib o‟tadi. Bu yo‟l uzunligini

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish