Tayanch so‘z



Download 256 Kb.
bet23/58
Sana16.03.2022
Hajmi256 Kb.
#496269
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
ma\'ruza

Islom niqobi ostidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari. Diniy mutaassiblikning tarixiy ildizlari va hozirgi kunda dunyoda, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremistik guruhlar­ ning paydo bo‘lishi va faollashuvi sabablari, usullari qayerdan kelganini o‘rganish ularga qarshi kurashda eng muhim vosita hisoblanadi.
Islom niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlar ta­ rixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning ildizlari uzoq o‘tmish­ ga, hatto islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko‘rish mumkin. Uning ilk vakillari sifatida 657­yili xalifa Ali (r.a.) askaridan ajralib chiqqan, haqiqiy musulmon saflariga qo‘shil­ maganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arab: ajralib chiqqan­ lar, isyonchilar) diniy­siyosiy oqimi faoliyati fikrimizning isbo­ ti bo‘la oladi.
Xorijiylik yo‘nalishi va ta’limoti. Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) (644–656) davriga kelib islom jamoasi ichida fitnalar paydo bo‘ldi. Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd (656­y.) ham ana shu siyosiy kurashlarning natijasi edi. Xalifa o‘ldirilgach, uning o‘rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a.) (656–661) saylandi.
657­yil (37­hijriy)da Shomning (Suriya) shimoli­sharqida joy­ lashgan Siffin mavzesida xalifa Ali (r.a.) qo‘shini bilan u yer­ ning hokimi Muoviya (r.a.) qo‘shini o‘rtasida «Jamal voqeasi»dan bir oy o‘tib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ushbu to‘qnashuvga 656­ yil uchinchi xalifa Usmonning (r.a.) o‘ldirilishi munosabati bilan Ali (r.a.) va Muoviya (r.a.) tarafdorlari o‘rtasidagi keskin qara­ ma­qarshiliklar sabab bo‘ldi. Marhum xalifaning yaqin qarin­ doshi bo‘lgan Muoviya (r.a.) xalifalik taxtini egallagan Ali (r.a.) dan aybdor jinoyatchilarni jazolashni talab qilib, shundan so‘ng­ gina Ali (r.a.)ga bay’at qilishni ma’lum qildi. Jang to‘qqiz kun davom etdi. Ali (r.a.)ning qo‘li baland kelib turganda, Muoviya (r.a.) tarafdorlari xiyla ishlatdilar. Ular Amr ibn Oss (r.a.) ko‘rsat­ masi bilan katta nayzalar uchiga yangi ko‘chirilgan Mushaf varaq­ larini ilib, Qur’on bilan hukm chiqarishni talab qildilar. Muoviya (r.a.)ning janjalni sulh orqali hal qilish haqidagi taklifini Ali (r.a.) qabul qilgach, jang to‘xtatildi. Ali va Muoviya (r.a.)lar o‘rtasi­ da hijriy 37­yil safar oyining 15­kuni (mil. 657­yil 8­sentyabr)da sulh tuzildi. Mazkur «Siffin» jangi musulmonlar uchun juda kat­ ta yo‘qotish bo‘ldi. Unda hammasi bo‘lib to‘qson ming musul­ mon halok bo‘ldi. Aynan «Jamal» va «Siffin» janglari musulmon­ lar o‘rtasida dastlabki bo‘linishlar va turli firqalar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Ahli sunna va­l­jamoa e’tiqodiga ko‘ra, sahobiylar orasida yuz bergan bu vaziyatlarda ular ayblanmay, ularning bari haqni izla­ gan mujtahidlar hisoblanadilar. Umumiy qoidaga asoslanib, ular­ dan qaysi birlari to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar ikki ajr, xato ijti­ hod qilgan tarafga esa bir ajr beriladi.

Download 256 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish