Ibn Taymiya hozirgi Turkiya-Siriya chegaralaridan bir necha mil shimolroqdagi qadimiy shahar Harranda tavallud topgan. U Arab ekspansiyasining boshida bosib olingan edi va 600 yildan so‘ng mo‘g‘illar qayta bu shaharni zabt etishganida ibn Taymiya- ning otasi oilasi bilan birga Damashqqa qochib ketishga majbur bo‘ladi.
Ibn Taymiya uchun mo‘g‘illar istilosi shaxsiy muammolar va tazyiqlardanda ko‘ra ahamiyatliroq edi. Bosqinchilar ularga noto‘g‘ri yo‘lga kirib adashishganlari sabab, Alloh tomonidan yubo- rilgan jazo va mo‘g‘illarning haqiqiy musulmon emasligiga ishorat ham edi. Mo‘g‘illarning muvaffaqiyati shariat emas, balki Chin- gizxon tomonidan joriy qilingan Yasoq qonunlariga sadoqat bilan qat’iy rioya qilishlarida deb topildi. Chunki bunga mos o‘laroq, qilinishi kerak bo‘lgan birinchi narsa bu mo‘g‘illaring qabul qilgan soxta va ahamiyatsiz islomi shunchaki aldov va niqob ekanligini fahmlab yetish edi. Bunday noto‘g‘ri talqin bilan ular payg‘ambar zamonidan oldingi Makka dinsizlaridan deyarli farqlab bo‘lmay- digan murtad yoki xudosiz edilar. Bu davr johiliyat, nodonlik shu bilan birga madaniyatsizlik va zulmkorlik davri edi. Shuni qayd etish lozimki, islom solnomalariga «johiliyat» iborasi XX asrda ya- na bir marta kiritilgan.
Ibn Taymiyaning: «Agar musulmonlar o‘z diniy amallarini ba- jarishga qodir bo‘lmasalar, buning zamirida payg‘ambar ko‘rsat- malariga amal qilmaslik yotadi. Faqat salafi solihlardan o‘rnak olinsagina, ular kabi muvaffaqiyatga erishish mumkin» – degan g‘oyasi boshlab bergan masala hamon dolzarb bo‘lib kelmoqda. Bu g‘oyani amalga oshirish bir tomondan, Qur’oni Karimni yan- gicha sharhlash hamda o‘sha davr mujtahid ulamolar kengashi bilan munozara qilishni, ikkinchi tomondan esa, qurbi va toqati yetganicha shar’iy amallarni bajarishni, shuningdek, yaxshilik- ka da’vat etib yomonlikdan qaytarish bilan jihod qilishni taqozo etadi.
XX asr o‘rtalariga kelib salafiylar tashabbusi bilan quyidagi aqi- daviy masalalar to‘plami e’lon qilindi:
Birinchidan, salafi solihlar kabi kamtarona hayot kechirmaslik hamda G‘arb mamlakatlariga tobelik musulmon dunyosining tanaz- zuliga sabab bo‘ladi. Islomning ilk davridagi urf-odat va an’analar- ni hayotga tatbiq etish orqali bunday noxushliklarni bartaraf qilish mumkin.
Ikkinchidan, G‘arb madaniyatiga taqlid qilmagan holda, ular yaratgan ilm-fan va texnika yutuqlaridan foydalanishni o‘zlashtirish lozim.
Va nihoyat, islomni asl holiga qaytarish, butun dunyoni Alloh uchun fath qilish va Iblisga qarshi kurashish uchun jihod qilishdir1.
asrning ikkinchi yarmida o‘z oldiga xalifalikka asoslan gan islom davlatini barpo etish vazifasini qo‘ygan «islohotchilik»,
«panislomizm» niqobi ostida soxta salafiylik yangidan jonlan di. Bu o‘z navbatida siyosiy islohotlarni amalga oshirish zarurli gini bayroq qilib ko‘targan o‘ta radikal diniysiyosiy tashkilot va oqimlarning vujudga kelishiga yo‘l ochib berdi. Soxta salafiylar quyidagi g‘oyalarni ilgari suradilar:
Qur’on va sunnada yozilgan qoidalarni harfiy tushunib, ko‘rko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqa radi;
«jihod»ni islomning oltinchi arkoni deb hisoblaydi;
«takfir» (kufrda ayblash) va «hijrat» (vatanni tark etish, ko‘chish) masalasini ilgari suradi;
fiqhiy mazhablarni inkor etib, mazhabsizlikni targ‘ib qiladi;
tasavvuf, urfodat va milliy qadriyatlarni inkor etadi;
boshqa din vakillariga o‘ta toqatsiz munosabatda bo‘lib, diniy bag‘rikenglikni yoqlamaydi; .
har qanday yangilikni bid’at deb hisoblaydi va uni rad etadi. Hozirda soxta salafiylik g‘oyalari ostida asosan Shimoliy Afri ka, Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyoning ayrim hududlari da faoliyat olib boradigan harakatlar jamiyatdagi e’tiqodiy birlik,
barqarorlik va taraqqiyot uchun real tahdidga aylangan.
Bugungi kunga kelib, o‘zini «salafiylar» deb atayotgan diniysi yosiy guruhlar «Islom jamiyatini qurish davlatchilikning asosi bo‘lishi kerak», degan shior ostida odamlarning ongi va turmush tarzidan milliy qadriyat, urfodatlarni siqib chiqarish, shariat ah komlariga ko‘rko‘rona rioya qilishga majburlash, amal qilma ganlarga nisbatan qattiq jazo qo‘llash kabi xatarli maqsadlarni ko‘zlab harakat qilmoqda. Ayniqsa, soxta salafiylar tomonidan targ‘ib qilinayotgan mazhabsizlik g‘oyasi, asrlar davomida shakl langan diniy an’analarni izdan chiqarib, bir yurt musulmonlari o‘rtasida parokandalikni yuzaga keltirmoqda.
Demak, mutaassiblik ko‘rinishlaridan bo‘lgan soxta salafiy lik milliy ma’naviyatimiz, mustaqilligimizga real tahdid si fatida namoyon bo‘lmoqda. Shunday ekan, yurtimiz tinchli gi, osoyishtaligi, ravnaqi va farovonligi doimo ogohlik hamda qat’iy harakatlarni talab etadi. Bu yo‘lda har bir inson o‘z ishini sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, beparvolikning oldini olishi, yonatrofida bo‘layotgan voqeahodisalarga hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib ya shashi yoshlarimizning ongu qalbini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishi, ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlikosoyishtalik ni ko‘z qorachig‘idek asrabavaylashi muhim omil hisoblana di. Buni hech qachon unutmasligimiz, tinchlik uchun doimo o‘zimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib ya shashimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |